Август 2020 10-қисм
Тошкент
shart. Chunki darsga berilgan baho o’qituvchining kelajak ish faoliyatiga zamin tayyorlaydi.
Agar maktabda Ustoz shogirid ananasi yo’lga qo’yilsa maqsadga muofiq bo’ladi. Maktabda
bir biriga xurmat, do’stlik, muhim yuzaga keladi. O’QITUVCHILAR Xar bir darsga alohida
tayyorgarlik bilan yondoshadilar. ko’rgazmali qurrolardan foydalanib dars o’tishga intiladilar.
Xar bir o’qituvchi quyidagi usullar orqali bir birlari bilan tajriba almashsa maqsadga muofiq
bo’ladi:
1.dars utishning enavatsion usullaridan keng foydalanishi.
2.dars o’tishga axborot kommunikassiya texnologiyalaridan foydalanish.
3.darslarda o’quvchilar faoligini oshirish.
4.kichik guruxda ishlash.
5.bo’shliqlar ustida ishlash
6.o’quvchilarnining ijodiy faoliyatini ustirish
7.dars o’tishda didaktik materiallardan foydalanish
8.hamkorlikda o’qitishi texnologiyasidan foydalanish
9.didaktik o’yin texnologiyasidan foydalanish
10.’’modulli o’qitish texnologiyasidan foydalanish maqsadga muofiq bo’lar edi.
O’zaro dars kuzatishning eng samarali barchaga mos usulli bor ,bu-ochiq darslardir.xo’sh
ochiq darslar qanday tashkil etiladi?maktabga metod birlashmalar o’qituvchilarga metodik
yordam berish bilan birgalikda ,ularning ilg’or tajribalarini o’rganish va ommalashtirish ishlarida
haqiqiy metodik markaz bo’lib ,xizmat qiladi.
Maktabda o’qituvchilar uchun ochiq darslarni tashkil etish –metodika ishlarining muhim
shakllaridan biri.
Ochiq darslar –yaxshi dars berishi namunalari va metodlari bilan amalda tanishtirishning
va maktabda ta’lim tarbiya ishlarini olib borishining asosiy shaklidir.ochiq dars ,har kuni
o’tkaziladigan darsdan shu bilan farq qiladike ,ochiq darsning ishlanmasi juda muffasal
tuziladi,dars yaxshilab jihozlanadi.foydalanadigan ko’rgazmali qurrolar o’quvchilar yoshiga
,dars mavzusiga mos ravishda tanlanadi.
Dars an’anaviy yoke zamonaviy usulda tashkel etilishi mumkin. Har bir fan o’qituvchisi
ochiq darsning mavzusi va maqsadini o’z xoxishiga ko’ra belgilaydi.Ochiq darsning ishlanmasi
oldindan tuzilib ,o’quv ishlari bo’yicha derektor o’rinbosariga ko’rsatiladi,shundan so’ng
o’qituvchilarga ma’lum qilinadi.Ochiq dars natijalari usha kuni yoke darsdan tashqari muhokama
qilinadi.Avval ,ochiq dars bergan o’qituvchi darsining maqsadini va rejasini tushuntiradi.So’ngra
darsda qatnashgan o’qituvchilar darsga baho beradilar.darsning yutug’i ,kamchiligi o’qituvchi va
o’quvchilarning xolatlari taxlil qilinadi.
Agar maktablarda ochiq darslar ko’proq tashkil etilsa ,o’qituvchilarning malakalari rivojlanib
boradi.o’quvchilar esa o’zlarini tutishini ,darsga e’tiborli bo’lishini,darsga chuquroq tayyorgarlik
ko’rishiga o’rganadilar.dars jarayonida masuliyat hamma o’quvchilarda o’ziga bo’lgan ishonchni
ortishiga yordam beradi.darslarda musobaqa ,o’yin ,ertalik,tarzida tashkil qilinganda ,o’qituvchi
boshqaruvchi ,o’quvchilar esa ishtirokchi sifatida guruhda ishlaydilar,bu esa ularda ma’suliyat
,do’stiga hurmat ,o’z guruhiga rag’bat olib berish xissini tarbiyalaydi.
O’tkazilgan ochiq dars qiziqarli,muhokamaga fikr almashuviga sabab bo’lib.o’qituvchilarning
tashkiliy va metodik ishlarida katta yordam beradi.Ularning darsni qanday tashkil etish ,uni
namunali qilib o’tkazish borasidagi saviyasini bilimllarni kengaytiradi.xulosa qilib aytganda
zamonaviy shaklga ega bo’lgan maktabga bugungi kunda yuqori kasbiy layoqatga esa tajribali
,mahoratli mustaqil fikrlaydigan, nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bog’liq holda ish
olib boradigan kuchli mutahasislar kerak.
Ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishi,o’qituvchilarga amaliy metodik yordam berish
,ayniqsa maktablarda endi ish boshlagan o’qituvchilarga ish jarayonini to’g’ri tashkil etish
uchun maslahatlar berish,pedagogik jamolardagi tajribali o’qituvchilarga izdoshlarini biriktirishi
bugungi kun zamonaviy maktabning eng muhim vazifalaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Ziyomuhamedov B., Tojiyev M. Pedogogik texnologiya – Zamonaviy o’zbek modeli. –
Toshkent: “ Lider Press”, 2009.
2. Ubayxo’jayeva R. Ilg’or pedogogik texnologiyalarni qo’llash //Boshlang’ich ta’lim , 2006
3. Xoliqova M. Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish // Boshlang’ich ta’lim, 2009,
85
Do'stlaringiz bilan baham: |