Август 2020 10-қисм
Тошкент
MASOFAVIY TA’LIM VA UNING IMKONIYATLARI VA AFZALLIKLARI.
Abdullayeva Mohira Muhammadjonovna
Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani
28-maktabning matematika fani o’qituvchisi
Telefon raqami: 975685797
Mamadaliyeva Saodat Abduvaliyevna
Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani
28-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Telefon raqami: 994342318
Pochta manzili: gulishodieva@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’lim
texnologiyalaridan ama liy foydala nish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berish mazkur ta’lim
shakli ning yanada rivojlanishiga zamin yaratilish, masofaviy ta’lim imkoniyatlari va afzalliklari
haqida ma’lumot beradi.
Kalit so`zlar:
Masofaviy ta’lim, masofaviy ta’lim o`qituvchisi, online ta`lim, internet tezligi,
O‘qitishning ijodiy muhiti.
Masofaviy ta’lim (MT) - bu o`qituvchi va o`quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali
ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta’lim turi. Bu ta’lim turini bir
necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil qilinishiga sabab bo`lgan vaziyatlari bilan
farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar
mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va
kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim uchun mo`taxasislar mavjudligi, ta’lim
sohasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning
ta’lim sohasidagi odatlari.
Masofaviy o‘qitish usuli mutaxassis o‘qituvchi (pedagog)larning oldiga yangidan-yangi
dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Chunki, o‘quv materiallarini to‘ldirib borish, ijodiy yondashuv
hamda yangiliklar bilan malakasini oshirishlari va bu ko‘rsatkichlarni jahon ilmi yutuqlari
bilan muvofiqlashtirib borishlari talab etilmoqda. Bu o‘qitish usuli ta’lim talabiga asosan
o‘quvchitalabaning o‘z ustida ishlashini tashkil etish, ko‘proq bilim olishga intilishi, kompyuter
bilan mustaqil ishlash va olgan bilimlaridan ijodiy foydalanishini ta’minlaydi hamda olingan
bilimlar maxsus o‘quv-uslubiy nashrlar, testlar bilan tekshirilib, to‘ldirilishi mumkin. Axborot
texnologiyalarning keng miqyosda joriy etilishi bilan masofaviy o‘qitishni bir qator ijtimoiy
ahamiyatga molik masalalarni yechishda ham joriy etish mumkin. Ta’lim sohasiga bo‘lgan
fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishda qulayliklar yaratish bilan respublikamizning malakali
mutaxassislarga bo‘lgan talabi ham qondiriladi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy va kasbiy
faolliklarini oshirishga erishish mumkin. Xususiy tadbirkorlik bilan mashg‘ul shaxslarning
jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.
Bu esa, oliy ta’lim tizimida yig‘ilgan ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida
yurtimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish vazifasini
qo‘ymoqda. Masofaviy ta’lim berish usuli respublikamiz sarhadlarini bosib o‘tib, MDH va jahon
miqyosidagi yirik ta’lim markazlari bilan muloqotda bo‘lib, ta’lim olishning yangi zamonaviy
yaxlit ta’lim imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi
Masofaviy o‘qitishning quyidagi afzalliklari mavjud:
1. O‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida o‘qituvchi (pedagog) ilm
beradi, o‘quvchi- talabalar esa faqat berilgan materialni o‘qiydilar. Taklif qilinayotgan masofaviy
o‘qitish asosida esa o‘quvchitalabalarning o‘zlari kompyuter axborotlar bankidan kerak bo‘lgan
ma’lumotlarni qidirib topadi va o‘zlarining tajribalarini boshqalar bilan yaxshi muloqotda
bo‘lishini ta’minlaydi hamda o‘z o‘rnida mehnat ta’limi olishini rag‘batlantiradi.
2. Mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish
boshlang‘ich, o‘rta, oliy va malaka oshirish bosqichlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Tayyorgarligi
turli darajada bo‘lgan inspektorlar o‘zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari va
o‘zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin.
3. Ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish turi millionlab
20
Do'stlaringiz bilan baham: |