Toshkent – 2022


Arabnavis olimlarining fikirlari va mulohazalari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana12.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#779425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2.A.Abdullayev

2.3.Arabnavis olimlarining fikirlari va mulohazalari 
Arabnavis olimlardan Istaxriy, Ibn Xavqal, Muqaddisiy va boshqalar (IX-X 
asrlar) Shosh viloyati haqida yozganda uning markazini Binkat shahri deb 
ko‘rsatadilar. Binkat hozirgi Eskijuva va Chorsu oralig‘ida bo‘lgan. Binkat nomi 
forscha bo‘lib, “ko‘rimli shahar” demakdir (bin – ko‘rinish, kat – so‘g‘dcha 
“shahar, qishloq, manzilgoh” degan ma’noni anglatadi). 
Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining mashhur asarida Shosh bilan bir qatorda 
Toshkent nomini ham keltirgan. Jumladan, u o‘zining “Qonuni ma’sudiy” asarida: 
“Binkat – bu Shoshning poytaxti, turkiy tilda “Toshkand”, yunonchadan arabchaga 
tarjima qilinsa – “Burjul hijora” (“Tosh minora”) shaklida bo‘ladi” deb yozgan. 
Beruniyning so‘zlarini boshqa olimlar ham tasdiqlashgan. Masalan, Mahmud 
qoshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit turk” asarida: “Tarkan – Shoshning nomi, 
uning asl nomi Toshkand – toshdan qurilgan shahar demakdir”, deb yozgan. 
Demak, poytaxtimiz nomi “Toshkent” shaklida birinchi bor Beruniy asarlarila 
uchraydi 
va 
shahar 
nomi 
boshqa 
nomlar 
bilan 
ham 
atalgan. 
Qoraxoniylar tarkibiga kirgan Choch shahri X asrning oxiri – XII asrning 
boshlarida butunlay Toshkent nomini olgan. Amir Temur davrida (XIV ikkinchi 
yarmi – XV boshlari) qudratli qal’a, yirik hunarmandchilik, madaniyat va ilm - 
fan, savdo - tijorat shahri sifatidagi maqomini tiklaydi.
XVI asr boshlarida Toshkent shayboniylar davlati tarkibiga kirgan, so‘ng u 
Buxoro amirligi tarkibiga qo‘shib olinadi.
XVI-XIX asrlarda Toshkent. XV asrning oxiri – XVI asrda va keyinchalik 
XVIII asrda Toshkentning mavqei ancha oshdi. Iqtisodiy va madaniy yuksalish bu 
shaharning boshqa hunarmandchilik va savdo markazlari bilan aloqasi 
jonlanganidan, shuningdek, qurilish ishlarining rivoj topishida namoyon bo‘ldi. 
Baroqxon madrasasi, Ko‘kaldosh madrasasi singari katta madrasalar XVI asrda 


25 
o‘zbek sultonlari davrida barpo etilgan. Bu binolar hozirgi kungacha saqlanib 
qolgan. 
Toshkent shu atrofdagi viloyatning ma’muriy boshqaruv va iqtisodiy hayot, 
ichki va tashqi savdo markazi, boshqa shaharlardan, g‘arbiy va sharqiy 
viloyatlardan keladigan karvon yo‘llari tutashgan joy edi. Toshkent XVI asrdayoq 
aholi ancha zich joylashgan shahar bo‘lib, aholining katta qismini savdogarlar va 
hunarmandlar tashkil qilardi. Keyinchalik, ayniqsa, XVIII asrdan boshlab 
Toshkentning mavqei yanada oshdi. 
Bu yerda ko‘plab misgarlar, shuningdek, kulollar, xilma - xil gazlama va 
kiyim - kechaklar, qurol -yarog‘ va boshqa ashyolar tayyorlovchi ustalar istiqomat 
qilishar va ishlashardi. 
Toshkent shahar hayotining markazi Chorsu bozori bo‘lib, bu yerga turli 
shahar va mamlakatlardan savdogarlar kelishardi. Chorsu ixtisoslashtirilgan 
hunarmandchilik - savdo rastalari joylashgan o‘ziga xos shaharcha bo‘lib, atrofini 
karvonsaroylar, hammom, oshxona va do‘konlar o‘rab turardi. Shaharning bu eng 
katta bozori unga tutashadigan ko‘chalardanoq boshlanardi, ko‘chaning ikki 
tomonida do‘konlar va hunarmandchilik ustaxonalari saf tortgan edi. Bozorning 
har bir qismida asosan bir xil mollar sotilardi. 1734 yilda Toshkentda yashagan 
Nurmuhammad mulla bunday deb yozgan edi: “...har bir bozorda bir xil mollar 
sotiladi: bittasida non, ikkinchisida ip-gazlama, boshqasida shoyi, chopon, etik, 
atlas va hokazolar”. Xadradagi tim ostida chopon bozori joylashgan edi. 
Shaharda va shahar atrofida karvonsaroylar bo‘lib, turli mamlakatlardan 
kelgan savdogarlar shu yerga qo‘nar edilar. Karvonsaroylarning ayrimlari yaqin-
yaqinlargacha faoliyat yurgizib kelgan. 
60 mingga yaqin aholi yashaydigan Toshkent o‘z ahamiyati jihatidan xonlik 
poytaxtidan keyin ikkinchi o‘rinda turardi. Qo‘qon - Rossiya munosabatlari 
yomonlashuvi tufayli Toshkent muhim strategik va iqtisodiy ahamiyat kasb etib, 
unga butun Turkiston viloyati, chegara qal’alar hamda Turkiston, Chimkent va 


26 
boshqa shaharlar bo‘ysunar edi. Qo‘qon xonligi va Buxorodan Rossiyaga karvon 
yo‘li Toshkent orqali o‘tardi. 
XVIII asrda Toshkent hududi taxminan 16 kv. km. Bo‘lib, aholisining soni 
80 mingga (ba’zi manbalarda aytilishicha, 100 mingga) borib qolgan edi. 
Shaharning shimoliy chegarasi Kalkovuz arig‘idan; sharqiy chegarasi Anhor 
bo‘ylab hozirgi milliy bog‘ orqali; janubiy chegarasi Beshyog‘ochdan Samarqand 
darvoza ko‘chasi orqali; g‘arbiy chegarasi shu ko‘chadan Ko‘kchagacha o‘tardi. 
Shu tarzda butun shahar hozirgi Shayxontohur tumani va qisman Sobir Rahimov 
tumani hududidan iborat edi. Bu hudud “Katta shahar” deb atalardi. 
“Katta shahar”ning taxminan o‘rtasida boshqa devor bilan o‘rab olingan eski 
markaz bor edi. O‘sha paytda shaharning “eski Toshkent” deb ataluvchi ana shu 
markazida oltita darvoza bo‘lgan. Bu yerda imoratlar juda zich qurilgan bo‘lib, 
markazda bozor, masjid, madrasa, qozixona, shahar amaldorlarining uylari 
joylashgan edi. Masjid va badavlat aholining ayrim uylari pishiq g‘ishtdan 
qurilardi. Shaharda 40 jome’ va ko‘plab mahalla masjidlari bor edi. 
XVIII asr boshlarida Toshkent boshqa shaharlardan ancha boy va chiroyli 
shahar bo‘lib, o‘sha davrga nisbatan madaniyati va obodonchiligi baland darajada 
edi. Shaharning to‘rtta qismidagi katta ko‘chalarga tosh yotqizilgan, ariqlar orqali 
o‘tiladigan ko‘priklar va ko‘prikchalar ko‘p edi. Tor ko‘chalar yoritilmasa - da, 
shaharliklar doimo ko‘chalarni supurib, suv sepib qo‘yishardi. 
Shaharga suv Chirchiq daryosidan chiqarilgan Bo‘zsuv kanalining irmoqlari 
– Kalkovuz, Anhor, Labzak, Chorsu, Tarlak va boshqa ariqlar orqali kelardi. 
Toshkent katta ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan ilgarigi kanallarning qurib qolgan 
o‘zanlari, masalan, Chorsudagi Tarlak, Labzak va boshqa kanallarning o‘zanlari 
hozirgacha saqlanib qolgan. Urush bo‘lib, suv bo‘g‘ilib qolish ehtimolini ko‘zda 
tutib, shaharda hovuzlar va ba’zi joylarda quduqlar qazib qo‘yilgan edi. 
Issiq iqlim, serhosil tuproq va sug‘orish tizimi hamda aholining g‘oyat 
mehnatkashligi bog‘larda va poliz ekinzorlarida mo‘l hosil etishtirish uchun qulay 


27 
sharoit yaratardi. Suv mo‘l bo‘lgan joylardagi hovlilar soya - salqin bog‘larni 
eslatar, daraxtlar va gullar hovliga fayz bag‘ishlar va meva berardi. Toshkentda 
uzum, shaftoli, o‘rik, olxo‘ri, qora va sariq anjir, anor, olma, nok, behi, olcha, 
gilos, bodom, pista yetishtirilardi. 
Bog‘dorchilik qadimiy an’ana va ayni paytda serdaromad kasb edi – mevalar 
bozorga chiqarilar, meva qoqilar boshqa mamlakatlarga yuborilardi. Toshkent 
aholisi daraxtlarni hafsala bilan parvarish qilar, ulardan mo‘l hosil terib olar va 
mevalarning ajoyib yangi navlarini yaratardi. 
XVIII asrda shahar to‘rt dahaga bo‘lingan edi: Ko‘kcha, Sebzor, 
Beshyog‘och va Shayxontohur dahalari. Har bir daha qurilish xususiyati va 
aholining zichligi, aholining an’anaviy mashg‘uloti bilan farqlanardi. 1865 yili 
Toshkentda 140 ta mahalla, 13260 ta xonadon, 8 ta madrasa, 8 ta hammom, 255 
masjid va 116 ta tegirmon bo‘lgan. 
XIX asr boshlarida Toshkent Qo‘qon xonligi tomonidan egallanadi. Bek va 
amaldorlar zulmiga qarshi toshkentliklar 1847 va 1863 yillari g‘alayon 
ko‘taradilar. 
Mana shu kabi siyosiy - ijtimoiy inqirozlar davrida 1865 yili Toshkent chor 
Rossiyasi tomonidan egallab olinadi. 1867 yilda esa, Toshkent Turkiston general - 
gubernatorligining markaziga aylantiriladi. 
Toshkentning XIX asr tarixi haqida ma’lumotlar toshkentlik tarixchi 
Muhammad Solihning “Tarixi jadidi toshkand” (“Toshkentning yangi tarixi”) nomi 
asarida uchraydi. 
1891 yilga kelib Toshkentda 19 ta rus qishlog‘i (1298 kishi) tashkil etildi. 
Bu ish mahalliy dehqonlarning azal-azaldan foydalanib kelgan yer-suvlarini tortib 
olish hisobiga amalga oshirildi. 


28 
Xulosa 
Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, Toshkent va Zarafshon 
vohalari toponomiyasida ham boshqa hududlarda kam uchraydigan va o`ziga 
xosliklar mavjud. Xususan, bu hududlardagi shaharlar xaqida afsona va rivoyatlar 
ko`plab uchraydi. Bu hududlar toponomiyasida turli urug’lar nomi bilan ataluvchi 
va joylashgan geografik o’rnidan kelib chiqqan xolda shu nom bilan atalgan 
shaharlar yetarli. Shuningdek, bu hududlar shaharlari toponomiyasiga arablar va 
mo`g’ullar istilosi jiddiy ta`sirini ko`rsatgan. O`z navbatida Rossiya imperiyasi va 
sho`rolar davrida qurilgan va o`sha davr nomlari bilan atalgan shaharlar ham 
mavjud.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish