1.2. Tijoratga asoslangan hayot sug„urtasining evropa mamlakatlarida
paydo bo„lishi va rivojlanishi
1740 yilda birinchi ixtisoslashtirilgan sug‗urta kompaniyasi ,,Ishonchli hayot
jamiyati‖ tashkil qilindi, 1762 yilda esa aktuar hisob –kitoblardan va to‗lov va
badallarning qattiq yo‗lga qo‗yilgan tartibidan foydalanuvchi birinchi tijorat
sug‗urta kompaniyasi, ―Adolatli hayot sug‗urta jamiyati‘‘ paydo bo‗ldi. Aynan shu
yerda ijtimoiy risklar sohasidagi sug‗urta biznesining uzoq tizimli rivojanishi
uchun asoslar yaratildi.
Hayot sug‗urtasi tadbirkorlikning o‗ziga xos turi sifatida XVII-XVIII-
asrlarda Evropada dengiz sug‗urtasiga qo‗shimcha sug‗urta turi qilib belgilandi.
Ya‘ni, kemalar va yuklarni sug‗urtalash bilan birga kema kapitanlarining hayoti
ham sug‗urtalana boshlandi. Londonda Lloyds kompaniyasining tashkil etilishi
bilan bir vaqtda kema kapitanlarining hayotini sug‗urtalash bilan shug‗ullanuvchi
Flit-strit klubi tashkil etildi. Ushbu klub a‘zosi bo‗lishni hoxlagan, lyokin, klubga
qabul qilinmagan ingliz tadbirkori Djeyms Dodson 1663 yilda ilmiy statistik
bazaga asoslangan hayot sug‗urtasi jamiyatini tashkil etishga qaror qildi. Djeyms
Dodson Londondagi har xil qabristonlardan ma‘lumotlar yig‗ib, bir yilda vafot
etganlarning soni va o‗rtacha umr ko‗rish yoshi statistikasini tayyorladi va ushbu
9
tayyorlangan statistik ma‘lumotlardan sug‗urta mukofotlarini hisoblashda
foydalangan.
Shuning uchun ham hayot sug‗urtasining vatani Angliya hisoblanadi. Hayot
sug‗urtasining rivojlanishida Angliya sug‗urta jamiyatlarining roli juda kattadir.
Birinchi sug‗urta jamiyati 1698 yil Londonda tashkil etilgan. Birinchi hayot
sug‗urtasi jamiyati ham 1706 yilda ―Emikebl‖ (―do‗stona‖) nomi bilan Angliyada
tashkil etilgan. Lyokin, shaxsiy sug‗urta bo‗yicha hisob-kitoblar rivojlanmagan
edi. Tarif stavkalar tizimi oddiy bo‗lib, yosh bo‗yicha farqlanmagan edi. Oradan
bir qancha vaqt o‗tib, ―Refyudj iskendj‖ va ―London inshurens korporeyshn‖ kabi
jamiyatlar tashkil etilgan.
Inglizlar hayot sug‗urtasining asoschilari hisoblanadilar, ular ushbu sug‗urta
turining hozirgi davrda ham foydalanilayotgan asosiy elementlari va hisoblash
metodlarini yaratganlar. Angliyada 1830 yildayoq 35 ta yirik va o‗nlab kichik
hayot sug‗urtasi jamiyatlari faoliyat ko‗rsatardi. 1762 yilda Angliyada birinchi
tijorat sug‗urta tashkiloti tashkil etildi. Ushbu tashkilot birinchilardan bo‗lib aktuar
xisob-kitoblardan foydalandi. Bu esa o‗z navbatida hayot sug‗urtasi yanada
rivojlanishiga sabab bo‗ldi. 1765 yilga kelib ―Ekvitebl‖ jamiyati tashkil etildi. Bu
jamiyat a‘zolari esa mashxur olim R.Prays tomonidan jamlangan va qayta
ishlangan aholining vafot etish o‗rtacha yoshi ko‗rsatkichlaridan foydalangan
holda tarif stavkalarini ishlab chiqdilar. Uni natijasida yangi hayot sug‗urtasi
jamiyatlari shakllana boshladi.
Ko‗p vaqt o‗tmasdan hayot sug‗urtasi jamiyatlari boshqa davlatlarda ham
tashkil topa boshladi. 1829 yilda Fransiyada, 1827 yilda Germaniyada, 1830 yilda
AQSHda, 1835 yilda Rossiyada hayot sug‗urtasi jamiyatlari tashkil topdi.
Evropada hayot sug‗urtasining aksiyadorlik shaklidagi jamiyati birinchi bo‗lib
Fransiyada 1787 yilda Compagnie Royal d‘ Assurances nomi bilan tashkil topdi.
Aksiyadorlik shaklidagi hayot sug‗urtasi jamiyatlari keyinchalik Italiyada,
Germaniyada shakllanib bordi. XIX asr oxiriga kelib esa bunday jamiyatlar butun
Evropa davlatlarini qamrab oldi.
10
Aslini olganda, hayot sug‗urtasi dengiz sug‗urtasi va olov sug‗urtasidan
chamasi 100 yillar keyin shakllangan. Bunga sabab hayot sug‗urtasi dengiz va olov
sug‗urtasidan ko‗ra ancha jiddiy tarzda ilmiy asoslangan bo‗lishi lozim edi. Chunki
hayot sug‗urtasida tariflarni ishlab chiqish e‘xtimollar nazariyasi va statistika
asosidagi aktuar hisob-kitoblar yuritish orqali amalga oshiriladi. XVII-XVIII
asrlarda statistika, ehtimollar nazariyasi fanlarining rivojlanishi hayot
sug‗urtasining taraqqiy etishiga sabab bo‗ldi.
Inliz olimi Edmund Galley aktuar hisob-kitoblar nazariyasi bilan
shug‗ullanish mobaynida Breslavl shahrida 1687-1691 yillar oralig‗ida vafot
etganlarning ro‗yxatini tuzib, vafot etish jadvalini yaratdi. U vafot etish jadvalini
asosiy funksiyalariga ta‘rif berdi, yashash va vafot etish ehtimollik darajasini
hisobladi, o‗rtacha umr ko‗rish yoshini hisobladi, vafot etish jadvallari asosida
sug‗urta badallari miqdorini aniqlash mumkinligini ko‗rsatib berdi. Galley tuzgan
jadvaldan hozirgi davrda ham foydalanilmoqda. Keyinroq, ingliz matematigi
A.Muavr E.Galley tuzgan vafot etish jadvalini o‗rganib, aktuar hisob-kitoblarni
soddalashtirishga erishdi. U Gollandiya, Fransiya mamlakatlari va London
shahridagi sug‗urtalanganlardan vafot etganlarining ma‘lumotlari asosida uchta
alohida jadvallar tuzdi. Shunday qilib, XVII-XVIII asrlarda ehtimollar nazariyasi
rivojlandi, aholining vafot etish yoshi to‗g‗risidagi statistik ma‘lumotlar yig‗ilib
bordi. Buni natijasida esa hayot sug‗urtasi ilmiy asoslangan holda shakllanib bordi.
Bu esa o‗z navbatida hayot sug‗urtasini keng miqyosda rivojlanib dunyoning
barcha mintaqalarida amaliyotga tadbiq etilishida namoyon bo‗ldi.
1863 yilda ―Hayot‖ nomi ostida hayot sug‗urtasi bo‗yicha birinchi tijorat
sug‗urta jamiyati tashkil etildi. 1883 yilda ishchilar to‗lovlari umumdavlat
subsidiyalari yoki davlat g‗aznasi hisobidan shakllantiriladigan ―Umumdavlat
doimiy kassasi‖ to‗g‗risidagi qonun qabul qilindi. Nafaqa va pensiyalar mansab va
lavozimiga bog‗liq ravishda ish haqiga nisbatan foizlarda to‗langan. 1913 yilda
K.G.Voblogoning baholashiga ko‗ra bir milliondan ortiq odam doimiy kassa orqali
sug‗urta qilingan. XX asrning boshlarida pensiya kassasi deyarli barcha davlat
11
vedemostlari va ko‗plab professional birlashmalarida u yoki bu ko‗rinishda amal
qilgan.
Sobiq sovet davlatlarida ham hayot sug‗urtasi shakllana bordi. 1960-1980-
yillarga kelib sobiq sovet tarkibiga kiruvchi davlatlari orasida hayot sug‗urtasining
yangi turlari keng tarqala boshladi. 1990 yil oxirlarida 85 mln. dona hayot
sug‗urtasi shartnomasi imzolanganligi hayot sug‗urtasining shu davrda yetarllicha
mashhur bo‗lganligidan dalolat beradi.
Hayot sug‗urtasida inson hayoti bilan bog‗liq bo‗lgan mulkiy manfaatlar
sug‗urtalanadi. Bunda inson hayotiga zarar etganda, mehnatga layoqatini
yo‗qotganda, nogironlikka chalinganda belgilangan sug‗urta ta‘minotlari (sug‗urta
puli) to‗lash orqali ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi. Shunday ekan
hayot sug‗urtasi insoniylik, ijtimoiylik prinsplarini o‗zida aks ettiruvchi, aholini
moliyaviy barqarorligini ta‘minlovchi dastak bo‗lib xizmat qiladi desak mubolag‗a
bo‗lmaydi. Ko‗plab xorijiy davlatlarni oladigan bo‗lsak yig‗ilgan sug‗urta
mukofotlarining asosiy qismini hayot sug‗urtasi tarmog‗idagi sug‗urta turlaridan
tushgan sug‗urta mukofotlari tashkil qiladi. Chunki hayot sug‗urtasi orqali
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari o‗z echimini topadi. Bu muammolarga
uzoq muddatli investitsiya mablag‗lari etishmasligi, fuqarolarning hayotiga
kutilmagan baxtsiz xodisalardan etkazilgan moliyaviy zararlarni qoplashga
mablag‗larning etishmasligi, ularning nafaqaga chiqqanlarida yetarlli darajada
yaxshi hayot kechirishlari uchun mablag‗larning kamligi va boshqa shu kabi
muammolar aynan hayot sug‗urtasini keng miqyosli amalga oshirilishi natijasida
bartaraf etiladi.
Hayot sug‗urtasi o‗zida jismoniy shahslarni himoyalash vositasi sifatida
qaltislilik, investitsion va jamg‗arish funksiyalarini namoyon etadi. Unga muvofiq
sug‗urtalovchilarni investitsiya jarayonlaridagi faoliyatini kuchaytiradi, sug‗urta
qildiruvchilar (sug‗urtalangan shaxslar)ni mablag‗lari jamg‗arishlari orqali
moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |