Nazorat savollari:
1. Hayot sug‗urtasining yuzaga kelishiga sabab bo‗lgan omillar.
2. Tijoratga asoslangan hayot sug‗urtasi dastlab qaysi davlatlarda paydo
bo‗lgan?
3. O‗zbekistonda hayot sug‗urtasi paydo bo‗lishi va rivojlanishining asosiy
sabablari.
18
4. ―Ekvitebl‖ sug‗urta jamiyati qachon tashkil etilgan?
5. Hayot sug‗urtasining qanday turlari amaliyotda keng qo‗llanib
kelinmoqda?
6. Hayot sug‗urtasida sug‗urta sub‘ektlari kimlar?
7. Hayot sug‗urtasining ijtimoiyligi deganda nimani tushunasiz?
8. Hayot sug‗urtasining investitsiya jarayonlariga ta‘siri.
19
2-BOB. HAYOT SUG„URTASI FANINING OB‟EKTI, PREDMETI,
MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Hayot sug„urtasi fanining mohiyati, ob‟ekti va predmeti
Hayot sug‗urtasi g‗arb mamlakatlari sug‗urta bozorida sug‗urta
mukofotlarini to‗plash bo‗yicha etakchi va mustahkam o‗rinlarni egallab, har bir
mehnat qobiliyatiga ega bo‗lgan fuqaroning hayotiga kirib borgan. Hayot
sug‗urtasi bizning mamlakatimizda hamdo‗stlik mamlakatlarida bo‗lgani kabi
rivojlanishning qiyin pallasini boshidan kechirmoqda.
Xo‗sh, hayot sug‗urtasi bu qanday sug‗urta turi, uning ob‘ekti va predmeti
nima va boshqa sug‗urta turlaridan qanday jihatlari bilan farq qiladi? Hayot
sug‗urtasi shaxsiy sug‗urta tarmog‗ining asosini tashkil etib, mazkur sug‗urta
orqali insonning hayoti uning vafot etishidan, ma‘lum yoshga yetishidan,
kasallikdan, baxtsiz hodisadan, inson hayotidagi muhim voqealar hisoblanuvchi
farzand tug‗ilishi, nikohga kirishish va boshqa holatlar natijasida yuzaga keladigan
moddiy manfaatlar tomonlan o‗rtasida ixtiyoriylik asosida tuzilgan sug‗urta
shartnomasida kelishilgan sug‗urta summasi doirasida sug‗urtalovchi tomonidan
qoplab berilishidan iborat sug‗urta faoliyatidir.
Hayot sug‗urtasi fanining ob‘ekti bo‗lib insonning hayoti bilan bog‗liq
mulkiy manfaatlar hisoblanadi. Fanning predmeti sifatida insonning vafot etishi,
ma‘lum yoshga yetishi, kasallik, baxtsiz hodisa, farzand tug‗ilishi, nikohga
kirishish va boshqa holatlar hisoblanadi.
Hayot sug‗urtasida sug‗urta hodisasi sifatida tuzilgan sug‗urta shartnomasi
muddatining tugashi, ya‘ni sug‗urtalangan shaxsning shu muddatgacha yashashi,
hayotni aralash sug‗urtasi turlarida esa sug‗urta shartnomasining amal qilish
davrida sug‗urtalanuvchining vafot etishi, ishlab chiqarish yoki boshqa sharoitlarda
jarohat olishi holatlari sug‗urta hodisasi sifatida qabul qilinadi. Bu xalqimizning
o‗zaro yordam, tayanch va ijtimoiy himoya kabi traditsiyalariga mos keladi.
Mamlakatimizda hayot sug‗urtasi hozircha shakllanish jarayonini boshidan
kechirmoqda. Buning qanday sabablari bor? Buning sabalaridan biri, sovet
20
tuzumida fuqarolarning hayoti va faoliyatining himoyasi uchun javobgarlik to‗liq
davlatning zimmasida edi. Bu esa mamlakatimizda sug‗urta sohasining, hamda
xalqimiz sug‗urta madaniyatining yetarlli darajada rivojlanmay qolishiga sabab
bo‗ldi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti va davlat qurishning ―O‗zbek modeli‖ ga ko‗ra
davlat o‗z funksiyalarini asta-syokinlik bilan jamiyatga berib boradi. Bu esa o‗z-
o‗zidan jamiyatning bir bo‗g‗ini bo‗lgan sug‗urta tashkilotlari faoliyatiga mazkur
vazifani ma‘lum darajada yuklaydi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida barchamiz ish joyini yo‗qotish,
oliy o‗quv yurtida o‗qish uchun to‗lov, davolanish va boshqa shu kabi
muammolarga duch kelamiz. Natijada kasallik, vafot etish, jarohat olish, mehnat
qobiliyatini yo‗qotish kabi holatlar bo‗yicha sug‗urtaning keng ko‗rinishdagi
xizmatlariga bo‗lgan ehtiyoj hosil bo‗ladi. Ammo, tajriba shuni ko‗rsatmoqdaki,
iqtisodiyotning sezilarli inflyasiya davom etayotgan sharoitida, sug‗urtaning
jamg‗arib boriladigan turlariga bo‗lgan qiziqish susayadi, chunki uzoq muddatga
mo‗ljallangan ushbu sug‗urta turlarida jamg‗arilgan mablag‗lar o‗z qiymatini tez
yo‗qotadi.
Milliy sug‗urta bozorining holatini tahlil qilganimizda, bozordagi asosiy
ko‗rsatkichlar bo‗yicha barqaror o‗sish suratlarining majudligini ko‗rish mumkin.
Ammo shuni ham aytib o‗tish kerak, milliy sug‗urta bozorimiz katta hajmdagi
potensial sug‗urtalanuvchilarga ega va bu ayniqsa shaxsiy sug‗urta(uning
tarkibidagi hayot sug‗urtasi) va javobgarlik sug‗urta turlarini o‗z ichiga oladi.
Hayot sug‗urtasi boshqa sug‗urta turlari kabi shartnoma bilan
rasmiylashtiriladi, unga ko‗ra sug‗urtalanuvchi tomonidan to‗langan sug‗urta
mukofoti evaziga shartnomada kelishilgan sug‗urta summasini shartnomaning
amal qilish davrida shartnomada ko‗zda tutilgan holatlar (vafot etish yoki ma‘lum
yoshga etish va boshqa holatlar) yuz berganda to‗lab berishni sug‗urtalovchi o‗z
zimmasiga oladi. Shu bilan birga mazkur shartnoma sug‗urtalanuvchining huquq
va majburiyatlarini ham tartibga soladi.
Hayot sug‗urtasining quyidagi turlari amaliyotda keng qo‗llanib kelinmoqda:
vafot etish hodisasidan sug‗urtalash, jamg‗arib boriladigan hayot sug‗urtasi,
21
hayotni aralash sug‗urtalash, jamoa sug‗urtasi. Hayot sug‗urtasi shaxsiy
sug‗urtaning bir bo‗g‗ini sifatida iqtisodiyotning o‗zgaruvchan qismi bo‗lgan
ishchi kuchi bilan bog‗liq. Ushbu sug‗urta turida sug‗urta himoyasining ob‘ekti
bo‗lib fuqarolarning hayoti, sog‗ligi va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Mulk
sug‗urtasidan farqli o‗laroq, hayot sug‗urtasining ob‘ektlari ma‘lum qiymatga ega
emas.
Hayot sug‗urtasi rivojlangan mamlakatlarda ko‗p yillik tarixga ega va bu
mamlakatlarda ushbu sug‗urta turi bo‗yicha yetarllicha tajriba to‗plangan. G‗arbda
sug‗urta insonlar hayotining zarur elementiga aylangan bo‗lib, har bir jamiyat
a‘zosi sug‗urta polisi olish uchun to‗lov pul mablag‗larini ishonchsiz joyga
joylashtirish emas, balki turli risklardan himoya vositasi ekanligini tushunib etgan.
Jahon tajribasida shaxsiy sug‗urta hayot sug‗urtasi, nafaqa yoki renta sug‗urtasi,
kasalliklardan sug‗urtalash va baxtsiz hodisalardan sug‗urtalashga bo‗linadi. Hayot
sug‗urtasi o‗z o‗rnida vafot etishdan sug‗urtalash va sug‗urta-jamg‗armadan iborat.
Jamg‗arib boriladigan hayot sug‗urtasiga yaqin bo‗lgan sug‗urta turi bu sug‗urta-
jamg‗arma hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda hayot sug‗urtasini odatda uzoq
muddatga tuziladi. Bu muddat kamida 10 yil yoki 15-20 yil va undan oshiqni
tashkil etadi. Jamg‗arma sug‗urta turi qoidaga ko‗ra vafot etishdan sug‗urtalash va
mehnat qobiliyatini yo‗qotishdan sug‗urtalashni o‗z ichiga oladi va sug‗urtalangan
shaxsning shartnomada ko‗rsatilgan yoshga yetishi sug‗urtalovchining
shartnomada ko‗rsatilgan summani sug‗urtalanuvchiga to‗lash majburiyatini
yuklaydi. G‗arb mamlakatlarida ushbu sug‗urta turining yana bir ko‗rinishi mavjud
bo‗lib, bunda sug‗urta shartnomasining muddati tugagungacha sug‗urtalangan
shaxs vafot etgan bo‗lsa ham sug‗urta summasi beriladi. AQSHda hayot sug‗urtasi
bo‗yicha tuzilgan shartnomalarning har ettinchisi sug‗urta-jamg‗arma turi bo‗lsa,
Angliyada hayot sug‗urtasi shartnomalarining asosiy qismini sug‗urta-jamg‗arma
turlari tashkil etadi. Hayot sug‗urtasida operatsiyalarni amalga oshirish
texnologiyasi bo‗yicha ularni uch guruhga bo‗lish mumkin: oddiy, jamoaviy va
industrial sug‗urta.
22
Oddiy sug‗urta turida shartnoma sug‗urtalanuvchining o‗zi bilan shaxsan
tuziladi, sug‗urtalovchining javobgarligi sug‗urtalanuvchining oila-a‘zolariga ham
qo‗llanilishi mumkin. Bunday sug‗urta turlarida sug‗urta summalari katta miqdorni
tashkil etadi. Oddiy sug‗urta turlarini asosan o‗zaro sug‗urtalash jamiyatlari
amalga oshiradi va bugungi kunda bunday sug‗urta turlari aholining 60 foizga
yaqinini qamrab olgan.
Jamoaviy sug‗urta turlari asosan yollanma ishchilarga nisbatan amalga
oshiriladi, bunda sug‗urta mukofotini ish beruvchi tadbirkor yoki kasaba
uyushmasi to‗laydi. Bunday sug‗urta turlari aholining 40 foizga yaqinini qamrab
olgan.
Industrial sug‗urta turlari aholining 30 foizga yaqinini qamrab olgan
bo‗lsada, uning hajmi yildan-yilga kamayib bormoqda.
Chet mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda
jamoaviy sug‗urtaning jamg‗arib boriladigan turini rivojlantirish yaxshi samara
beradi deb hisoblaymiz. Bu sug‗urta turida sug‗urta mukofoti korxona tomonidan
to‗lanishi kerak va shartnoma muddati 5-yildan kam bo‗lmasligi maqsadga
muvofiq bo‗ladi. Shunday sug‗urta turining keng qo‗llanilishi kadrlar
qo‗nimsizligiga barham beradi va shu bilan birga xodimlarning ijtimoiy
himoyasini ta‘minlaydi. Albatta bunda sug‗urta kompaniyasi shartnoma shartlarini
ishlab chiqishda inflyasiya jarayonlarini hisobga olishi zarur. Hayot sug‗urtasi
sug‗urtalanuvchi to‗laydigan sug‗urta mukofoti evaziga sug‗urta shartnomasida
ko‗rsatilgan summani sug‗urtalanuvchi yoki sug‗urtalangan shaxs vafot etganda
yoki ma‘lum yoshga etganda sug‗urtalovchi tomonidan to‗lab berish kafolatini
ko‗zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |