308
qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal
qilinishi shart;
- bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy
siyosatini o’tkazish;
- ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo’nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan
biri bozor iqtisodiyotiga o’tish evolyutsion yo’l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi
zarur.
YAngi iqtisodiy munosabatlarga o’tish tamoyillari asosida g’oyat mas’uliyatli va murakkab vazifa-
iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang’ich nuqtasi ijtimoiy-
iqtisodiy o’zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtiril-
gan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan
ikkinchi sifat holatiga o’tishdan iboratdir. Bozor munosabati bu jihatdan klassik kapitalistik va sotsial-
istik iqtisodiy tizimdan farq qiladi.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko’ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal
qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o’tish davridagi
bir-biriga bog’liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to’g’ri keldi: ma’muriy buyruqbozlik
tizimning og’ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining ne-
gizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g’oyat muhim yo’nalishlari
O’zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berildi:
- o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy ba-
zasini mustahkamlash
va rivojlantirish;
- qishloq xo’jaligida mulkchilikning yangi
shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va yetuk
olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan quvvatlanib, tan
olindi.
Dastlabki vaqtning o’zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100
ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el inves-
titsiyalari bo’yicha Prezident huzurida maxsus Idoralararo kengash tuzildi.
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqar-
ish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy
buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng
qatlami shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi.
Mulkni xususiylashtirish va ko’p ukladli iqtisodni shakllantirish O’zbekistonda o’ziga xos
yo’l bilan birinchi bosqichda 1992-1993 yillari amalga oshirildi.
Bu davrda asosan maishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik
korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o’zgartirdi. Bu-
lar mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng miqyosda
xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy
mulk etib berildi.
Dastlabki davrning o’zida qishloq xo’jaligida 770 kolxoz va davlat xo’jaliklari xususiy-
lashtirildi, jamoa va ijara xo’jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiy-
Do'stlaringiz bilan baham: