316
orlanadi. Faqat Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi o’quv yurtlarida 600 dan ziyod fan dok-
torlari va deyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o’qituvchilik va ilmiy faoliyat bilan shug’ulla-
nadilar.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tibor berildi.
Xalq xo’jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan
ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respub-
likamiz Vazirlar Mahkamasining 1995 y. 3 aprelidagi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi
FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 y. 8 iyuldagi farmoni hamda uni amalga
oshirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Fanlar rivojlanishini dav-
lat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida»gi qarori mamlakatda
fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga
tajriba oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi bozorda
targ’ib etish va tarqatish, maqsadida FA negizida «O’zFANT» Respublika ilmiy ishlanmalari in-
novatsiya tijorat markazi tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Respublika Vazirlar
Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning
mavqei ortdi.
O’zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutug’lari nafaqat O’zbekiston balki jahon ham-
jamiyatida ham tan olina boshlandi va ko’pchilik olimlarimiz davlatimiz mukofotlariga sazovor
bo’ldilar va xorijiy davlatlar akademiyalariga haqiqiy ham faxriy a’zolikka saylandilar. O’z-
bekiston Respublikasining Fanlar Akademiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad
Bobir nomidagi oltin medallarni ta’sis etdi. 1993 yilda O’zbekiston Respublikasi FAning
akademigi H.F.Fozilov tabiiy va texnikaviy fanlar sohasida katta yutug’larga erishgani uchun al
-Xorazmiy nomidagi Oltin medalning birinchi sohibi bo’ldi.
Zahiriddin Muhammad Bobir nomidagi Oltin medal birinchi bo’lib shu yili ijtimoiy va gu-
manitar fanlar sohasida katta yutug’larga erishgani uchun filologiya fanlari doktori O’zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi U.I.Karimovga nasib etdi.
1992 yil oktyabr oyida esa geologiya mineralogiya fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi
FAning akademigi I.H.Hamraboyev geologiya va geofizika sohasida erishgan muvaffaqiyatlari
uchun Habib Abdullayev nomidagi Oltin medalning birinchi sohibi bo’ldi.
«Fan va texnikada kim haqiqatan kim?» deb nomlangan jahon fan va texnikasining rivojlan-
ishiga munosib hissa qo’shgan eng buyuk olimlarning hayoti va ilmiy faoliyati to’g’risidagi
asosiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan qomusga O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi
P.Q.Habibullayev kiritilgan. O’zbek olimi bu sharafga o’zining qattiq va yumshoq jismlar is-
siqlik fizikasining katta muammolarini, energetikaning fizikaviy-texnikaviy muammolarini ish-
lab chiqqani uchun muyassar bo’lgan.
Mustaqillik yillarida (1996) FAning 40 ga yaqin ilmiy markazi va
tadqiqot laboratoriyalarida
48 akademik 96 muxbir a’zo faol mehnat qilmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi FA institutlari
olimlari muassasalari olimlari bilan hamkorlikda ilmiy aloqalarni kengaytirib bormoqdalar.
Natijada, 1992 yil dekabr oyida texnika fanlari doktori G’.G’.Umarov, K.E. siolkovskiy nomi-
dagi Kosmonavtika Xalqaro Akademiyasining a’zosi bo’ldi. U mazkur
Xalqaro Akademiyaning
a’zosi bo’lgan birinchi o’zbek olimidir. SHuningdek xalqaro arxitektura akademiyasining
23
Xiva va Kukon xonliklarining tashki alokalari.
Do'stlaringiz bilan baham: