ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ЮРИДИК УНИВЕРСИТЕТИ
ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ФИЛИАЛИ
2-курс талабалари учун
Модуль номи: Ислом асослари
Иш тури: Оралиқ назорат
Ўтказилган сана: ____._____. 2020 й.
Сизнинг жавобингиз қуйидаги баҳолаш мезонлари асосида баҳоланади:
1.
Баён
этилаётган
фикрнинг
оригиналлиги,
мустақил фикрлашнинг мавжудлиги, мавзуни
аниқ, тизимли очиб бериш даражаси.
0
1
2
3
4
5
2.
Манбалардан унумли фойдаланиш, иқтибосларни
асосли қўллаш, илмий ва диний адабиётларга
ҳавола бериш малакаси ва манбалар рўйхатини
шаклантира олиш кўникмаси.
0
1
2
3
4
5
3.
Казуснинг моҳиятини тушунганлиги ва жавобни
саволга мос ҳолда тўғри ёритиб берганлиги.
Таҳлилнинг сифати.
0
1
2
3
4
5
4.
Матндаги жумлаларнинг бир-бирига мантиқан
боғланганлиги
ва
матнда
орфографик,
пунктуацион, услубий хатоларнинг йўқлиги.
0
1
2
3
4
5
Мустақил иш бўйича қўшимча тақриз:
Умумий балл
Текширувчи имзоси:___________
_______________________ __________
Талабанинг Ф.И.О. Курс
Модул номи _______________________
_________________
Талабанинг имзоси
Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси _______________________
3-kazus
Oʻzbekiston islom akademiyasi oʻqituvchisi akademiyaning 1-kurs talabalari bilan
seminar mashgʻulotlarini oʻtkazayotgan vaqtda talabalardan islomdan avval
Arabiston yarim orolidagi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyat toʻgʻrisida, islomning
hozirgi tarqalgan hududlari va islomga eʼtiqod etuvchi mamlakatlar toʻgʻrisidagi
maʼlumotlarni soʻradi. Talabalar oʻz navbatida Oʻzbekiston islom akademiyasining
professori, tarix fanlari doktori Ahadjon Hasanovning “Johiliyat davri” kitobi
asosida maʼlumotlarni keltirishdi.
Savollar:
1.Islomdan avval Arabiston yarim orolidagi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyat
toʻgʻrisida gapirib bering?
2.Islom dinining hozirgi tarqalgan hududlari haqida nimalarni bilasiz?
3.Arab millatiga mansub boʻlmagan, islomga eʼtiqod etuvchi mamlakatlarni sanab
bering?
4.Oʻzbekiston islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori A.Hasanovning
“Johiliyat davri” kitobidagi “johiliyat” soʻziga izoh bering?
Javob
Shimoliy va markaziy Arabistonda Nabotiylar, Tadmur, Laxmiylar, G„assoniylar
davlatlari hamda Kinda qabilalar uyushmasi bir necha asr yetakchlik qildi. Islomdan
taxminan 2-3 asr avval Hijoz mintaqasi ( Makka va Yasrib shaharlari ) tez suratlar bilan
rivojlandi. Pirovard natijada Makka va Madina shaharlaridagi polis ( shahar-davlat )
tizimi kelajak taraqqiyot uchun torlik qildi va ularning birlashib, imperiyaga aylanishi
tarixiy zarurat bo„lib qoldi. Shunday qilib johiliya asrining oxirida ( VII asr boshi )
Arabiston yarim oroli yagona markazlashgan davlatga aylantirildi. Makka va Yasrib
( Madina ) xalqaro savdoning eng yirik markazlaridan bo„lib, iqtisodiy hayot jo„shqin
tus olgandi Arabistonni Xalqaro savdoni barqaror qiladigan, fuqarolar xavfsizligini
ta‟minlashga qodir harbiy kuchga ega bo„lgan yagona davlatga aylantirish davr talabi
bo„lib qolgan edi. Davlat tuzish bilan bir qatorda Arabiston yarim orolidagi
qabilalarning etnik va madaniy jihatdan birlashuvi, yagona arab tili, og„zaki va yozma
adabiyot, umumiy fikrlashning shakllanishi jarayonlari kechayotgan edi. Arabistonda
islom vujudga kelishdan oldin, ko„p xudolik ya‟ni har xil xudolarning timsoliga
(sanamlarga) sig„inar edilar – sanamlar qachon paydo bo„lgani haqida anig„ tarixiy
ma‟lumot yo„q. eramizdan oldin avvalgi VIII asrdayoq har bir arab qabilasning o„z
sanami bo„lgan. Ikki qabila urushidan so„ng, odatda, mag„lub qabila g„olib qabila
sanamiga sig„ina boshlardi. Ibn al-Asirning uqtirishicha, 630 yili Muhammad (s.a.v.)
Makkani zabt etganlarida Ka'ba ichida 360 ta sanamni ko'rganlar va ularni sindirib
tashlashni buyurganlar. Sanamlarning soni uchun bu raqam juda katta ko'rinadi, ammo
muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo'lsa, u Ka'baga shuncha nusxada
qo'yilgan bo'lishi mumkin. Ibn al-Kalbiyning arab ko'pxudoligiga bag'ishlangan "Kitob
al-asnom" asarida tilga olingan datlabki 5 sanamning nomi (Vadd, Suvo, Yag'us, Yauq,
Nasr) Qur'onda ham zikr qilingan (Nuh, 22-23-oyatlar). Ularning tasviri ko'pchilikka
ma'lum edi. Vadd - erkak kishi, Suvo - ayol kishi, Yag'us - sher, Yauq - ot va Nasr -
burgut qiyofasida ifodalanar edi.
Qur'onda zikr qilingan eng qadimgi sanamlar jumlasiga Manot, Allot va al-Uzza
ham kiradi. Johiliya arablarining tassavurida bu uchala sanam ham ayol xudolar bo'lgan.
Islom vujudga kelishi arafasida Janubiy Arabiston e'tiqodida katta o'zgarishlar yuz
berdi. Arabiston yarim orolining janubida ham, shimolida ham aksariyat aholi har xil
but-sanamlarga sig'inardi, ya'ni ko'pxudolik e'tiqodida edi. Ammo arablarning
butparastligi faqat totemizm, fetishizm kabi ibtidoiy, ilk din shakllari emas, balki uzoq
yo'lni bosib o'tgan, nisbatan rivojlangan ko'pxudolik edi Islomdan oldin Arabistonning
ko'p joylarida yahud jamoalari mavjud bo'lgani haqida ma'lumotlar ko'p. Yahudlar bilan
birga Arabiston yarim oroliga yahudiy dini ham kirib keldi. Arabiston yahudiylar
haqida, asosan, Qur'on, Hadis, Tafsir, Sira va ahborlar kitoblari xabar beradi. Bu
mavzuga aniqlik kiritadigan hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng qadimiysi - Yangi
Bobil podshohi Nabonidga (er.av.555-539) tegishli xronikadir. Unda aytilishicha,
eramizdan avvalgi 552-542 yillari Shimoliy Arabistondagi Teyma shahrini o'ziga
poytaxt qilib olgan Nabonid bu yerdagi shaharlarni o'zlashtirish maqsadida Bobildan
talaygina aholini ko'chirgan, ular orasida ko'pchilikni yahudlar tashkil qilgan. Ma'lumki,
bundan oldinroq (er.av.586 y.) Navuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30
ming yahudiyni asir qilib, Bobilga keltirgan va "Bobil asirligi" 50 yil davom etgandi.
Shundan so'ng ham ba'zi yahudlar Falastinga qaytmay, Bobilda qolib ketgandilar.
Islom - dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Arabiston yarim oroli,
Iordaniya, Suriya, Falastin, Turkiya, Eron, Pokiston, Afrika qit'asidagi Marokash, Jazoir,
Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Sudan, Somali singari mamlakatlar xalqlari,
O'rta Osiyo, Efiopiya, Bruney Sultonligi, Malayziya, Indoneziya hamda Livan,
Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma'lum bir qismi, Yevropa qit'asida esa
Bolqon yarim oroli, Kavkazorti va Shimoliy Kavkaz, Volgabo'yi, G'arbiy Sibirda
yashovchi xalqlarning bir bo'lagi Islomga e'tiqod qiladi. Yer yuzida Islomga e'tiqod
qiluvchilar, ya'ni musulmonlar qariyb 1.5 mlrd. ga yetadi va ular soni jihatidan
xristianlardan so'ng ikkinchi o'rinda turadi.
Amerikaning Vashington ilmiy-tekshirish markazining ma‟lumotlariga ko„ra,
hozirda Islom diniga e‟tiqod qiluvchilar 1,6 milliard nafardan ortiq bo„lib,
sayyoramizning 23 foiz aholisini tashkil qiladi. Islom dunyoning 120 dan ortiq
davlatida tarqalgan bo„lib, 28 ta mamlakatning davlat dini hisoblanadi.
Musulmonlar eng ko„p yashaydigan davlatlar:
1. Indoneziya – 221 million (umumiy aholining 88 %i).
2. Hindiston – 177 million (14 %)
3. Pokistan – 176 million (97 %)
4. Bangladesh – 144 million (89,7 %)
5. Nigeriya – 88 million (53 %)
6. Misr – 80 million (95%
7. Eron – 77 million (89 %)
8. Turkiya – 74 million (98 %)
9. Efiopiya – 46 million (52 %)
10. Jazoir – 36 million (99 %)
11. Sudan – 34 million (99 %)
12. Xitoy – 33 million (2,5 %)
13. Iroq – 32,8 million (97 %)
14. Marokash – 32,4 million (98 %)
15. Afg„oniston – 30 million (99 %)
16. O„zbekiston – 29,6 million (94 %)
17. Saudiya Arabistoni – 27 million (97 %)
18. Yaman – 25 million (99 %)
19. Tanzaniya – 23 million (50 %)
20. Suriya – 18,9 million (90 %)
21. Rossiya – 18,5 million (13 %)
22. Malayziya – 18,3 million (62 %)
23. Niger – 16,6 million (98 %)
24. Mali – 14,8 million (90 %)
25. Senegal – 12,6 million (95 %)
26. Qozog„iston – 11,9 million (70 %)
27. Gana – 11,5 million (45 %)
28. Burkina-Faso – 10,8 million (61 %)
29. Keniya – 10,8 million (25 %)
30. Tunis – 10,5 million (98 %)
G„arbiy Yevropada eng ko„p musulmonlar yashaydigan davlat Frantsiyadir.
Mamlakatda 5,4 million musulmonlar istiqomat qiladi (umumiy aholining 8,5 %i).
Germaniyada 4,5 million (5,5 %), Buyuk Britaniyada 3 million (4,8 %) kishi Islomga
e‟tiqod qiladi.
Osiyoda barcha dunyoviy dinlar va yirik milliy dinlar keng tarqalgan. Ayniqsa
islom dini katta rol o‟ynaydi. Islomning sunniylik yo‟nalishi Indoneziya (dunyoda eng
yirik musulmon mamlakati), Malayziya, Hindiston, Bangladesh, Pokiston,
Afg‟oniston, Janubiy-G‟arbiy Osiyodagi barcha arab mamlakatlarida asosiy o‟rin
egallaydi. Islomning shialik yo‟nalishi Eron, Ozarbayjon, qisman Iroq va Yamanda
asosiy din sifatida tan olingan. Islom diniga etiqod qiluvchilarning katta-katta
guruhlari Filippin, Kambodja, Tailand, Myanma, Kipr, Shri-Lanka mamlakatlarida
mavjud. Jahonda qariyb 1,9 mlrd. kishi Islomga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3
qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20% idan ortiqrogʻini
tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining
deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq
mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi –
Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil
mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh,
Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80% dan ortigʻi musulmonlardir;
bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80% gacha tashkil qiladi
(Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan ). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi
bir mamlakatlar ( Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina-faso, Syerra-Leone va boshqa)da
musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni
jihatdan eng yirik davlatlar – Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh;
musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya,
Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya va Gersegovina,
Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika
qitʼasi mamlakatlari (AQSH, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam,
Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.
O„zbekiston islom akademiyasi professori, doktori A. Hasanovning ,, Johiliyat
davri ‟‟ kitobidagi ‟‟johiliyat‟‟ so„ziga quydagicha tarif berilgan johiliya so„zi arab
tilida ,,jahula – bilmaslik‟‟ yani johillik, bilimsizlik, nodonlik, jaholat ma‟nolarni
anglatadi. Johiliya so„zi Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatilgan.
Chunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniyya – ko„pxudolik hukm surib, ular
yakkaxudolikdan bexabar edilar. Bu haqida yuqoridagi fikirlarmizda ham takidalb
o„tdik. Johiliya davrida Arabiston yarim orolining barcha qismlarida u yoki bu
darajada rivojlangan davlatlar mavjud bo„lgan. Jumladan, janubda hozirgi Yaman
hududida Main (mil.avv. XII-VII asrlar), Sabo (mil.avv. VIII-II asrlar), Himyar
(mil.avv. 115-milodiy 525 yillar) hukm surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |