166
34. Farg’ona vodiysida mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari. (Qurbonjon dodxoh, Yo-
qubbek,
1989 yil Andijon qo’zg’olonlari).
35. O’zbekistonda siyosiy partiyalar. jamiyatda ko’p partiyaviylik tizimining qaror topishi.
Uning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni.
36. Eng qadimgi odamlar rivojining ilk davrlari.
37. Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligida ijtimoiy-siyosiy beqarorlikning avj ol-
ishi.
38. I.A. Karimov. O’zbekistonning muqobillik asosida saylangan birinchi Prezidenti.
39. Urug’chilik jamoasi, uning bosqichlari.
40. Temuriylar saltanatining parchalanishi. Shohruh va Ulug’bek hukmronligi, Xusayn Boy-
qaro, Bobur.
41. Vatanimizning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lini ishlab chiqishda Prezident
I.A.Karimovning Oliy Majlisning II chaqiriq IX sessiyasida “Demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish” mavzusida
so’zlagan nutqi mazmun mohiyati.
42. Vatanimiz hududidagi eng qadimgi urug’ va qabilalar, elatlar, ularning ijtimoiy-madaniy
hayoti.
43. Rossiyaning Buxoro va Xiva xonliklari ustidan vasiyligi va uning salbiy oqibatlari.
44. O’zbekistonning tashqi siyosati. Yo’nalishi va ahamiyati.
45. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalarning vu-
judga kelishi.
46. Chorizm istibdodiga qarshi Turkiston xalqlarining milliy ozodlik kurashi. Po’latxon bosh-
chiligidagi qo’zg’olon.
47. O’zbekiston va jahon hamjamiyati.
48. O’zbekiston hududida eng qadimgi odamlar hayotining izlari. (Seleng’ur, Ko’lbuloq, Te-
shiktosh va bosh.)
49. Turkistondagi
jadidchilik harakati, Jadidlarning ijtimoiy va siyosiy qarashlari.
50. O’zbekistonning MDH da tutgan o’rni.
51. O’rta Osiyo jahon antropogen mintaqalaridan biri sifatida.
52. Markaziy
Osiyoda 1916 yil xalq qo’zg’oloni va uning tarixiy ahamiyati.
53. O’zbekiston va Yevropa davlatlari o’rtasidagi har tomonlama hamkorlik.
54. Urug’, qabila, elat, xaq, millat tushunchalari.
55. Turkiston jadidlari ilgari surgan g’oyalar, qarashlar va ularning progressive mazmun mo-
hiyati.
56. O’zbekistonning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan aloqalari.
57. Hozirgi o’zbek xalqining asosini tashkil etgan tub yerli aholi bilan ko’chmanchi turkiy
qabilalarning qo’shilishi jarayonlari.
58. Jadidchilikning Turkistondagi demokratik va milliy istiqlolchilik harakatlariga o’tkazgan
ta’siri.
59. O’zbekiston AQSH va Yaponiya o’rtasidagi strategikk hamkorlik.
60. O’zbekiston hududid mavjud bo’lgan dastlabki diniy e’tiqodlar.
61.
1917 yil fevral burjua-demokratik inqilobidan keyin Turkistonda turli siyosiy kuchlar-
“Sho’roi Ulamo”, va boshqalarning milliy davlat tuzish uchun harakatlari.
62. Prezident I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarining mazmni.
173
Arab tilidan o’zlashgan atamalarning deyarli ko’pchilik qismi hozirgi davrimizda muomalada
ishlatilib kelinmoqda.
ISLOM-dunyoda eng ko’p tarqalgan dinlardan biri bo’lib, unga e’tiqodda bo’lganlarni musul-
monlar deb ataladi. Islom dini yagona xudo-Allohga e’tiqod qiladi. Islom dini VII asrda Arabis-
tonda vujudga kelgan. Muhammad Payg`ambar islom dinining asoschisidir. Islom dini bugungi
kunda arab davlatlarida, Turkiya, Eron, Afg`oniston, Pokiston, Indoneziya, O’zbekiston, Ozar-
bayjon, Qozog`iston, Turkmaniston, Qirg`iziston va boshqa bir qator mamlakatlarda asosiy din
hisoblandi.
Qur’on-Musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Muhammad Payg`ambarning Makka va
Madinada olib borgan og`zaki diniy targ`ibotlari to’plamidan iborat. Qur’onda islom qoidalari,
e’tiqod talablari, xuquqiy va axloqiy normalari o’z ifodasini topgan. Islom an’anasida Qur’on
Alloh tomonidan Muhammad Payg`ambarga ramazon oyining
27-kuni kechasi vahiy qilinib,
ro’za tutilgan. Uning
27-kuni kechasi «laylot ul-qadr», ya’ni qudrat kechasi, ilohiyot qudrati
namoyon bo’lgan kecha deb ulug`lanadi. Qur’on kitobini «Qur’oni Karim», «Qur’oni Masjid»
deb sifatlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: