112
3-slayd
2-ilova
Темурийлар давлати сиёсийтузуми
Даргоҳ
Бош вазир
Ҳарбий вазир
Молия
вазири
Мулкчилик
васолиқ
вазири
Холиса
Бош ҳожиб
Хазиначи
Битикчи
Созанда
Чопарлар
Жибачи
Қушчи
Баковул
Муншилар
Табиблар
Доричи
Сарой вазири
ТЕМУРИЙЛАР ДАВЛАТИДАБОШҚАРУВ ТИЗИМИ
Ҳукмдор
Амирлар
Мингбоши
Юзбоши
Ўнбоши
Баҳодирлар
Тавочи
Доруg’а
Қутвол
Қоравулбеги
Тунқотар
Миршаб
Амирул-умаро
227
katta boyliklarni qo’lga kiritdi. Jumladan, u Shimoliy Hindistonga 17 marta Harbiy yurishlar
uyushtirgan. 1019 yilda Kanauja shaHrini zabt etdi. 1010-1015 yillarda Xurosonning G’ur
viloyati ham unga taslim bo’ldi.
Mahmud G’aznaviy Xorazmning moddiy boyliklari va madaniy salohiyatini e’tiborga olib,
Xorazm shohini o’ziga tobe etish maqsadida o’z singillarini Xorazmshoh Ali ibn Ma’mun (997-
1009); uning ukasi Ma’mun ibn Ma’mun (1009-1016)ga uzatadi. Ma’mun ibn Ma’mun sho-
qligining so’nggi yillarida Mahmud G’aznaviyning Xorazmga tazyiqi kuchaydi. 1017 yilda
shohning Xozaraspda turgan qo’shinida Ma’munga qarshi fitna uyushtirilib, suiqasd qilinadi.
Isyonchilardan o’ch olish baHonasida Mahmud G’aznaviy Xorazmga bostirib kirib, uni egal-
laydi. Xorazmda o’z odami Oltuntoshni noib qilib qoldiradi.
Mahmud G’aznaviy vafotidan so’ng (1030) uning o’g’li Ma’sud davrida (1030-1041) bu
davlat ichki ziddiyatlarning kuchayishi va saljuqiy turklarning ketma–ket hujumlari, ayniqsa,
1040 yildagi Dandanakondagi zarba natijasida o’zini o’nglab ola olmadi. Nihoyat, 1043 yilda
Xorazmni saljuqiylar bosib oldi. Saljuqiy sultoni Malikshoh (1072-1092) o’z
tashtdori Anushte-
ginni 1076 yilda Xorazm hokimi etib tayinlaydi.
Saljuqiylar davlati dastlab IX asrning ikkinchi yarmi va X asr o’rtalarida Orolbo’yi va
Kaspiybo’yi hududlarida yashagan o’g’uzlar ittifoqi negizida shakllangan edi. Uning dastlab
poytaxti Sirdaryo etaklaridagi Yangikent edi. O’g’uzlar aslida 22-24 qabiladan iborat bo’lgan.
Unga chovdir, chandir, sireli, ichdir yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi kabi qabilalar kirgan.
O’g’uzlarning muayyan sabablar bilan hozirgi Turkmaniston yerlariga o’tib, islomni qabul qil-
gan va o’sha joydagi yerli aholi bilan singishib ketgan qismi turkmanlar nomini olgan.
O’g’uzlarning yobg’usi (yetakchisi) Saljuqbek Saljuqiylar davlatiga asos solgan. Uning av-
lodlari
-To’g’rulbek, Chog’irbek va Shakarbeklar bu davlatni buyuk saltanat darajasiga ko’tardi-
lar. O’g’uzlar turli xalqlarning, chunonchi o’zbek, turkman, turk, gagauz va boshqa xalqlarning
etnik shakllanishiga ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatganlar.
Ko’chmanchi chorvador qabilalar bo’lgan o’g’uz
-turkmanlar XI asr o’rtalariga qadar
Qoraxoniylar va g’aznaviylar hukmdorlari bilan kelishuv asosida bu davlatlarga qarashli turli
hududlarda o’z ko’ch–ko’roni, chorvasi bilan ko’chib yurganlar. Ba’zi hollarda mahalliy aholi
bilan kelisha olmay ularga hujum uyushtirib, talonchilik va bosqinchilik bilan ham shug’ullan-
ganlar. G’aznaviylar roziligi bilan Niso, Farova, Dehiston, Obivard hududlarida joylashgan
turkman o’g’uzlari To’g’rulbek boshchiligida tez orada katta kuch bo’lib birlashib, G’azna dav-
latiga Ham jiddiy xavf sola boshlaydi. To’g’rulbek qisqa vaqtda Xuroson yerlarini ishg’ol
Qildi. 1040 yilda Saraxs va Marv o’rtasidagi Dandanakonda qaqshatgich zarbaga uchragan
g’aznaviylar hududlari ham saljuqiylar tasarrufiga o’tdi. To’g’rulbek Saljuqiylar davlatining
boshlig’i (1038-1063) sifatida istilochilik yurishlarini g’arb tomonga davom ettirib, Fors Iroqi,
Ozarbayjon, Kurdiston, Qo’histonni zabt etdi. 1055 yilda xalifalik poytaxti Bog’dodni o’ziga
bo’ysindirdi. Ray shahri (Eron) uning poytaxti edi.
Saljuqiylar davlati, ayniqsa, Sulton Sanjar (1118-1157) davrida o’z hududlarini kengaytirdi.
Bu davrda Xorazm ham saljuqiylar nomidan boshqarildi. Qoraxoniylar xoni Arslonxon ham
Sulton Sanjar bilan hisoblashishga majbur bo’lgan. Biroq 1141 yilda Katvon cho’lida
Qoraxoniylar bilan bo’lgan katta to’qnashuvda saljuqiylar qaqshatqich zarbaga uchragach,
ularning hukmdorlari ham inqiroz tomon yuz tutdi. Sulton Sanjar vafotidan keyin (1157) salju-
qiylar davlatining Movarounnahrdagi ta’siri amalda barham topdi.
226
taqsimlangan edi. Bu tartib doimo o’zaro nizolar kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Yettisuvda turib Movarounnahrni boshqarish qiyin edi. Qoraxoniylar davrida Samarqand
elikxoni ancha kuchayib ketgandi. Saroyda somoniylar davlatidagidek, vazir, sohib barid, mus-
tavfiy, hojib, rais
-muhtasib kabi amaldorlar bo’lgan. Qoraxoniylar davlatida imom, sayyid,
shayx, sadrlar mavqyei kuchli edi.
Xoqon davlat boshlig’i hisoblanib, u merosiy sanalgan. Ma’muriy idoralar ikkiga bo’lingan:
dargoq va devonga xoqonning ulug’ hojibi xoqon bilan fuqaro o’rtasida vositachilik qilgan. Xo-
qon saroyida quyidagi amaldorlar bo’lgan: og’ichi
-shoyi kiyimlar xazinachisi; biruk
-
meqmonlarni qabul qilish bo’yicha mutasaddi; oshchi
-xoqon oshxonasi boshlig’i (bovarchi);
bitikchi
-munshiy; kotib
-mirzo; Qushchi
-xoqon ovining tashkilotchisi.
Xoqon harbiy qo’shinlari cherik deyilgan. Unga sipoxshi yoki sipaqsolar qo’mondonlik qil-
gan. Kichik zobitni chovush, sipoqiylar to’dasi qo’mondani xaylboshi deyilgan. Qo’shin o’nlik,
yuzlik va mingliklarga bo’lingan. qoraxoniylar xoqoni qo’shini (harbiy lager) xonto’y deyilgan.
Xonlik hududlari el va viloyatlarga bo’lingan.
Alohida mulklarning boshqaruvi, ma’muriy idoralar somoniy davridagi tartiblarga muvofiq
kelar, ijtimoiy mansab va martabalaridagi farq katta emas edi.
Ijtimoiy tuzumda mavqyei baland hisoblangan yirik zamindorlar
-dehqonlar qatlami
qoraxoniylar davrida o’z ahamiyatini yo’qotdi. Sababi eng ta’sirli ko’chmanchilik sharoitiga
moslashgan el
-uluslarning o’troq aholi hududlarini ishg’ol etishidir. Boshqacha qilib aytil-
ganida, Qoraxoniylar ilgarigi yirik yer egalarining mulklarini tortib olib, asli kasbi–kori ko’ch-
manchi chorvachilik bo’lgan o’z amaldorlari va lashkarboshilariga bo’lib bera boshladilar.
Natijada ilgari gullab yashnagan vaholar xaroblashib, chorva yaylovlariga aylantirildi. Shu
boisdan bo’lsa kerak Yusuf Xos Hojib Bolasog’uniy o’zining 1069 yilda yozilgan «Qutadg’u
bilig» («Baxtga eltuvchi bilim») asarida tamg’achxonlardan biriga nasiHat tariqasida fikr
bildiradi. U jamiyatning asosiy kuchlari bo’lgan dehqonlar, hunarmand, kosiblar, olimu donolar
va savdogarlar ko’chmanchi chorvadorlarga nisbatan
jamiyat uchun foydaliroqdir,
degan xulosa
chiqaradi.
Movarounnahrda sodir bo’lgan o’zgarishlardan yana biri shuki, bu davrga kelib uzoq davom
etgan etnik jarayonlar natijasida o’zbeklar xalq sifatida shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: