264
Toshkentdagi ishchi va soldat deputatlari Soveti musulmonlar o’rtasidagi ushbu bo’linishdan
ustalik bilan foydalanishga urindi. Sentyabr voqealari natijasida Toshkent Soveti hokimiyatni
qo’lga olishga harakat qildi.
1917 yil 10 sentyabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi ochildi.
Ushbu qurultoy hokimiyatni soldat, ishchi va dehqon deputatlari sovetlariga berishga qarshi
chiqdi. Sentyabr voqealari jamiyatdagi siyosiy qarama-qarshiliklarni keskinlashtirib, o’lkadagi
ishchilar harakati bilan milliy harakatning keyingi yo’llarini bir-biridan ajratib yubordi.
Toshkentda 1917 yil 17-20 sentyabrda turkistonlik va qozoq musulmonlarning qurultoyida
«SHo’roi Islomiya», «SHo’roi Ulamo», «Turon» va boshqalarni birlashtirish yo’li bilan butun
Turkiston va Qozog’iston uchun umumiy bo’lgan «Ittifoqi muslimin» degan siyosiy partiya
tuzishga qaror qilindi.
«Ulamochilar»ning ushbu qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o’lkasining bo’lg’usi si-
yosiy boshqaruvi to’g’risida bo’lib, unda demokratik Rossiya tarkibida hududiy federatsiya
“Turkiston federativ respublikasi” tuzilishi g’oyasi olg’a surildi. Fevral inqilobining ta’siri bilan
Turkistonda kasaba uyushmalari ommaviy ravishda tashkil etildi, mahalliy xalqlar tillarida ga-
zetalar chiqa boshladi.
Oktyabr to’ntarishi. Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o’rnatilishi, uning shovin-
istik siyosati:
1917 yil sentyabr oyida bolsheviklashgan Toshkent Soveti soldatlarni va asli rossiyalik ish-
chilarni o’z tomoniga torta olgan edi. Oktyabr oyida Rossiyada to’ntarish bo’lib o’tgandan
co’ng, uning ta’siri tez orada mustamlaka o’lkaga ham yoyildi. Toshkentdagi Oktyabr to’n-
tarishi qatnashchilari 1 noyabrda Bosh komissar general Korovichenko va Muvaqqat hukumat-
ning Turkiston qo’mitasini qamoqqa oldilar va shu kuni Turkistonda Sovet hokimiyatini o’r-
natilganligi e’lon qilindi. Qurollangan yevropali ishchilar, asosan temiryo’lchilar, Toshkent
garnizonining soldatlari davlat to’ntarishini o’tkazdilar.
Turkiston bolsheviklari o’lkadagi butun hokimiyatni o’z qo’llariga olish uchun shafqatsiz
kurash olib bordilar.
1917 yil 15-22 noyabrda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan ishchi, soldat va dehqon deputat-
larining III o’lka s’ezdida hokimiyat masalasi hal qilindi. Bunda 15 kishidan iborat Turkiston
Xalq komissarlari soveti tuzildi (8 so’l eser va 7 bolshevik). Hukumatga mahalliy aholidan bi-
ronta ham vakil kiritilmadi. S.Lapin boshliq «ulamochi»lar, menshevik va so’l eserlarning o’lka
Soveti tarkibiga musulmon vakillarini ham kiritish borasidagi takliflari inobatga olinmadi. Bu
esa bolsheviklarning milliy masalada yo’l qo’ygan katta siyosiy xatosi bo’lib, bunda sovet ra-
hbarlarining shovinistik kayfiyatlari ochiq namoyon bo’ldi. Hukumatning bunday ziddiyatli
tarkibi o’lkada yevropali aholi hukmronligini mustahkamladi.
Rossiya Xalq Komissarlari Soveti 2 noyabrda «Rossiya xalqlari huquqlarining deklaratsi-
yasi» va 20 noyabrda «Rossiya va SHarqning barcha musulmon mehnatkashlariga» murojaat-
nomasini e’lon qildi. Ushbu dabdabali hujjatlarda xalqlarning o’z taqdirini o’zi
belgilash huquqi
rasmiy ravishda tan olindi; hattoki ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqi; hamma va
har
qanday milliy, diniy imtiyozlar va cheklashlar bekor qilindi.
Bu hujjatlar qanchalik balandparvoz va’dalar bermasin, amalda qurug’ tashviqot bo’lib
chiqdi. Ko’p o’tmay, Turkiston XKS «SHo’roi Islomiya», «SHo’roi Ulamo» tashkilotlarini
tarqatib yubordi. Bu tashkilotlarning a’zolari Turkiston muxtoriyatini, keyinroq esa milliy is-
75
Do'stlaringiz bilan baham: