266
mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelgan Farg’onaliklar endi bolsheviklar tuzumi va sovet
Rossiyasiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Demak, Turkistonda sovet hokimiyati va
bolshevikcha tuzumga qarshi istiqlolchilik harakatining boshlanishini xronologik jihatdan 1918
yil fevral oyining so’nggi o’n kunligida deb belgilashimiz mumkin.
Dastlabki istiqlolchi guruhlarining tuzilishi Qo’qon atrofidagi Bachqir qishlog’idan chiqqan
Kichik va Katta Ergashlarning nomlari bilan uzviy bog’liqdir. 27 fevralda bo’lgan janglarning
birida Kichik Ergash shahid bo’lgach, uning o’rniga Katta Ergash qo’rboshi (uni Mulla Ergash
ham deyishgan) Farg’ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash
boshladi.
Skobelev uyezdida esa Marg’ilon militsiyasining sobiq boshlig’i Muhammad Aminbek
Ahmadbek o’g’li
-Madaminbek sovetlarga qarshi kurash e’lon qildi. «YAkkatut volosti Garbobo
qishlog’idagi Madaminbek guruhining qarorgohiga ommaviy ravishda mahalliy yoshlar kelib
qo’shilardi», deb yoziladi 1918 yilga oid arxiv hujjatlarining birida.
1918 yil mart oyiga kelib Farg’ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ortiq
qo’rboshi dastalari faoliyat ko’rsatardi. Madaminbek Skobelev uyezdida, aka-uka
SHermuhammadbek va Nurmuhammadbek Marg’ilon atroflarida, Omon Pahlavon, Qobul,
Sotiboldi Qozi va Rahmonqul Namangan uyezdida, Parpi qo’rboshi Andijon shahri atrofida,
Eshmat qo’rboshi Qo’qonning Buvayda qishlog’ida, Jonibek Qozi O’zgan tomonda,
Muhiddinbek Novqatda o’z faoliyatlarini boshladilar.
Istiqlolchilik harakatining harbiy birlikka aloqasi bo’lmagan qurolli bezorilik yoki bosqinchilik,
yoxud «bosmachilik» harakati emasligini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Istiqlolchilik harakatining
o’ziga xos milliy yo’nalishi va Turkistonga mos xususiyatlari bo’lgan. Harakatning boshdan oxiri-
gacha ustuvor g’oya
-bu butun Turkistonning milliy istiqloli edi.
Sovet hokimiyati vakillarining butun Turkiston o’lkasida yuritgan shovinistik va mustam-
lakachilik
siyosati, mahalliy aholi manfaatlari bilan hisoblashmay ularning
nafsoniyatiga tegishi
istiqlolchilik harakatining doimiy ravishda avj olishi hamda uning uzluksiz davom etishiga olib
keldi.
Turkistondagi istiqlolchilik harakatining asosiy harakatlantiruvchi kuchlari dehqonlar,
chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar edi. Turkiston respublikasi rahbarlaridan
birining e’tirof etishicha, istiqlolchilik harakatiga «asosan dehqonlar va hunarmandlar qat-
nashdi». Farg’onadagi qurolli muxolifat kuch va son jihatdan tish-tirnog’igacha qurollangan
sovet qo’shinlaridan ba’zan mag’lubiyatga uchrab tursa-da, e’tiqod va ozodlik uchun kurashay-
otgan istiqlolchilar vodiydagi butun aholi orasidan doimo madad va yordam olib turardilar.
Turkistondagi istiqlolchilik harakatining uyushgan bir shaklda namoyon bo’lishida qo’r-
boshilar ko’rsatgan g’ayrat-shijoatni alohida ta’kidlab o’tish kerak. O’z vaqtida Farg’ona vodi-
ysida Kichik va Katta Ergashlar, Madaminbek, SHermuhammadbek, Islom Pahlavon, Buxoro
Xalq Respublikasida Said Olimxon (sobiq amir), Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor, Anvar
Posho, Salim Posho, Davlatmandbek, Jabborbek, Oston Qorovulbegi, O’rmon Polvon, Hayit
Amin, Fuzayl Mahdum, Doniyolbek, Xorazm Xalq Respublikasida Junaidxon, G’ulomalixon,
Qo’shmamedxon, Temir Alixon kabi qo’rboshilar bu harakatni yagona kuchga birlashtirish
uchun rahbarlikni birin-ketin o’z qo’llariga olsalar-da, lekin Farg’ona vodiysi, Xorazm va
Buxorodagi istiqlolchilik harakati boshdan oxirigacha yagona markazga to’liq uyusha olmadi.
Turkiston fidoyilarining ozodlik harakatini yagona markazga birlashtirish uchun izchil ku-
73
Do'stlaringiz bilan baham: