278
hisoblaydigan, mahalliy aholiga ishonchsizlik bilan qarovchi Turkistonning bir qator rahbar-
lariga nisbatan choralar ko’rildi. SHu o’rinda qayd qilish lozimki, o’lkada mustamlakachilik
siyosatini olib borishda Markaz tashkil qilgan Turkkomissiya va RKP (b) MK Turkbyurosi,
keyinroq uning o’rniga VKP (b) MK ning O’rta Osiyo byurosi kabi tashkilotlar katta xizmat
ko’rsatdilar.
Turkistondagi rahbar xodimlar, xususan Turor Risqulov (Turkiston MIK raisi) boshchiligidagi
milliy kommunistlar, Turkiston mustaqilligi va uning o’z taqdirini o’zi belgilashdek demokratik
tamoyillar uchun kurash boshladilar. 1920 yilda TKP Musulmon byurosining III-konferensiyasi
va TKP ning V-o’lka konferensiyasida T. Risqulovning turk xalqlari kommunistik partiyasi tuzish
va Turkiston Respublikasini Turk respublikasi deb atash haqidagi g’oyalari ko’rib chiqildi va
ma’qullandi. Biroq bu g’oyalarning asl maqsadi Turkiston mustaqilligi bo’lganligi bois, Markaz
T. Risqulov va uning tarafdorlarining fikrlariga qarshi chiqdi. O’z navbatida Markazning Turk-
istondagi hukmronligining tayanchi Turkkomissiya bu harakatni rad etdi va millat fidoyilarini qu-
vQinga uchratdi.
T. Risqulov o’lkada ulug’ davlatchilik shovinizmi, burjua millatchiligi yuzaga kelayotganligi
to’g’risidagi masalalarni ko’tarib chiqdilar. F. Xo’jayev partiya ichidagi toqat qilib bo’lmas ho-
latlarni ko’rsatib o’tdi. Ushbu vatanparvarlarning chiqishlari, keyinchalik ularni jismoniy yo’q
qilishda ayblov uchun asos bo’ldi.
Turkistonning sotsial - iqtisodiy rivojlanishi borasida bildirilgan muqobil
fikr mualliflari mil-
latchilikda ayblandilar. Ayni shu damlarda O’zbekistonning ilg’or, hurfikrli farzandlari
«inog’omovchilik», «18 lar guruhi», «qosimovchilik» kabi guruhbozlikda va davlatga qarshi -
millatchilikda aylanib qatag’on qilindilar. 20-yillarning oxiriga kelib respublikada mustabid tu-
zum o’zini to’liq namoyon etdi. Siyosiy qatag’onliklar avj oldi.
1929
yilda mashhur jadidchi, ma’rifatparvar Munavvarqori Abrurashidxonov boshliq «Milliy
istiqlol» tashkiloti a’zolarini qamoqqa olish boshlandi. Bu tashkilotning qamoqqa olingan 85
a’zosidan 15 tasi otildi, qolganlari axloq tuzatish lagerlariga jo’natildi. «Milliy ittihod» tash-
kilotining a’zolari ham qatag’on qilindilar. Mashhur jamoat arboblari Mannon Abdullayev
(Ramzi), Nosir Saidov, Mahmud Mirxodiyev, Xosel Vasilov, Sobir Qodirov va boshqalar o’lim
jazosiga
hukm qilindilar, so’ngra bu hukm uzoq muddatli qamoq jazosiga almashtirildi.
1930 yilda Davlat Banki ma’muriyatida o’tkazilgan tozalash vaqtida qator rahbar xodimlar
qamoqqa olindilar. O’zbekiston SSR Sudi raisi Sa’dulla Qosimovning «qosimovchilik» deb
nomlangan ishini ko’rib chiqish boshlandi. Bu jarayonlarning mohiyati ko’zga ko’ringan si-
yosiy arboblarni tugatishga qaratilgan edi.
30-yillarning boshi dindor va e’tiqodli kishilarga nisbatan zo’ravonlik siyosiy
qatag’onlikning cho’qqisi bo’ldi. Juda katta miqdordagi islom, xristian, budda diniga taalluqli
asarlar yo’q qilindi. Bu davrda O’zbekistondagi dindorlar, ulamolarning asosiy qismi qamoq
lagerlariga jo’natildi. O’tmishda nafaqat diniy rusumlar ado etadigan, balki madaniyat, fan, tar-
biya, san’at markazlari, xalqning ko’p asrlik merosini saqlovchisi bo’lgan machit va ma-
drasalarning deyarli barchasi yopib qo’yildi, ayrimlari buzib tashlandi.
Butun respublikaning hayoti Markazning qattiq nazorati ostiga o’tdi. Partiya direktivalaridan
har qanday
chekinish aksilinqilobiy, siyosiy muxolifat deb baholandi.
1937 yildan «antisovet», «xalq dushmanlari»ni qidirib topish va jazolash keng tus oldi.
Xususan, siyosiy boshqaruv organlarining (OGPU) faoliyati asosan ana shunday «tamg’a» olgan
61
Do'stlaringiz bilan baham: