Bitiruv malakaviy ish mavzusining o'rganilganlik darajasi. Bitiruv
malakaviy ishini yozish uchun bir qator pedagog, psixolog va metodist
olimlarning ishlari bilan yaqindan tanishib chiqdim.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi va umumiy
didaktik prinsplar asosida ta`lim tizimiga texnik vositalarni joriy etish borasidagi
ilmiy fikrlar N.P.Brutsentsov, B.S.Gershunskiy, V.G.Jitomirskiy, V.A.Novikov
kabi olimlar tomonidan yaratilgan adabiyotlar va tadqiqot ishlarida o'z aksini
topgan. Shuningdek, pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasidan o'quv
jarayonida foydalanish bo'yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining tahlili
ham ta`lim jarayonida bunday dasturiy vositalardan foydalanish masalasiga asosan
jahon miqyosida yangi pedagogik texnologiyalarga o'tishi bilan bog`liq muammo
sifatida e`tibor berilayotganligi va bu borada sezilarli natijalarga erishganligini
ko'rsatdi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar orasida rus va qardosh xalqlar
olimlarining ham katta hissasi bor. Ular qatoriga G.A.Beletskaya "Pedagogicheskie
usloviya integratsii fundamentalnix i professionalno-orientirovannix distsiplin v
podgotovke ekologov" (Vinnitsa, 2004), D.I.Kolomiets "Integratsiya znaniy
estestvenno-matematicheskix
i
spetsial'nix
distsiplin
v
professional'noy
podgotovke uchitelya trudovogo obucheniya (Kiev, 2001) kabi ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib borgan bo'lsalar, V.I.Varchenko "Boshlang`ich ta`limda kompyuter
texnologiyasidan foydalanishning didaktik shart-sharoitlari" (Didakticheskie
usloviya ispolzovaniya kompyuternix texnologiy v nachalnoy shkoli. Kaliningrad,
1998) nomli dissertatsiyasida, asosan, muammoning nazariy asoslari tadqiq
qilingan.
Respublikamizda bu borada M.N.Lutfullayev "Oliy ta`lim o'quv jarayonini
takomillashtirishda axborot texnologiyalarini integratsiyalash nazariyasi va
6
amaliyoti (informatika va tabiiy fanlar misolida)" (Samarqand, 2006 ) tadqiqot
ishlari qilingan.
A.Abduqodirov, M.Aripov, A.Hayitov, U.Yo‟ldoshev, B.Rajabov,
R.Boqiyev kabi olimlarning olib borgan tadqiqotlarda ta`lim-tarbiya jarayonida
kompyuterlardan foydalanish muammosi keng yoritib berilganligi bilan bir qatorda
pedagogik va axborot texnologiyalaridan ta`lim jarayonida foydalanish bo'yicha
uslubiy tavsiyalar berilgan. So'nggi yillarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan
o'quv jarayonida foydalanish bo'yicha A.Sattorov mashg`ulotning sifat va
samaradorligini oshirishda taqdimot dasturlaridan foydalanish, POWER POINT
dasturida slaydlar tayyorlash va ulardan ta`lim jarayonida foydalanishni yoritib
bergan. Bundan tashqari, A.G`.Xayitov "Umumiy o'rta ta`limda informatika va
hisoblash texnikasi asoslarini o'qitishni kompyuterlashtirish nazariyasi hamda
amaliyoti" (T:, 2006) nomli doktorlik dissertatsiyasida didaktik va uslubiy
talablarga rioya qilgan holda informatika va hisoblash texnikasi asoslari o'quv
predmeti
mazmuniga
pedagogik
ishlov
berish
yo'li
bilan
ta`limni
kompyuterlashtirishga qaratilgan pedagogik dastur nazariy jihatdan asoslangan va
undan foydalanish usuliyoti ishlab chiqilgan.
Yuqorida keltirilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari O'zbekistonda, MDH va
boshqa davlatlarda pedagogik va axborot texnologiyadaridan o'quv tarbiya
foydalanishga qaratilgan bo'lsa-da, ularning maqsadi maktabgacha ta`lim
matematika mashg`ulotlarida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga
qaratilmagan. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, biz bitiruv malakaviy ish
mavzusini " Axborot texnologiyalaridan foydalanib maktabgacha yoshdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |