Kanalga ulanish:
https://t.me/masofatalim
TARIX
1. Imperator Trayan davrida qaysi hududlar Rim imperiyasi tarkibiga
kiritilgan?
A) Suriya va Mesopotamiya hududlari
B) Kavkazorti va Falastin hududlari
C) Ossuriya va Galliya hududlari
D) Suriya va Makedoniya hududlari
2. Insoniyat intellektual rivojidagi quyidagi ixtiro qaysi tarixiy davrga
oid?
A) o’rta paleolit davri
B) so’nggi paleolit davri
C) mezolit davri
D)
neolit davri
3. Marg`iyona Ahamoniylar davlati tarkibiga qaysi hukmdor davrida
kiritilgan?
A) Kir II
B) Kambiz
C) Doro I
D) Kserks
4. Quyidagilardan Xorazmshoh Otsiz faoliyati bilan bog`liq bo’lganlarini
aniqlang.
1) “Xorazmshoh” unvonini qayta tiklagan; 2) turkman va qipchoqlarni
o’ziga bo’ysundirgan; 3) Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi; 4)
Sirdaryo etaklari va Mang`ishloq yarimorolini egallaydi;
5) Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o’rta oqimiga qadar bo’lgan
yerlarda Xorazmshhlar davlatining poydevorini barpo etadi;
6)
Movarounnahrni
qoraxitoylarning
qaramligidan
ozod
etishga
kirishiladi.
A) 1, 2, 3, 6
B) 3, 4, 5
C) 2, 4, 5
D) 1, 4, 5, 6
5. “Loy jangi”dagi g`alabasidan so‘ng Ilyosxo‘ja hech qanday
qarshilikka uchramay qaysi
shaharlarni egallab, Samarqand ustiga yuradi?
A) Xo‘jand va Jizzax shaharlarini
B) Xojand va O‘ratepani
C) Shohruhiya va Xo‘jandni
D) Chinoz va Jizzaxni
6. Quyidagi allomalarning qaysi hududda tavallud topganligini aniqlang.
1) Abu Rayhon Beruniy;
2) Abu Ali ibn Sino;
3) Burhonuddin Marg‘inoniy;
4) Ahmad al-Farg‘oniy
a) Kat shahrida;
b) Afshona qishlog‘ida;
c) Quva shahrida;
d) Rishtonda.
A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c
B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c
7. XIV asrning boshlarida taqiqlangan diniy-ritsarlik ordenini aniqlang.
A) Livoniya ordeni
B) Tampliyerlar ordeni
C) Tevton ordeni
D) Ioanniylar ordeni
8. Ko’chmanchi qipchoq qabilalari XI asr o`rtalarida qaysi hududlarni
egallashgan edi?
A) Yoyiq daryosidan Dunay daryosigacha
B) Itil daryosidan Don daryosigacha
C) Yoyiq daryosidan Dnepr daryosigacha
D) Ural tog`laridan Yoyiq daryosigacha
9. Yuz yillik urush boshlangan yili Fransiya qiroli qaysi hududni o`z
davlatiga qo`shib olganligini e`lon qilgan edi?
A) Flandriyani
B) Burgundiyani
C) Akvitaniyani
D) Normandiyani
10. Mang`itlar sulolasi hukmronligi davriga oid “Yilnomalar to’plami”
tarixiy asarining muallifini aniqlang.
A) Muhammad Yaqub ibn Doniyolbiy Buxoriy
B) Mirzo Shams Buxoriy
C) Mir Olim Buxoriy
D) Muhammad Hakimxon
11. XVI asrning 40-yillarida shayboniy Pirmuhammadxon I qaysi
hududlarda amalda mustaqil hikmronlik qilayotgan edi?
A) Balx va Badaxshonda
B) Toshkent va Farg’onada
C) Toshkent va Turkistonda
D) Hisor va Badaxshonda
12. Xitoy hukumati qaysi hukmdorga Qo’qondan boshpana topgan
Qashqar hukmdorlarini Qashqarga o’tkazmaslik shartini qo’ygan?
A) Norbo’tabiy
B) Erdonabiy
C) Olimxon
D) Umarxon
13. Fransiya tarixida 1792-yil 22-sentabr kuni ...
A) ilk marotaba Konstitutsiya qabul qilindi.
B) qirol Lyudovik XVI qatl etildi.
C) Valmi qishlog`i yaqinidagi jangda fransuz qo’shinlari g`alaba qozondi.
D) Uch konsullik hukumati boshqaruvi o‘rnatilganligi e’lon qilindi.
14. Buyuk Britaniya bilan harbiy shartnoma imzolangan davrda
Afg’oniston amiri kim edi?
A) amir Abdurahmon
B) Do’st Muhammadxon
C) Yoqubxon
D) Sheralixon
15. Leypsig ostonasidagi jang yuz bergan yilda qaysi davlatda qo’zg`olon
yuz bergan?
A) Koreyada
B) Fransiyada
C) Venesuelada
D) Eronda
16. 1873-yilning may oyida Rossiya imperiyasi qo‘shinlari bilan Xiva
xonligi qo‘shinlari o‘rtasida qayerlarda janglar bo‘lib o‘tgan?
A) Hazorasp qal’asi, Karmana, Parvon, Kegayli shaharlari va Xiva shahri
yaqinida
B) Urganch qal’asi, Kegayli, Vazir shaharlari va Hazorasp shahri yaqinida
C) Xiva qal’asi, Gurlan, Qiyot, Xo‘jayli, Urganch shaharlarida
D) Hazorasp qal’asi, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Mang‘it shaharlari va Xiva
shahri yaqinida
17. 1866-yili Samarqandni egallaganidan so’ng K.P.Kaufman qanday
shartlar bilan sulh tuzishni taklif etib, amir Muzaffarga maktub yo’llagan
edi?
1) Samarqand bekligini Rossiyaga berish; 2) “harbiy xarajatlarni” to’lash;
3) Rossiya savdogarlaridan olinadigan boj miqdori tovar umumiy
qiymatining 2,5 foizidan oshmasligi; 4) Toshkentdan Samarqandgacha
bo’lgan barcha hudud – Xo’jand, O’ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand,
Kattaqo’rg`on shaharlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tishi; 5) 1865-
yildan buyon Turkiston o’lkasida qo’lga kiritilgan barcha narsalarni
Rossiya mulki deb e’tirof etish.
A) 2, 3, 4
B) 1, 2, 5
C) 2, 4, 5
D) 1, 3, 4
18. Qaysi davrga kelib Buyuk Britaniyada fuqarolik jamiyati asoslari qaror
topdi?
A) XVIII asrning oxiriga kelib
B) XIX asrning boshlariga kelib
C) XIX asrning o’rtalariga kelib
D) XIX asrning oxiriga kelib