O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


 Kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/31
Sana29.12.2021
Hajmi0,8 Mb.
#77056
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
kasb-hunar kollezhlarida informatikaning elektron zhadvallar modulini oqitish metodikasi

1.2. Kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari 

fanining  vazifalari va mazmuni 

 

Mamlakatimizda barcha sohalarda chuqur va keng ko’lamli islohotlar amalga 

oshirilar  ekan,  unda  uzluksiz  ta’lim  tizimini  shakllantirishga  juda  katta  ahamiyat 

berilmoqda.  

 «Kadrlar tayyorlash Milliy  dasturi»ning   ta’lim  sohasini tubdan  isloh qilish, 

uni  o’tmishdan  qolgan  mafkuraviy  ishlar  va  sarqitlardan  to’la  xolos  etish, 

rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga 

javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlash»  kabi  maqsadi  ta’lim 

jarayoniga  boshqacha  nazar  bilan  qarashni  talab  etadi.  Umuman,      o’rta  maxsus, 

kasb-hunar  ta’limi  tizimida  bunday  muammolar  o’z  dolzarbligi  bilan  alohida 

ajralib turadi. Dunyoga yangi ko’z bilan qaraydigan, uddaburon, o’z ishining ustasi 

bo’luvchi,  buyuk  kelajagimiz  poydevorini  quruvchi  va  yuksaltiruvchi  yosh 

kadrlarni  tayyorlash  va  ularga  ta’lim  berish  respublikamiz  pedagoglari  oldida 

turgan muhim va mas’uliyatli vazifadir.  

Uzluksiz  ta’lim  tizimi  va  uni  takomillashtirish  yuzasidan  ko’pgina  olimlar 

amaliy  va  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borayapti.  Uzluksiz  ta’lim  tizimi  va  uning 

asosiy  tuzilishi  haqida  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  atroflicha  bayon 

etilgan.  Unda belgilanishicha, «Uzluksiz  ta’lim  -  malakali  raqobatbardosh kadrlar 

tayyorlashning  asosi  bo’lib,  ta’limning  barcha  turlarini,    davlat  ta’lim 

standartlarini,  kadrlar  tayyorlash  tizimi  tuzilmasi  va  uning  faoliyat  ko’rsatish 

muhitini o’z ichiga oladi». 

Ushbu  ta’lim  tizimining  har  bir  bosqichida  fanlarni  o’qitishda  ularning 

uzluksizligi  va  uzviyligini  ta’minlash  kerak  bo’ladi.  Shu  maqsadda  fanlarni 

o’qitishning kontseptsiyasini ishlab chiqish, u asosda o’quvchilarga bilimlar berish 

muhim ahamiyatga ega. 

Ta’lim tizimi bosqichlarini quyidagi 1-sxema asosida tasniflash mumkin 

 



 

 

16 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                 1-sxema. Ta’lim bosqichlari tasnifi 

 

Gap  informatikani  o’qitish  kontseptsiyasi  haqida  borib,  barcha  ta’lim 



bosqichlarida  informatika  yo’nalishidagi  fanlarning  mazmunini  yaratish  va  ularni 

o’rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.  

Kasb-hunar  ta’limida  informatika    umumta’lim  fani  sifatida  qaralib,  uni  va 

boshqa  fanlarning  davlat  ta’lim  standarti  qabul  qilindi.  Har  bir  fanning  dasturlari 

va  ularga  qo’yilgan  talablar  Davlat  ta’lim  standart  (DTS)  ida    va  dasturlarning 

mazmunida ko’rsatib berilgan. Bu esa ta’lim olishning "hayotiy tsikl" ga mosligini 

ko’rsatadi.   

Uzluksiz  ta’lim  tizimining  barcha  bosqichlarida  informatika    fanining 

vazifalari  va  mazmuni  haqida  respublikamizning    olimlari  va  tadqiqotchilari 

izlanishlar olib bormoqdalar.  Bulardan A.Abduqodirov, T.Azlarov, B.Boltaev  va 

Umumiy o’rta 

ta’lim    

 

O’rta maxsus  kasb-



hunar  ta’limi 

 

Akademik 



litseylar   

 

Kasb-hunar  



kollejlari   

 

Oliy ta’lim   



 

Magistratura     

 

Bakalaviatura   (4 



yillik) 

 

Oliy o’quv 



yurtidan keyingi 

ta’lim дастурлари 

Doktorantura  

(3 yillik) 

 

Aspirantura   



(3 yillik) 

 

Malaka oshirish va 



qayta tayyorlash 

 

Maktabgacha 



ta’lim   

 



 

 

17 



 

boshqalar  maktabgacha  ta’lim  va  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida  informatika 

fanini  o’qitish  va  uning  uzluksiz  ta’lim  tizimidagi  o’rni  masalalari  bo’yicha,  A. 

Abduqodirov,  M.Aripov,  A.Sidiqov,  U.Yuldashev,  R.Boqiev,  N.Tayloqov, 

A.Ahmedov, 

A.Hayitov, 

Isoqov 

I., 


M.Mamarajapov, 

D.Abduraximov, 

S.Qulmamatov,  D.Toshtemirov    va  boshqalar  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

muassasalarida  informatika  va  axborot  texnologiyalarni  o’qitish  muammolari  va 

ularni  takomillashtirish  usullari  bo’yicha  bir  qator  ilmiy-uslubiy  maqolalar  chop 

etganlar. [14], [11] [13]. 

Informatika  fani  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  bosqichida  umumta’lim 

fani sifatida o’qitilar ekan, o’quv muassasasi etarli darajada moddiy-texnika bazasi 

va  zamon  talablariga  javob  beradigan  kompyuterlar  bilan  jihozlangan  bo’lishi 

lozim.  Bu  haqda  «Ta’lim  to’g’risida»gi  qonunda,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi»da  va  olimlarimizning  ilmiy  ishlarida  ham  ta’kidlab  o’tilgan.  Informatika 

fani kasb-hunar kollejlarida asosan 1  kurs o’quvchilariga o’qitiladi. Hozirgi kunda 

o’quvchilarga fan bo’yicha  o’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim 

vazirligi  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  Davlat  ta’lim  standartlariga  ko’ra  barcha 

mutaxassisliklarda  umumta’lim  fani  sifatida  130  soatga  mo’ljallangan  talablar 

ishlab  chiqilgan.  Lekin  ayrim  kasb-  hunar  kollejlarida  mutaxassisliklar  bo’yicha 

«mutaxassislikka  kirish»,  «boshqaruv  jarayonida  informatika»  va  «avtomatika» 

fanlari ham o’qitib kelinadi. Bu fanlarning asosiy negizi sifatida albatta, kompyuter 

texnologiyalarini  o’rganish  va  ularni  o’quv  amaliyotida  qo’llash  kabi  nazariy  va 

amaliy  mashg’ulotlar  o’rgatiladi.  Shuning  uchun  hozirgi    kunda  informatika    fani 

nafaqat umumta’lim  fani sifatida, balki maxsus mutaxassislikka yo’naltirilgan fan 

sifatida  ham  chuqur  o’qitilmoqda.    Bu  fanning  mazmuniga  e’tibor  beradigan 

bo’lsak, mavjud dasturlarda soatlar miqdori turlicha taqsimlangan. Ularni o’qitish 

yuzasidan  turli  o’quv  adabiyotlaridan  foydalanilmoqda.  Akademik  litsey  va  kasb-

hunar  kollejlarida    informatika  umumta’lim  fanini  o’qitish  mavjud  dasturlar  va 

darsliklar asosida olib boriladi. 




 

 

18 



 

Ta’lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o’qitishda ularning uzluksizligi 

va  uzviyligini  ta’minlash  kerak  bo’ladi.  Shu  maqsadda  fanlarni  o’qitishning 

kontseptsiyasini  ishlab  chiqish,  u  asosda  talabalarga  bilimlar  berish  muhim 

ahamiyatga  ega.  Gap  informatikani  o’qitish  kontseptsiyasi  haqida  borib,  barcha 

ta’lim bosqichlarida informatika yo’nalishidagi fanlarning mazmunini yaratish va 

ularni  o’rganish  masalalariga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Bu  mazmunda  uzluksiz 

ta’lim tizimi bosqichlarida quyidagilarga e’tibor berish nazarda tutilgan: 

- «Kompyuter mening do’stim», «Kompyuter olamiga sayohat»- maktabgacha 

tarbiya va boshlang’ich ta’lim bosqichlarida; 

- «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» –umumta’lim bosqichida;  

- «Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti va axborot texnologiyalari 

elementlari» - o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida; 

-  «Kasbiy  faoliyatida  zamonaviy  axborot  texnologiyalari»  -  oliy  ta’limning 

tayanch bosqichi(bakalavriat)da ta’lim yo’nalishlari bo’yicha; 

-  «Kasbiy  foaliyat  doirasining  tizimli  tahlili  metodologiyasi  va  eng  yangi 

axborot  texnologiyalari»  -  oliy  ta’limning  yuqori  bosqichi(magistratura)da  ta’lim 

yo’nalishlari bo’yicha; 

Bu kontseptsiya asosan fanning davlat ta’lim standartlari majmui, namunaviy 

o’quv rejalari va dasturlari, o’quv metodik adabiyotlar ishlab chiqishga asos bo’la 

oladi.  

Kasb-hunar  ta’limida  informatika    umumta’lim  fani  sifatida  qaralib,  uni  va 

boshqa  fanlarning davlat ta’lim  standarti qabul qilindi.  Har  bir  fanning dasturlari 

va  ularga  qo’yilgan  talablar  Davlat  ta’lim  standart(DTS)  ida    va  dasturlarning 

mazmunida ko’rsatib berilgan. Bu esa ta’lim olishning "hayotiy tsikl" ga mosligini 

ko’rsatadi.  «Umrning  butun  ma’nosi  mavhumlikni  to’xtovsiz  zabt etish, tobora 

va hamisha ko’proq bilishga intilishdir» 

Ta’lim tizimi yangi mazmun asosida qayta tahlil qilinayotganligi sababli har 

bir fanning mazmuni ham ta’lim bosqichlari bo’yicha yangilanib borayapti. Kasb-

hunar  kollejlarida  o’qitilayotgan  informatika  umumta’lim    fani  ham  bundan 




 

 

19 



 

mustasno emas. Shu sababli “Informatika va axborot texnologiyalari”  umumta’lim  

fanining  asosiy  maqsadidan  kelib  chiqadigan  bo’lsak,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 

ta’limida  tahsil  olayotgan  o’quvchilarga  bu  fanning  nazariy  va  amaliy  jihatlari 

haqida  bilim  berish,  zamonaviy  kompyuterlarning  dasturiy  ta’minoti,  amaliy 

jihatdan  xizmat  ko’rsatuvchi  dasturlar  bilan  ishlash  malakasini  hosil  qilish, 

zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma’lumotlar berishdan iborat.  

 

Kasb-hunar  kollejlarida  o’qitilayotgan  “Informatika  va  axborot 



texnologiyalari”    umumta’lim    fanining  mazmuni  namunaviy  o’quv  dasturida 

quyidagicha qilib belgilangan: [9]. 

1.  Axborot va jamiyat 

2.  Axborot  texnologiyalari  va  tizimlari,  ularning  jamiyatdagi  o’rni  va 

ahamiyati. 

3.  Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minoti. 

4.  Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. 

5.  Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari. 

6.  Kompyuterda grafik ob’ektlar bilan ishlash. 

7.  Kaspiy faoliyatda amaliy dasturlardan foydalanish asoslari. 

8.  Zamonaviy dasturlash tillari. 

9.  Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish. 

10. Axborot xavfsizligi. 

11. Kompyuterlarga xizmat ko’rsatish. 

12. Model va modellashtirish asoslari. 

13. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari. 

14. WEB dizayn asoslari. 

Bu 


talablardan 

va 


 

fanning 


mazmunidan 

kelib 


chiqqan 

holda 


kompyuterlarning  dasturiy  ta’minotini,  ayniqsa,  amaliy  dasturiy  ta’minotini 

o’qitish  muhim ahamiyat kasb etadi. 

Amaliy  dasturiy  ta’minot  -  axborot  tizimi  funktsional  vazifalarni  hal 

etishni  avtomatlashtirish  uchun  mo’ljallangan  dasturiy  mahsulotlar  yig’indisini 




 

 

20 



 

o’zida  namoyon  etadi.  Ular    universal  vositalar  (matn  muharrirlari,  elektron 

jadvallar,  ma’lumotlar  omborini  boshqaruv  tizimlari)  va    maxsus  vositalar  – 

funktsional  kichik  tizimlarni  amalga  oshiruvchi  turli  xil  ob’ektlar  (iqtisodiy, 

muhandislik, texnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin. 

Yuqoridagi  ta’rifdan  ko’rinib  turibdiki,  bu  ta’minotning  asosini  amaliy 

dasturlar tashkil etadi. Amaliy dasturlarni talabalarga o’rgatish va ularda ko’nikma 

va  malakalar  hosil  qilish  fanning  umumiy  maqsadidan  kelib  chiqqan  holda 

kompyuter  texnologiyasini  kasbiy  sohalarga  qiynalmasdan  tadbiq  qilish  va  uning 

o’rni  haqida  tasavvurlarga  ega  bo’lishni  ta’minlashdan  iborat.      Har  bir  fan 

doirasidan  kelib  chiqqan  holda  bu  dasturlardan  foydalanishning  o’ziga  yarasha 

o’rni  mavjud.  Masalan:  fizika,  matematika,  kimyo,  astronomiya,  biologiya, 

anatomiya  va      tasviriy  sa’nat  fanlari  bo’yicha  yaratilgan  dasturlarni  kompyuter 

yordamida  o’rganish  uchun  talabalar  bu  dasturlar  bilan  ishlash  ko’nikmasiga  ega 

bo’lishlari  kerak.  Ana  shunday  ko’nikmalarni  hosil  qilish  maqsadida      amaliy 

dasturlarni o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika umumta’lim   fanida 

amaliy  dasturlarni  o’qitish  zamonaviy  texnologiyalarning  amaliyotga  tadbiqi 

nuqtai nazaridan o’rganishni ta’minlaydi.   

Amaliy dasturlarning  quyidagi imkoniyatlari mavjud: 

- qo’lda bajariladigan ish vaqtini tejaydi; 

-aniq va tushunarli bo’lgan masalalar ustida ishlash imkoniyatini beradi;  

-  bajarish  jarayonidagi  kamchiliklar  yoki  nuqsonlarni  tez  bartaraf  etadi;- 

mutaxassislik  bo’yicha  atamalarning  dasturdagi  ma’nolarini  aniqlash  imkonini 

yaratadi; 

- fanni o’rganishda o’quvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi. 


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish