Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Karimov I. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T.: O‘zbekiston, 1997.
2.
Karimov X. Shukur Xolmirzayev. Ijodiy portret. –T.: 1999. 
3.
Karimov N. va b. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. –T.: 1999. 
4.
Fitrat. Adabiyot qoidalari. –T.: 1995. 
5.
Xolmirzayev Sh. Saylanma hikoyalar. –T.: 2003. 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
61


ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA VATAN MAVZUSINING AKS
ETILISHI
Alimova Nigora Abdulhamidovna
Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, 14-IDUM
Jamiyat taraqqiyotida har bir avlod o’zidan oldingi avloddan ma’lum tomonlari
bilan ozmi-ko’pmi farq qiladi. Ayni vaqtda keyingi avlod avvalgisining davomidir.
Lekin insoniyat uchun eng muqaddas bo’lgan vatan, erk, haqiqat, ezgulik, go’zallik
tuyg’usi hamisha tabarruk an’nana sifatida avloddan avlodga ko’chaveradi. Har bir
davrda har bir avlod ana shu muqaddas an’analarga o’z ishlari, so’zlari, e’tiqodlari,
fikrlari bilan sodiq qoladi. A.Oripov lirikasida ko’pincha xalqimiz tarixiga murojaat
etish, milliy xarakter asoslarini anglab etishga intilish, bolalik xotiralarini ko’z
o’ngida jonlantirish, tiklash, ona yurt manzaralariga estetik munosabatda bo’lish
orqali Vatan obrazini bunyod etadi. Xususan, bolalik tasavvurlarining bokira
xotiralaridan sizib chiqadi. Lirik xarakterning asosini, dunyoni his etishi va
tuyishining hayotiyligini ta’minlaydi.
Bolalik yillarim eslayman oz-oz –
Bosiq uyqu ichra yotganda olam,
Tonglar qulog’imga kelardi ovoz:
«G’aflatda yotmagin erkatoy bolam»…
Yillar o’tdi, biroz ulg’aydik, bu kun –
Vatan xizmatiga bir qadar dastyor.
Olam tashvishidan yurakda to’lqin,
Vatan qudratidan qalbda g’urur bor.
Shoir she’rlaridagi tabiat manzaralari Vatan qiyofasini to’ldiruvchi detallargina
emas. Tabiat – shoir nazdida Vatanning bir bo’lagi; kechinmalar va inson kuch-
qudratining asosli, nihoyat, doimo yangilanib, barq urib turuvchi hayot timsoli.
A.Oripovning lirik qahramoni tabiat og’ushiga singib, farahli sururi qo’ynida
ko’rinmay ketmaydi. Bugungi qaynoq hayot oqimi zarblarini tuyishda, voqea-
hodisalar jarayonini estetik baholashda tabiat odil haqiqat bo’lib gavdalanadi.
Shoirning bolalik xotiralarida ham tabiat xossalari o’znining yorqin bo’yoqlar bilan
davr nafasini shunchaki aks ettirmaydi, balki voqelik ta’sirida ko’nglida kechgan
tuyg’u va hissiyotlar, fikrlar silsilasi bilan uyg’unlik kasb etadi. Shu boisdan ham
bog’larda lov-lov yongan xazonlar – kuzning barglari ham shohlarda yaltiragan
mezonlar shoirning o’ylar bo’lib ko’rinadi.
Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog’larda xazonlar yonadi lov-lov.
Do’stlarim, bu kuzning barglari emas,
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
62


Mening yuragimdan to’kilgan olov
1
.
A.Oripovni tabiat kuychisi yoki tabiatning shoir –rassomi deyish qiyin. Uning
lirikasida sof peyzaj she’rlar kam. Lekin hayotning boqiyligini his ettirishi, va shu
asosda, inson tirikligining mezoniga aylanishi jihatidan ham tabiat uzviy bog’liqlikda
namoyon bo’ladi.
Sirtdan qaraganda ushbu fikrlar erish tuyulishi, shoir lirikasida kuz, bahor, tun,
tabiat haqida so’z borsa-yu, peyzaj yo’q bo’lishi mumkinmi, degan e’tiroz tug’ilishi
tabiy. Gap shundaki, shoir she’rlarida tabiat maxsus tasvir ob’ekti sifatida namoyon
bo’lmaydi. Garchand, shoir she’rlarida tabiatni jonlantirish detallar tarzida mavjud
bo’lsa-da, u psixologik holat va manzaralar mazmunini ifodalash uchun xizmat
qiladi. («Barglar soyasida o’ynaydi bahor, uyqudagi qizning bedor tushlari»).
A.Oripov lirikasida tabiat belgilaridagi insoniy jihatlarni tajassum etish emas, inson
hayotidagi tabiat xossalarini kashf etish ustivor.
Tabiat inson hayotining jisman asosini belgilabgina qolmay, ma’naviy
hayotining ham asosiy tayanchidir. A.Oripov lirikasida inson va tabiat talqini ana
shunday falsafiy mazmunga ega. Shoir tabiatning o’zgartirib turuvchi avzoyida
hayotning azaliyligini, umrning ezguligini ko’radi. Tabiat og’ushida umr, taqdir,
ezgulik falsafasi sizib chiqadi. A.Oripov tabiat falsafasidan umrlar hikmatini o’qiydi.
Xususan, tabiat manzaralarida inson hayotining ma’nosini ko’rarkan, shu asosda ular
odam hayotiga xos mazmun kasb etadi. Shoir poetik dunyosida tabiat hayotning asosi
tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa insonga umr mazmunini eslatib turadi. Xalq va
uning tarixi bilan uzviy aloqadrlik insonga tabiat bilan bog’liqlik ato etadi, degan fikr
A.Oripovning inson va tabiat mavzuidagi she’rlarida nurlangan mazmunni ifodaladi.
Xalq va tarix xotirasidan mahrumlik isnonga tabiat tomonidan o’limtik yolg’izlik
keltiradi.
… Shamol shovullaydi qadim bog’larda,
Buyuk, ko’hna dunyo ko’pchiydi og’ir.
Men uning qo’ynida kezdim savobday,
Qorlardan lolarang olovlar yoqdim.
Bir zum shahanshohlik tekkan gadoday,-
Umr o’tar, dedim dunyoga boqdim.
Quchoq och, dilbarim, shu gul nahorga,
Tumanli tuyg’lar bosmasin og’ir.
Iltifot qilmaslik jajji bahorga,
Nuroniy kuz bizni siylamas axir.
A.Oripov lirikasida kuz obrazi alohida o’rin tutadi. U kuz faslining tabiatida
xalqimiz mehnatining ezga mohiyatini ko’radi, inson qalbining rangin holatlarini
1
Qozoqboy yo’doshev, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo’ldoshbekov. 9-sinf. Adabiyot darsligi.- Toskkent: Fan, 2007. 209-
bet.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
63


yaratadi. Shoir o’y-mushohadalarida faqat o’tmishgina emas, kelajak ham Vatan
bilan, avlodlar hayoti bilan bog’liq. Inson o’zidan keyin bu dunyo kimlarning qo’lida
qolishini, avlodlarni kelajakda nimalar kutayotganligini o’ylamasligi mumkin emas.
Zotan, lirik qahramon ona xalqining o’tmishiga ko’z tikib, kelajagi haqida o’y surgisi
kelarkan, uning bugungi hayoti tashvishli kechinmalar bilan namoyon bo’ladi.
Kelgusi avlodlarga azamat xalqdan Vatan taqdiriga qayg’urish bilan yo’g’rilgan. Shu
o’rinda A.Oripov lirikasida epiklik unsurlarining kuchayib borayotganligini
ta’kidlash joiz. Epiklik deganda shoir she’rlari mundarijasini tashkil etgan Vatan,
insoniyat, ona sayyora singari tushunchalar bilan belgilanmaydi. Badiiy
umumlashmalarning ijtimoiy-falsafiy salmoqdorligi, teranligi ushbu sermiqyos
mazmunni asoslaydi. Shoir ijodidagi ana shu sifat o’zgarishi, xususan, falsafiy
teranlik bilan quyuqlashib borayotgani hozirgi lirikamiz taraqqiyotidagi muhim
mayllardan biridir.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
64



Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish