Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил


TECHNICAL SCIENCES / ТЕХНИКА ФАНЛАРИ



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

 
TECHNICAL SCIENCES / ТЕХНИКА ФАНЛАРИ 
 
 
INTERNET TARIXI VA TARAQQIYOTI 
Madinaxan Xajiyeva 
madinaxajiyeva201@gmail.com 
Qoraqalpoq davlat universiteti 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada internet tarixi va rivojlanishi komunikatsiya 
vositalari haqida ma`lumot beriladi. 
Kalit so`zlar:
internet, komunikatsiya, protokol, informatsiya, multimedia
global tarmoq. 
Texnika taraqqiyotini to`htatib bo`lmaydi.Zamonaviy tehnologiyalar inson 
hayotining ajralmas qismiga aylangan.Kompyuter texnologiyalaridan foydalana olish 
davr talabi.Internet qachon paydo bo`ldi va uning vazifasi qanday? 
Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) 
orqali ma`lumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun 
ochiq to`plamidir. Bu ma`lumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. 
TCP/IP o`zaro bog`liq protokollar yig`indisi bo`lib, internetda ma`lumot tarqalishida 
asosiy o`rin egallaydi. Internet tarmog`ini minglab akademik, davlat, tijorat va 
xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda o`zaro 
bog`langan sahifalar va boshqa Butunjahon o`rgimchak to`ri servislaridan tashkil 
topadi.Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o`zaro 
bog`lovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik o`rni, zamon va makondan 
qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar o`zaro hamkorlikda global 
informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan 
barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda iste`molchilarga ma'lumotni saqlash, e`lon 
qilish, jo`natish, qabul qilish, izlash va ma`lum bo`lgan barcha variantlar (matn, 
tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va boshqa ko`rinishlar) da 
axborot almashinishga imkon yaratadi. 
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo bo`ldi. O`sha paytlarda Amerika 
mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana 
boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) 
tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga to`g`ri 
keldi. AQSH mudofaa departamenti urush bo`lib qolgan taqdirda oddiy 
kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek bo`lsa, o`rniga yangi qo`shimcha 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
31


kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shug`ullandi. 60-yillar oxiri va 70-
yillarda Internet tarmog`i uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki o`n yillik xalqaro 
tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati 
doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish sur`ati davlat, ta`lim, 
akademik va ijtimoiy tuzilmalarning o`ziga xos umumiy moliyaviy va intellektual 
ulushiga bog`liq bo`ldi. 
20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani 
uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular o`zaro hamkorlikka doir 
qaydnomalar 
– Internetworking protocols (IP) bo`lib, global tarmoqni 
takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP o`rnatgan tartibga ko`ra, har qanday 
alohida tarmoq informatsiyani ko`p tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi 
punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini 
tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), 
File 
Transfer 
Protocol 
(FTP) 
ichida 
IP 
muhim 
qaydnomalardan 
biri 
hisoblanadi.Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH 
mudofaa departamenti mablag` bilan ta`minlagan.
Internet barcha an`anaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, 
teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h.k.ning 
texnologik imkoniyatlarni uyg`unlashtirib qo`llanganligi uchun u bir necha vazifani – 
informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining 
barcha sohalari (shu jumladan, ta`lim-tarbiya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, 
sayyohlik va h. k.) ga taalluqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va 
milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng 
tejamli va tezkor usulda qo`shilish imkonini beradigan vosita vazifasini o`taydi.[1] 
Insoniyat ongi rivojlana boshlaganidan boshlab kominikatsiyalar paydo 
bo`lgan.Komunikatsiyaning dastlabki ko`rinishi imo-ishoralar, tana harakatlari, har 
xil qichqiriqlar bilan bo`lgan bo`lsa keyinchalik rasm va yozuv paydo bo`lgan.Asrlar 
o`tib esa kominikatsiyaning rivojlangan ko`rinishlari va amalga oshiruvchi vositalari 
paydo bo`ldi. 
Komunikatsiya - (lotincha comunicatio - umumlashtiraman, bog`layman) 1-
kibernetikada – informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy 
nuqtai nazardan yondashiladigan komunikatsiyalar mavjud.[2]
Multimedia (lotincha – ko`p va vositachi bo`lmoq) - kompyuterning matn
grafik, tovushli va video ma`lumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilmasi.[3]

Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish