Foydalanilgan adabiyotlar
1. Umumiy biologiya. 10-11 Yo.Тo‘raqulov
2. Darvinizm. A.G‘ofurov
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
19
TRANSPORT VOSITALARIDAN CHIQAYOTGAN ZAXARLI
TUTUNLARNING EKOLOGIYAGA TA’SIRI
Qunduz Madraximova Otabek qizi
Ulug’bek Sadaddinov Usnaddinovich
Nukus davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
Hozirgi zamonaviy texnologiya zamonida transport vositalarining
atmosferaga ta’siri,
Kalit so‘zlar:
Atmosfera, kislorod, gazlar, oltingugurt gazi.
Havo-yerning himoya qatlami bo’lmish Atmosferani tashkil qiladi. Atmosfera
so’zi yunoncha so’zdan olingan bo’lib “atmos”-bug’, “sfera”-qobiq, shar ya’ni havo
qobig’i degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun u hayot mavjudligini ta’minlovchi
asosiy man’ba hisoblanadi.
Yer sharidagi barcha tirik organizmlar uchun atmosfera havosining ahamiyati
juda katta, hayotda barcha tirik mavjudotlar kislorod bilan nafas oladi. Uning
miqdorining kamayishi inson organizmini funksiyasini buzilishiga sabab bo’ladi.
Inson ovqatsiz, suvsiz bir necha kun xattoki oylab yashay olsa, havosiz besh
daqiqagina yashay oladi [1.20] Odam bir sutkalik hayoti uchun 1 kg ovqat, 2 litr suv
va 12 kg havo zarur. Bu havo hajm jihatidan 10 ming litrga teng bo’lib, unda 500 litr
kislorod mavjud. Mana shuning o’zi havoning inson uchun qanchalik ko’p miqdorda
zarurligini ko’rsatib turadi.
Atmosfera havosi toza bo’lar ekan undan nafas oluvchi insonlarning sog’lom
bo’lishi, uzoq umr ko’rishi kafolatlanadi. Atmosfera havosi million yillar davomida
deyarli bir xil tarkibda kelgan, ammo XX asrga kelib sanoatning rivojlanishi,
demografik jarayonlar va boshqa omillar natijasida atmosfera havosi ifloslandi.
Atmosfera havosining ifloslanishining bosh sababchisi inson hisoblanadi. Insoniyat
o’ziga o’zi hukm tayyorlaydi. Fan-texnika taraqqiyoti beqiyos rivojlandi. U o’zi
yashaydigan muhitni o’zi zararlantirib, o’z umriga, sog’ligiga zarar berib
kelayotganligini o’zi bilmaydi.
Bugungi kunda, texnika va texnologiyalar rivojlanayotgan bir davrda
atmosferaga sezilarli darajada ziyon yetkazilmoqda. Aholisi zich, transport harakati
ko’p bo’lgan va sanoati rivojlangan mamlakatlarda atmosfera ifloslanishi salbiy
oqibatlarga olib kelmoqda.
Insonning antropogen tasirini uch guruhga bo’lib o’rganamiz: 1.Sanoat,
2.Qishloq xo’jaligi, 3.Transport.
Hozirgi zamon avtotransporti atmosferaga salkam ikki yuz xil modda chiqaradi,
shundan atigi besh xiligina zaharsizdir. Hozirgi zamon avtomobilida bir ot kuchini
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
20
harakatga keltirish uchun 150-200 gramm yonilg’i sarf bo’ladi. Hozirgi vaqtda butun
dunyodagi jami avtoparklardagi avtomobillarning umumiy quvvati 15 milliard ot
kuchiga baravardir. Bitta yuk mashinasi bir soatli ish mobaynida atmosferaga 120
kub metrgacha ishlangan gazni chiqaradi. Yengil mashinalarniki nisbatan kamroq,
yani 1 kilogramm yonilg’ining yonishi uchun 15 kilogramm havo talab qilinadi,
vaholanki ana shuncha yonilg’idan chiqqan chiqindi gazlar 1500 kilogramm havoni
ifloslantiradi. Avtotransport vositalari shahar havosini ishlangan gazlar bilan
zaharlashdan tashqari, uni chang va rezinaning yo’l qoplamasiga ishqalanishidan
paydo bo’luvchi chiqindilar bilan ham ifloslantiradi. Bitta avtomabil bir yilda havoga
salkam 10 kg rezina chiqindilarini chiqaradi. [2-112]
Avtomashinaning ishlashi tufayli atmosferaga yetilishgan benzindan chiqqan
gazning tarkibida azot dioksidi gazi mavjud bo’ladi, ushbu gaz qo’rgoshin birikmalari
bilan birgalikda tashlanadi. Havodagi qo’rg’oshin miqdori avtomobillarning soni va
ularning harakati bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Ma’lumki benzinning tarkibida
oltingugurt bo’lib dvigatel harakati natijasida u dioksid oltingugurtga aylanadi.
Karbyurator bilan ishlaydigan ming dona avtomashina bir kunda havoga salkam 3
tonna zaharli gaz, 100 kg azot oksidi va 500 kg yaxshi yonmagan benzinni tashlaydi.
[1]
Zero, 1 litr benzinni yoqish uchun 15-20 kubmetr kislorod sarflanadi. Mavjud
300 mingdan ortiq transport vositalari 5 litrdan benzin yoqsa, transport vositalaridan
chiqayotgan turli zaharli moddalar insonda benzapirin, qo’rg’oshin singarilar
zamirida saraton (rak) kasalligini keltirib chiqarishini tadqiqotchilar isbotlashgan.
Xalqaro tashkilotlarning izlanishlari natijasi shuni ko’rsatadiki, yirik shaharlarda
transpoti yaxshi rivojlangan joylardagi bolalarning sochi, tirnoqlari hamda qonidagi
qo’rg’oshin, benzaperin moddalari qishloqlarda yashaydigan bolalarga qaraganda
ancha ko’p ekan. Ayollardagi anemiya (kamqonlik), erkaklardagi yurak qon-tomir
kasalliklarining ortib borayotganligi ham tashvishli holdir.
Aholisi zich shaharlarda atmosfera ifloslnishining 90% bosh sababchisi transport
vositalari ekan. Ma’lumotlarga ko’ra hozirgi kunda yer yuzida avtomobillar soni
qariyb yarim milliardga yetgan bo’lib undan atmosferaga 300 mln tonnadan ortiq
zaharli gazlar chiqariladi. Agar bu ko’rsatkichni O’zbekiston miqyosida ko’rib
chiqadigan bo’lsak O’zbekiston atmosferaga 150 turdagi zaharli moddalar chiqaradi.
Avtomobillar svetaforlarda va tirbantliklarda qolgan vaziyatlarida ularning
harakati va chiqindi gazlarni chiqarishi ikki martaga ortadi. Shu sababli ham
chorraxalarda va tirband ko’chalarda zaharli moddalarning meyordagidan ancha
ko’pligi aniqlangan.
Amerikaning Inrix kompanyasi tirbandlik darajasini aniqlash uchun dunyodagi
eng katta shaharlardagi yo’llarda tadqiqot o’tkazadi. Ma’lumotlarga ko’ra Moskva
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
21
eng ko’p va uzoq vaqt davom etadigan tirbandlik (probka) bo’yicha reytingda
birinchi o’rinda turar ekan.
Aholi tig’iz yashaydigan joylarda yashil kvartallarni tashkil qilish, turli nav
daraxtlarni ko’proq o’stirish ham havoni ifloslanishidan saqlashning muhim tadbiri
hisoblanadi. Yashil o’simliklarning bu ishda ahamiyati serqirradir. Ular havodagi
chang va gazlarni o’zida tutib qoladi, korbanad angidridni yutib, kislorod ajratadi.
Quyoshli kunda sathi 1 gektarga teng bo’lgan o’simliklar sutkasida 280 kg gacha
korbonat angidridni yutib 220 kg. gacha kislorodni ajratib chiqaradi. Shaharlardagi
daraxtzor bog’lar havosidagi chang ko’kalamzorlashtirilmagan joyga qaraganda
yozda 42%, qishda esa 37% kam bo’ladi. O’simliklar havodagi oltingugurt gazini
60% gacha ushlab qolib, o’z to’qimalarida uni sulfatlar ko’rinishida to’playdi.
O’simliklarning yana bir xususiyati, ularnig o’zidan fitontsitlar ajratib chiqarib,
havoni protogen zamburug’lar va bakteriyalardan tozalashdir. Yashil osimliklar
shaharning mikroiqlimini motadillashtirishda muhim rol o’ynaydi. Daraxtlar issiq
paytlarda atmosferaga ko’p suv bug’lari chiqarib, havo namloigini 20-30 % ga
oshiradi. Bu esa shahar havosini asfalt, beton va g’ishtlar haroratidan qizib ketishdan
saqlaysdi. Shahardagi daraxtlar shuningdek tovush to’lqinlarini yutib, shovqinni
pasaytiradi. Bu esa, o’z navbatida, insonlar asabini tinchlantirish hamda ularning
mehnat qobiliyatlarini oshirishda muhim rol tutadi.
Atmosfera havosini yaxshilash bugungi kunning eng dolzarb masalasiga
aylangan. Tiriklik uchun bunday jarayonning sabablari va yechimlarini izlash har bir
davlatning ustuvor vazifasidir.
Xulosa etib aytadigan bo’lsak, transport vositalaridan chiqayotgan zaharli
tutunlarning insonlar va atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida
transport vositalari dvigatellarining motor tsilindrlarida paydo bo’ladigan zaharlar
kuchini neytrallash; shaharlarda odamlar gavjum bo’lgan joylarda er osti va er usti
yo’llarini qurish; shahar aeratsiyasini yahshilash maqsadida to’g’ri ravon magistral
yo’llarni ko’paytirish; charroxalarda transport oqimining to’xtab qolishiga yo’l
qo’ymaslik; qo’shimcha ko’prik tipidagi yo’llarni qurishni rivojlantirish; ko’cha
chetlarida loyiha asosida ko’plab daraxtlar ekish, irrigatsiya shaxobchalarini
rivojlantirish; favvoralarni ko’plab qurish kabi ishlarni bajarish lozim. Shunday ijobiy
ishlar hisobidan atmosfera havosining ancha kam ifloslanishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |