4-BOB. AERODROMLAR YERUSTI MASHINALARI VA
VOSITALARINING JIHOZLARINI ISHLATISH VA ULARGA
TEXNIK XIZMAT KO‟RSATISH ASOSLARI
§4.1. Sovutish tizimi
Sovutish tizimi ishlab turgan dvigatelning qizigan detallaridan issiqlikni
tashqi muhitga tarqatish va uni kerakli haroratda
ushlash uchun xizmat qiladi
va bu sun‘iy ravishda suyuqlik (suyuqlik bilan sovitish) yoki havo yordamida
(havo bilan sovutish) sovutish bilan amalga oshiriladi.
Ishlash tartibi.
Ishlayotgan dvigatel silindrlari ichidagi gazlarning
o‘rtacha harorati 2000 °C atrofida. Ish jarayonida silindr devorlari, porshen va
silindrlar kallagi gazlar ta‘sirida qiziydi. Agarda dvigatel sovutilmasa,
ishqalanuvchi detallar
orasidagi moy pardasi kuyadi, natijada detallar eyilishi
ortadi, porshenning kengayishi tufayli tiqilib qolishi yoki boshqa biror nuqson-
lar kelib chiqishi mumkin. Issiqlikning tashqi muhitga ortiqcha tarqatilishi ham
yoqilg‘i aralashmasi tayyorlash jarayonining yomonlashuviga,
buning na-
tijasida dvigatel quvvatining pasayishi va tejamkorligining yomonlashuviga
olib keladi. Buning ta‘sirida moyning moylash xususiyatlari yomonlashadi, na-
tijada ishqalanish uchun quvvat ortiqcha sarflanadi. Dvigatelning past harorat-
da ishlashi yoqilg‘ining to‘liq yonmasligiga olib keladi, natijada yonish kamer-
asining devorlarida katta miqdordagi kuyindi qatlami hosil bo‘ladi.
Dvigatel me‘yorda ishlashi uchun sovutuvchi suyuqlikning harorati 80-90
°С bo‘lishi lozim, o‘rganilayotgan dvigatellar suyuqlik majburiy
aylantiriladigan sovutish tizimiga ega.
Suyuqlik bilan sovutish tizimi silindrlar bloki va kallagini sovutuvchi suv
g‘ilofi (6) bilan radiator (2), suv nasosi (9), shamol parragi (3),
yordamchi
qurilmalar (termostat) (4), ulovchi shlanglar, to‘kish jumraklari (7) va (10),
termometr (5)ni o‘z ichiga oladi.
Dvigatel ishlab turgan paytda sovutish tizimidagi suvni majburiy
aylantirish, radiatorning pastki idishidan
suvni olib uni bosim ostida, silindr
devorlarini sovutish uchun haydaydigan markazdan qochma suv nasosi (9)
yordamida amalga oshiriladi. Shundan keyin suv teshiklar va kanallar orqali
silindrlar kallagining suv g‘ilofi tomon harakatlanadi. Kanallar bo‘ylab suv
oqimi qattiq qizish sharoitidagi klapan uyalarining
ulagichlari tomon hara-
katlanadi. Sovuq dvigatelda suv radiator orqali aylanmasdan, suv g‘ilofidan
suv nasosiga termostat yordamida yo‘naltiriladi (kichik aylana bo‘ylab), qizi-
gan dvigatelda radiatorning yuqori idishiga yo‘naltiriladi (katta aylana
bo‘ylab). Radiatorning yuqori idishi (2)dan suv pastki idishiga ko‘p
sonli
naychalar orqali o‘tayotganda shamol parragi tomonidan sun‘iy hosil qilingan
va tabiiy hosil bo‘layotgan havo oqimi ta‘sirida soviydi. Radiatorning pastki
idishidan suv yana dvigatelning suv g‘ilofiga nasos yordamida haydaladi.
G‘ilofdan sovutish uchun chiqarilayotgan va unga kirayotgan suvning harorati-
dagi farq harakat tezligi yuqoriligi tufayli unchalik katta emas (4-7 gradus) va
bu dvigatelni bir zayilda sovutish uchun qulay sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: