komponentlarining funksional va morfologik o‘zgarishlari orqali ifodalanadi. Agar
ta’sirlovchi faktorga javoban hujayra tinch holatdan o‘ziga
xos boigan funksiyani
(sekretsiya, 0‘tkazuvchanlik, qisqarish va boshqalarni) bajarishga о Isa, bunga
hujayra qo‘zg‘aluvchanligi deb ataladi.
Hujayra qo‘zg‘aluvchanligi
ta’sirlanuvchanlikning yuqori formasidir. Hujayra
o‘zi uchun adekvat (mos) ta’sirdan tashqari normal holatda uchramaydigan va uning
uchun favqulodda bo‘lgan ta’sirlovchi faktorlarga duch keladi. Bu turdagi
qo‘zg‘atuvchilarga ionlovchi nurlar, temperatura, mexanik va boshqa ta’sirlar kiradi.
Tabiiyki, ta’sirlovchi faktorlar turli vaqt davom etgani singari.
hujayraning ularga
javobi ham har xildir. Yirik sitolog D.N.Nasonov va uning o‘quvchilari uzoq yillar
davomida hujayraning turli ta’sirlarga javobini o‘rganishgan. Buning natijasida
D.N.Nasonov paranekroz konsepsiyasini yaratdilar. Hujayraga turli faktorlar
(temperatura, ionlovchi nurlar, gipoksiya va boshqalar) ta’sir kilganda hujayraning
ularga javobi prinsipial bir xil boiadi. Bu o‘zgarishlar yadro
va sitoplazma kolloidi
dispersligining o‘zgarishidai iborat. Sitoplazmaning yopishqoqligi, bo‘yoq bilan
bo‘yalishi oshadi, uning muhiti o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar yiglndisiga paranekroz
deyiladi. Paranekroz boshlanish davrida ta’sirlanish to‘xtatilsa, orqaga qaytadi. Uzoq
va kuchli ta’sirlanish natijasida hujayra nobud boiadi. Paranekroz hujayraning olimi-
nekrozga o‘tishda bir bosqich hisoblanadi. Hujayra organoidlari shikastlovchi
ta’sirlarga turlicha sezgi bilan javob beradi. Eng sezgir
organoidlar mitoxondriya,
Golji kompleksi, silliq endoplazmatik to‘r membranalari, hujayra qobiglning maxsus
strukturalaridir. Granulyar endoplazmatik to‘r, yadro qobigl shikastlovchi
ta’sirlovchiga anchagina chidamli boiadi. Hujayra harakati ta’sirot bilan uzviy bogiiq
boiib, harakat ta’sirchanlikning tashqi ko‘rinishidir. Harakat hujayra ichida modda
almashinuvining o‘zgarishi natijasida hosil boiadi. Harakatning eng oddiy turi sikloz
hisoblanadi. Bu harakatda sitoplazma ichida organoidlarning va boshqa
tuzilmalarning siljishi kuzatilib, hujayra tashqi tarafdan harakatsiz ko‘rinadi. Bu
harakatga misol qilib mitoz boiinish davrida sentriolalaming
va xromosomalaming
siljishini olish mumkin. Sitoplazma
yopishqoqliginipg oshishi (zoldan gel holatga
o‘tishi) harakatni sekinlashtirsa, yopishqoqligining pasayishi (geldan zolga oiishi)
siklozni kuchaytiradi. Amyobasimon harakat bir hujayrali hayvonlar bilan ko‘p
hujayrali hayvonlarning ba’zi hujayralariga xosdir. Amyobasimon harakat qilish oq
qon
tanachalari-leykotsitlarga, biriktiruvchi to‘qima hujayralari - makrofaglarga
taalluqli boisa ham, ammo regeneratsiya davrida organizmning mutlaq ko‘pchilik
hujayralari shu yoi bilan harakat qilishi mumkin. Amyobasimon harakat davrida
hujayralar yolg‘onoyoq (psevdopodiya) hosil qilib, shu yolg‘onoyoqlarga
hujayra
tanasining borliq tuzilmalari qo‘yiladi. Natijada hujayra yolg‘onoyoq uzunligi
bo‘yicha harakat qiladi. Kiprikchalar va xivchinlar yordamida harakat qilish hayvon
va o‘simlik hujayralarida kuzatiladi. Nafas yoilaridagi kiprikchalar harakati natijasida
bu yoilarga tushgan yot moddalar tashqariga chiqarib yuboriladi. Bachadon
naylaridagi kiprikli epiteliy tuxum hujayraning harakatini ta’minlaydi. Kiprikchalar
kelishib harakat qiladi, ya’ni bir kiprikchadan so‘ng
keyingisi qisqarib, yalpisiga
toiqinsimon harakatni yuzaga keltiradi. Xivchinlar yordamida erkak jinsiy hujayralari
- spermatozoidlar harakat qiladi. Evolyusion taraqqiyot davomida harkatning eng oliy
formasi- mushak harakati shakllanadi. Bu harakatni silliq mushak hujayralari va
ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalari bajaradi. Bunday harakat maxsus oqsillar - aktin
va miozinning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: