O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Fakultet:
Kimyo
Magistratura talabasi:
Yo‘lliyev D.T.
Kafedra:
Fizikaviy kimyo
Ilmiy rahbar:
t.f.d. Qodirov A.A.
O‘quv yili:
2019-2022
Mutaxassisligi:
5A140501 – Kimyo
(fan yo‘nalishlari bo‘yicha)
“Gidroslyuda va montmorillonitni modifikatsiya shakllari asosidagi burg‘ilash
eritmalarini
stabillash va koagulyatsiyasini tadqiq qilish”
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
– mahalliy xom-ashyolar
va chiqindilar
asosida burg‘ilash eritmalarining modifikatsiyalangan tarkibini yaratish hisobiga neft-gaz
burg‘ilash ishlarining samaradorligini oshirish.
Tadqiqotning maqsadi:
Mahalliy gidroslyuda - montmorillonit
gilmoyalar va suvda
eruvchan polielektrolitlar asosida modifikatsiyalangan burg‘ilash eritmalarini tayyorlash va
kolloid-kimyoviy xossalarini tadqiqot qilish.
Tadqiqotning vazifalari:
– «Dautash» konidan olingan bentonitning mineralogik va
fizik-kimyoviy xossalarini
o‘rganish.
– gidroslyuda va montmorillonit suspenziyalarini suvda eruvchan polielektrolitlar bilan
stabillash va barqarorlashtirish.
– ishlab chiqilgan burg‘ilash eritmalarini amaliyotga tadbiq qilish.
Tadqiqotning obekti:
«Dautash» va «Navbahor»
koni bentoniti, K-4, nitron tola
chiqindisi, Na-karboksimetilselluloza. K-K-9, SFM.
Tadqiqotning predmeti:
yangi “Dautash” konidan olingan
bentonit gilmoyasini suvda
eruvchan polielektrolitlar bilan barqarorlashtirish va olingan burg‘ilash eritmasining kolloid-
kimyoviy xossalarini o‘rganish.
Ilmiy yangiligi:
–
«Dautash» konidan olingan montmorillonit gilmoyasining mineralogik va kolloid-kimyoviy
xossalarini (tarkib, zichlik, qovushqoqlik,
filtratsiya, pH, barqarorlik)tadqiqot qilish.
–
Bentonit gilmoyalari suspenziyasini suvda eruvchan polielektrolitlar bilan stabillash.
–
«Navbahor» bentoniti asosidagi suspenziyani yangi polielektrolit bilan stabillash va kolloid-
kimyoviy xossalarini (qovushqoqlik, filtratsiya, realogiyasi) tadqiqot qilish.
–
Yog‘-moy sanoati ikkilamchi xomashyosi soapstokdan olingan anion sirt faol modda (SFM)
va karboksimetilselluloza (KMS) birgalikda qo`llanilishi natijasida ularning “sinergizm”
hodisasi namoyon qilishi aniqlangan.
–
«Dautash» konidan olingan montmorillonit gilmoyasi asosida burg`ilash eritmasi tayyorlash
va gidroslyudali burg‘ilash eritmalari bilan solishtirish.
Ish tuzulmasining tavsifi:
Dissertatsiya tarkibiga kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 82 betni tashkil qiladi.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 1 ta ilmiy maqola va 1 ta tezis ma’ruzalari nashrdan chiqarilgan.
Ilmiy rahbar:
t.f.d. Qodirov A.A.
Magistratura talabasi:
Yo‘lliyev D.T.