Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №20 (том 5)


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet379/402
Sana11.07.2022
Hajmi20,94 Mb.
#774459
TuriСборник
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   402
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Ноябрь 2021. Том 5

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 
1. Baldwin R 2018 The Great Convergence: Information Technology and the New 
Globalization Case: "Sistema" Charitable Foundation (Moscow) 
2. Sigov V I, Pesotskiy A A 2017 Economic security of the region: contemporary 
methodological aspects Bulletin of Civil Engineers 6(65) 328-332 


925 
ФИО автора:
Kabulov Zoxidjon Ziyot o’gli
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Magistratura bo’limi, 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi tarix mutaxassisligi
2-kurs magistranti
Название 
публикации:
«O’ZBEKISTONDA 
SOVET 
QATAG’ONLIK 
SIYOSATINI O’RGANISHDA ARXIV XUJJATLARIDAN FOYDALANISH 
(JIZZAX SHAHRI VA SH. RASHIDOV TUMANI MISOLIDA)» 
Annotasiya: 
Maqolada 1937-1938 yillarda Jizzax shahri va Sharof Rashidov 
tumanidan arzimagan sabablar bilan otuvga hukm qilingan insonlar haqida 
ma’lumotlar berilgan.
Tayanch so’zlar: 
NKVD, “Uchlik”, trotskiychilik, “Milliy ittihod”, “Shoʻroi 
Islom” GULAG, “temir narkom”, qa’tag’onlik, qatag’on qurbonlari, “arxiv xujjatlari, 
“xalq dushmani”, “sobiq quloqlar” 
 
Juda ko’plab yurtdoshlarimizning o‘limiga sabab bo‘lgan sobiq sovet tuzumi 
davrida amalga oshirilgan qatag’onlik siyosati asosan hujjatlarda aks etgan. Shuning 
uchun qatag’onga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o’rganishda 
arxivlarning o’rni ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki 
qatag’onlik davriga oid arxiv xujjatlarini, bayonnomalarni o’rganishda ehtiyotkorlik 
bilan foydalanish kerak sababi o’sha davrda arxiv hujjatlari NKVD (Ichki ishlar xalq 
komissarligi) nazoratida edi.[ U. Jumayev. O’zbekistonda arxiv ishi tarixi]
Vazirlar Mahkamasining “Qatagʼon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va 
hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida qatagʼon qurbonlari xotirasi 
muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori va Oʼzbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Qatagʼon qurbonlarining merosini yanada chuqur 
oʼrganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar 
toʼgʼrisida”ga farmoyishining eʼlon qilinishi ushbu masalaning naqadar muhim 
ekanligini bildiradi.[1, VM, 2017-yil, №- 936], [2, F-№-5598] 
Joylarda qatagʻonni amalga oshirgan jallodlarning ish uslublari, qatagʻon qilish 
mexanizmi, jirkanch, dahshatli yoʻllari haqida taniqli jurnalist, yurist Fayzulla Qilichev 


926 
ahamiyatga molik misollar keltiradi. Masalan, mahbus Ahmadjon Ibrohimov dastlabki 
so’roq paytida birorta ham “ayb”ni tan olmaydi. Shunda OʻzSSR NKVD komissari 
oʻrinbosari Leonid Isaakovich Nemirovskiyning koʻrsatmasi bilan uni ikki sutka 
davomida qiynab tepkilab azoblaydilar.
Mahbuslar shafqatsiz qiynoqlarga solinar, kaltaklanar, boshqalar uchun 
koʻrsatmalar berishga majbur qilinganlar. Ana shunday yo’l bilan olingan qandaydir 
koʻrsatmalar asosida yangidan ommaviy qamoqqa olishlar boʻlgan. 
100—150 kishi bir xonaga haydab kelinib, ularning barchasini yuzlari devorga 
qaratib qoʻyilgan. Bu mahbuslarga talab qilinayotgan koʻrsatmalar bergunga qadar 
oʻtirishga va uxlashga ruxsat berilmagan. Xonaga yozuv stoli va yozuv-chizuv uchun 
kerakli narsalar qo’yilgan. Koʻrsatma berishni xohlaganlar oʻzlari yozib berganlar, 
shundan keyin ularga uxlash uchun ruxsat berilgan.[ R. Shamsutdinov. Qatag’on 
qurbonlari.] Tergovchilar kim koʻp urib, pachaqlash boʻyicha oʻzaro 
musobaqalashganlar. Agar tergovchi kuniga biron-bir mahbusni o’z “aybi”ga iqror 
qildirishni uddalay olmasa, u aybdor hisoblangan. Ammo qanday usul bilan koʻrsatma 
olinganiga erishgani bilan qiziqmaganlar. 
Qamoqqa olishlar kechalari hamma uyquda boʻlgan damda amalga oshirilgan. 
Hibsga olinganlarga ular qandaydir fantastik tashkilotlarga aʼzo boʻlgan, Stalin va 
boshqa sovet dohiylari hayotiga tajovuz qilish maqsadidagi suiqasdlarda ishtirok etgan, 
zavod, fabrika va elektrostansiyalarni yo’q qilishni xohlagan zararkunandalar kabi 
ayblar qo’yilgan. Koʻplab partiya aʼzolari yashirin trotskiychilikka mansublikda 
ayblanganlar. Ularning deyarli barchasi otib yuborilgan. 
Targʻibot-tashviqot tufayli oʻzligini yoʻqotgan, oʻz hayoti uchun qoʻrqib qolgan 
odamlar oʻz qoʻshnilari, birga ishlayotganlari va hatto oila aʼzolari ustidan xilma-xil, 
dahshatli yolgʻon, uydirma ayblar toʻqib NKVD organlariga murojaat qilganlar. 
NKVD organlari oldida navbat kutib tezroq chaquvni yetkazish uchun sabrsizlik bilan 
shoshilganlar ham boʻlgan. 
“Uchlik”ning vaqtinchalik kotibi vazifasini bajarib turgan P.Blinkovning 
aytishicha, joylardan kelgan bayonnomalardagi mahbuslar ishlarini koʻrib chiqish 
uchun bir daqiqadan uch daqiqagacha vaqt ajratilgan. Ayrim hollardagina besh 


927 
daqiqagacha vaqt ajratilgan. Har bir “uchlik” majlisida 500-600 tagacha ish koʻrilib, 
shuncha odamlar taqdiri hal qilinib yuborilgan. 
“Uchlik” majlislarining birida P. Blinkovga oʻzbek mahbuslari ishi 
koʻrilayotganda tarjimonlik qilish vazifasi yuklatiladi. Bir soat ichida 50 dan oshiq ish 
koʻriladi. Ayblanuvchilar asosan chet qishloqlik odamlar boʻlib, ruschani mutlaqo 
tushunmasliklari bilinib turadi. 
“Uchlik” majlisini boshqargan Apresyan va Leonov, ular yonida Romanov degani 
ham bor edi, sudlanuvchilar olib kelinganidan boshlab aybnomani oʻqib soʻkishga 
tushib ketardilar. Onasi ham, bolasi ham, bir “sogʻ joyi” ham qolmasdi. Oʻzlari bundan 
huzur qilib qolardilar. Savol-javob ham, tarjima qiladigan narsa ham boʻlmadi. 
Sudlanuvchilar bu soʻkish va haqoratlarni tushunishmasdan qarab turishar, soʻng olib 
chiqib ketilardi. Birozdan soʻng ular otib tashlanaverardi. 
Oʻzbekiston Ichki ishlar xalq komissarligi kotibiyatining boshligʻi P. S. 
Martinenko degan shaxsning guvohlik berishicha, Apresyan va Leonovlar har bir 
xodimga qancha odam qamaganligi va qanchasidan “aybini tan oldirish” hamda 
“boshqalarga chiqish”ga erishganligiga qarab baho berganlar. Doʻndirib bajarganlar 
maqtalgan, qolganlari esa jazolangan. Oqibatda xodimlar oʻrtasida oʻziga xos, kim 
oʻzarga ishlash musobaqalari boshlanib ketgan. [R. Shamsutdinov. Qatag’on 
qurbonlari.] Demak qatag’onlik davri axrxiv hujjatlarini o’rganishda tadqiqotchilar 
tanqidiy yondashish kerak.
Oʼzbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida boʼlgani kabi Jizzax viloyati 
hududida ham ozodlik uchun kurashgan yurtimizning asl farzandlari qatagʼonlik 
siyosatining qurboni boʼlganlar. [Axror Pardayev, Akbar Majidov]. Qatag’onlik 
davrida Jizzax shahridan ham yurtimizning mustaqilligi uchun kurashgan insonlar 
qatag’on qilingan. Ularning ko’plari otuvga hukm qilingan.
1-toifa bo’yicha hukmlar ijrosi respublika xalq komissari, NKVD boshqarmasi, 
bo’lim boshliqlari koʻrsatmasi bilan vaqti va joyi yashirin holatda bajarilgan. 
Hukmning ijrosi haqidagi hujjatlar har bir hukm etilganning tergov ishiga alohida 
konvertda solib qoʻyilgan. 


928 
1-toifa bo’yicha hukm qilingan shaxslar SSSR Ichki ishlar xalq komissarligi 
davlat lagerlar boshqarmasi (GULAG) xabar qilgan naryadlar asosida amalga 
oshirilgan.
SSSR Ichki ishlar xalq komissari, “temir narkom” nomini olgan Nikolay Yejov 
tomonidan 1937 yil 30 iyuldagi “Sobiq quloqlar, jinoyatchilar va boshqa sovetlarga 
qarshi unsurlarni qatag’on qilish operatsiyasi to’g’risida”gi 00447-sonli mutlaqo 
maxfiy operativ buyruqqa muvofiq 1937 yil 10 avgustdan 1938 yil 1 yanvargacha 
boʻlgan vaqtda O’zbekiston bo’yicha jami 10700 kishi qamoqqa olingan, ulardan 3613 
kishi 1-toifa bo’yicha otuvga, 7087 kishi 2-toifa bo’yicha 8-10 yil qamoq jazosiga 
hukm qilingan.[R. Shamsutdinov. Qatag’on qurbonlari.]
Rustam Shamsutdinovning “Qatag’on qurbonlari” asarida (2-qism) quyidagi 
insonlar Jizzax shahri va Sh. Rashidov tumani (Stalin tumani, Jizzax tumani) [Axror 
Pardayev, Akbar Majidov] dan otuvga hukm qilinganligi haqida ma’lumotlar 
keltirilgan. 
Sulim Semen Georgiyevich – Samarqand stansiyasi davlat xavfsizligi 
boshqarmasi taqdim etgan 3229-sonli ish boʻyicha otuvga hukm qilingan. 1893 yili 
tugʻilgan, Poltava gubernasi Kabelyas uyezdi Belyani qishlogʻidan, sobiq pomeshchik, 
hibsga olingunga qadar Jizzax stansiyasida chipta kassiri boʻlib ishlagan. Grajdanlar 
urushi yillarida sovet hokimiyatiga qarshi faol kurash olib borganlikda, Chernishining 
jazolash otryadida boʻlib kommunist va dehqonlarni otishda qatnashganlikda, targʻibot 
olib borganlikda ayblangan. 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim qilgan 5109-sonli ish boʻyicha Egamberdiyev Toʻra 
(1889 yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, quloqqa tortilgan, 1931 yili davlat majburiyatini 
bajarmagani uchun 3 yil qamoqqa hukm etilgan, hibsga olingan vaqtda yakka xoʻjalik) 
otuvga hukm etilgan. Aholi orasida aksilinqilobiy, magʻlubiyatchilik targʻiboti olib 
borganlikda, ochlik toʻgʻrisida mish-mishlar tarqatganlikda ayblangan. 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim qilgan 5126-sonli ish boʻyicha Xidirov Joʻraboy 
(1875 yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, quloqqa tortilgan, 1928 yili aksilinqilobiy 
faoliyati uchun 3 yil qamoqqa hukm etilgan. 1933 yili yana aksilinqilobiy faoliyati 
uchun 3 yil qamoqqa hukm etilgan, hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi) otuvga hukm 


929 
qilingan. Kolxozchilar orasida aksilinqilobiy, magʻlubiyatchilik targʻiboti olib 
borganlikda, kolxozchilarni kolxozdan chiqishga daʼvat etganlikda ayblangan. 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim qilgan 4889-sonli ish boʻyicha Hamidov Odil Qori 
(1872 yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, diniy marosimlar xizmatchisi, imom) otuvga 
hukm qilingan. Aholi orasida aksilinqilobiy magʻlubiyatchilik targʻiboti olib 
borganlikda, xotin-qizlar ozodligiga qarshi gapirganlikda ayblangan. 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim qilgan 5124-sonli ish boʻyicha Xalilov Fozil (1877 
yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, quloqqa tortilgan, 1934 yili paxta maydonlarida 
zararkunandalik qilgani uchun 3 yil qamoqqa hukm etilgan, hibsga olingan vaqtda 
kolxoz aʼzosi) otuvga hukm qilingan. Aholi orasida aksilinqilobiy, magʻlubiyatchilik 
targʻiboti olib borganlikda ayblangan. 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim qilgan 4888-sonli ish boʻyicha Bobojonov Mulla 
Egamberdi (1889 yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, diniy marosimlar xizmatchisi, imom) 
otuvga hukm qilingan. Aksilinqilobiy “Milliy ittihod” va “Shoʻroi Islom” 
tashkilotlarining aʼzosi, aholi orasida magʻlubiyatchilik targʻiboti olib borganlikda, 
fashistik tuzumni maqtaganlikda ayblangan. 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim qilgan 5133-sonli ish boʻyicha Hamdamov Abdulla 
(1907 yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, 1916 yilgi Jizzax qoʻzgʻoloni vaqtida oʻldirilgan 
chor podshosi sobiq mansabdorining oʻgʻli, 1922 yildan 1933 yilgacha VLKSM aʼzosi, 
javobgarlikka tortilishi munosabati bilan oʻchirilgan, aksilinqilobiy faoliyati uchun 3 
yil qamoqqa hukm etilgan, hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi) otuvga hukm etilgan. 
Kolxozchilar orasida kolxozga qarshi targʻibot olib borganlikdda, xalqlar dohiysi 
shaʼniga terrorchilik maqsadlarini aytganlikda ayblangan. 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim qilgan 5110-sonli ish boʻyicha Rahmonqulov Rashid 
(1881 yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, quloqqa tortilgan, 1929 yili davlat majburiyatini 
bajarmagani uchun 5 yil qamoqqa hukm etilgan. 1932 yili targʻiboti uchun 3 yil 
qamoqqa hukm etilgan, hibsga olingan vaqtda yakka xoʻjalik) otuvga hukm qilingan. 
Aholi orasida aksilinqilobiy magʻlubiyatchilik targʻiboti olib borganlikda, xalq dohiysi 
shaʼniga tuhmat fikrlar bildirganlikda ayblangan. 


930 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim qilgan 4884-sonli ish boʻyicha Mamashev Nosir 
(1887 yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, sobiq politsiya xizmatchisi, VKP(b)da boʻlgan 
1918 yili ijtimoiy yot unsur sifatida partiyadan oʻchirilgan, 1918 yili aksilinqilobiy 
“Milliy ittihod” aksilinqilobiy tashviqot aʼzosi, 1932 yili bosmachilikdagi ishtiroki 
uchun 3 yil qamoqqa hukm qilingan, hibsga olingan vaqtda aniq mashgʻuloti 
boʻlmagan) otuvga 
hukm etilgan. Kolxozchilar orasida aksilinqilobiy, 
magʻlubiyatchilik, kolxozga qarshi targʻibot olib borganlikda ayblangan. 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim etgan 5118-sonli ish boʻyicha Sultonboev Ahmad 
(1893 yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, 1933 yili bosmachilik uchun sudlangan, 5 yil 
qamoqqa hukm etilgan, hibsga olingan vaqtda kolxoz aʼzosi) otuvga hukm etilgan. 
Kolxozchilar orasida aksilinqilobiy magʻlubiyatchilik targʻiboti olib borganlikda, 
xalqlar dohiysi shaʼniga tuhmat fikrlar aytganlikda ayblangan. 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim qilgan 5112-sonli ish boʻyicha Nosirboev Ahmadjon 
(1884 yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, sobiq savdogar, aksilinqilobiy “Milliy ittihod” 
tashkiloti aʼzosi, 1932 yili aksilinqilobiy faoliyati uchun qamoqqa olingan, 7 oy hibsda 
boʻlgan, hibsga olingan vaqtda aniq mashgʻuloti boʻlmagan) otuvga hukm etilgan. 
Aholi orasida aksilinqilobiy, magʻlubiyatchilik targʻiboti olib borganlikda, xalq 
dushmanlarini maqtaganlikda ayblangan. 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim qilgan 5101-sonli ish boʻyicha otuvga hukm qilingan. 
Neʼmatov Kamolxon Eshon — 1897 yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, diniy marosimlar 
xizmatchisi, eshon. Aksilinqilobiy isyonchi guruh aʼzosi, nolegal yigʻinlarda 
qatnashib, bosmachilar guruhi tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritganlikda ayblangan. 
Jizzax rayon boʻlimi taqdim qilgan 4892-sonli ish boʻyicha Valixoʻjayev Tursun 
(1900 yili tugʻilgan, Jizzax shahridan, ruhoniy, eshon oilasidan, oʻzi savdogar, 
aksilinqilobiy “Milliy ittihod” tashkilotining aʼzosi, 1926 yildan VKP(b)ning sobiq 
aʼzosi, 1937 yili “Milliy ittihod” aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida partiyadan 
oʻchirilgan, hibsga olingan vaqtda mashgʻuloti aniq boʻlmagan) otuvga hukm qilingan. 
“Milliy ittihod” aksilinqilobiy millatchi tashkilot aʼzosi, shu tashkilot topshirigʻi 
boʻyicha 1922 yili militsiyaga ishga kirib olib bosmachilarga qurol va maʼlumotlar 


931 
berib turganlikda, aholi orasida millatchilik, magʻlubiyatchilik targʻiboti olib 
borganlikda, xalq dushmanlarini maqtaganlikda ayblangan. 
3231-sonli ish boʻyicha Rzyankin Anton Yefimovich (1888 yili tugʻilgan, Penza 
guberniyasi Nijne-Lomov uezdi Pokrovsk slobadasidan, VKP(b) aʼzosi, sobiq eser 
boʻlganligi uchun oʻchirilgan, hibsga olingan vaqtda Jizzax stansiyasi deposida 
mashinist) otuvga hukm etilgan. Milliy revolyusion harakatni bostirishda 
qoraguruhchilar guruhining faol qatnashchisi boʻlib, ishchilar orasida doimiy ravishda 
aksilinqilobiy targʻibot olib borganlikda, parovoz parkini barbod qilish boʻyicha bir 
qator qoʻporuvchilik aktlarini amalga oshirganlikda ayblangan.[R. Shamsutdinov. 
Qatag’on qurbonlari.] 
E’tibor berilsa ularning ko’pchiligi dastlab, qamoq jazosiga hukm qilinib keyin 
soxta ayblovlar bilan otuvga hukm qilingan. Ularga quyidagicha soxta ayblovlar 
qo’yilgan.

Grajdanlar urushi yillarida sovet hokimiyatiga qarshi faol kurash olib borganligi 
uchun,

1931 yili davlat majburiyatini bajarmagani uchun

Aholi orasida aksilinqilobiy, magʻlubiyatchilik targʻiboti olib borganlikda, 
ochlik toʻgʻrisida mish-mishlar tarqatganligi uchun

Kolxozchilar orasida aksilinqilobiy, magʻlubiyatchilik targʻiboti olib 
borganlikda, kolxozchilarni kolxozdan chiqishga daʼvat etganligi uchun 

Aholi orasida aksilinqilobiy magʻlubiyatchilik targʻiboti olib borganlikda, xotin-
qizlar ozodligiga qarshi gapirganligi uchun 

1934 yili paxta maydonlarida zararkunandalik qilgani uchun 

Aksilinqilobiy “Milliy ittihod” va “Shoʻroi Islom” tashkilotlarining aʼzosi, aholi 
orasida magʻlubiyatchilik targʻiboti olib borganlikda, fashistik tuzumni 
maqtaganligi uchun 

Kolxozchilar orasida kolxozga qarshi targʻibot olib borganlikdda, xalqlar 
dohiysi shaʼniga terrorchilik maqsadlarini aytgan uchun

“Milliy ittihod” aksilinqilobiy millatchi tashkilotining aʼzosi boʻlib aholi orasida 
aksilinqilobiy millatchilik targʻiboti olib borganlikda, Stalin konstitutsiyasiga 
qarshi fikr bildirganligi uchun

1929 yili davlat majburiyatini bajarmagani uchun

Xalq dohiysi shaʼniga tuhmat fikrlar bildirganligi uchun


932 

Kolxozchilar orasida aksilinqilobiy, magʻlubiyatchilik, kolxozga qarshi 
targʻibot olib borganligi uchun

Xalq dushmanlarini maqtaganligi uchun

Aksilinqilobiy isyonchi guruh aʼzosi, nolegal yigʻinlarda qatnashib, bosmachilar 
guruhi tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritganligi uchun 

“Milliy ittihod” aksilinqilobiy millatchi tashkilot aʼzosi, shu tashkilot topshirigʻi 
boʻyicha 1922 yili militsiyaga ishga kirib olib bosmachilarga qurol va 
maʼlumotlar berib turganlikda, aholi orasida millatchilik, magʻlubiyatchilik 
targʻiboti olib borganlikda, xalq dushmanlarini maqtaganlikda 

ishchilar orasida doimiy ravishda aksilinqilobiy targʻibot olib borganligi uchun 
Ba’zi hukmlarni o’qib azrizmas soxta ayblovlar bilan otuvga hukm qilingaligini 
guvohi bo’lasiz. Xususan fikr bildirganligi, taklif kiritganligi, mish-mish tarqatganligi, 
targʻiboti olib borganligi, majburiyatini bajarmaganligi, qarshi gapirganligi, 
maqtaganligi uchun otuvga hukm qilingan. Xulosa qilib shuni aytish kerakki 
qatag’onlik davrida ko’plab begunoh insonlar soxta ayblovlar bilan o’limga, uzoq 
yillik qamoq jozosiga, surgunga hukm qilindi. Ularning ko’pchiligi vatan ozodligi 
vatan ozodligi uchun kurashgan insonlar edi. 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish