49
ФИО авторов:
Nigmanov A.A.,
“UNICON.UZ” DUK, Radioaloqa, radioeshitirish va televedieniya
ilmiy tadqiqot
bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
Axrorxo‘jaev A.A.,
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, “MUT va T” kafedrasi 2-kurs magistranti
Название публикации:
«YUQORI TEZLIKLI MA’LUMOT UZATISH
TARMOQLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGIGA BUZUVCHI TA’SIRI
OQIBATLARI»
Ushbu maqolada yuqori tezlikli ma’lumot uzatish tarmoqlarida axborot
xavfsizligiga buzuvchi ta’siri oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Yuqori
tezlikli ma’lumot uzatish tarmoqlarining zaifliklarini
va uning axborot sohasiga
bo‘lishi mumkin bo‘lgan buzuvchining ta’siri natijalarini ko‘rsatkichlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
xavflar, zaifliklar,
tahdidlar, buzuvchi, xavflilik vektori, skalyar
ko‘paytma.
Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi o‘n yil ichida global
telekommunikatsiya sohasi jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda, bu esa
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari orasida eng yaxshi natijalardan biridir.
Bugungi kunda yuqori tezlikli ma’lumot uzatish abonentlarga kirish tarmoqlarini
joylashtirishning asosiy texnik muammosi mis yoki optik tolali aloqa liniyalari orqali
ma’lumotlar uzatishning samarali uzatilishini ta’minlaydigan
texnologiyalarni
tanlashdir. Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, yuqori tezlikli ma’lumot uzatish
(YTMUT)ning axborot xavfsizligini ta’minlash (AXT) mummosi kompleks harakterga
ega va uni yechishda axborot xavfsizligi (AX)ning turli aspektlarini ko‘rib chiqish
bilan tizimli yondashishdan foydalanish zarur. Shuning uchun umumiy foydalanish
telefon tarmoqlarining (UfTT) xavfsiz ishlashini ta’minlash, umuman olganda sezilarli
darajada YTMUTning AXT masalalarini ishlab chiqishga bog‘liq.
50
Umumiy holda, YTMUTning AXT Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi (XTI)
AXT bo‘yicha talablar va qoidalardan tashkil topgan tavsiyalari va ishlab chiqilgan
xavfsizlik siyosatiga muvofiq butun kompleks tadbirlarni o‘tkazilishini talab qiladi.
YTMUTning xavfsizligini ta’minlash muammosining eng muhim tomonlaridan
biri ularning xavfsizligiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar, zaifliklar va xavflarni
aniqlash, tahlil qilish va tasniflash hisoblanadi. Tahdidlar va zaifliklar ro‘yxati,
ularning amalga oshirilish ehtimolliklarini baholash, shuningdek buzuvchining modeli,
YTMUT xavfsizligiga xavflarni tahlil qilishni o‘tkazish va baholash usullarini ishlab
chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
YTMUTda ma’lumotlarni kafolatlangan himoyalanishini ta’minlash uchun
ularni himoyalash maqsadlarini shakllantirish va himoyalashni ta’minlaydigan zarur
choralar ro‘yxatini aniqlash zarur bo‘ladi.
Qonuniy foydalanuvchining noqonuniy amallari – bu turdagi tahdidlar o‘z
vakolatlaridan foydalanish bilan ularning lavozimiy
majburiyatlari doirasidan
chiqadigan amallarni bajarishga urinadigan tarmoqning qonuniy foydalanuvchilaridan
kelib chiqadi.
Noqonuniy amallarni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi ham amalga oshirishga
urinishi mumkin. Mavjud statistika tarmoqning xavfsizligini buzishga barcha
urinishlarning salkam yarmi aynan tarmoqning qonuniy foydalanuvchilari
hisoblanadigan korxona xodimlaridan kelib chiqishini ko‘rsatadi.
AX zaifliklari, tahdidlar va xavflar o‘ziga
xos xarakterga ega, barchasi
ma’lumotlarni uzatish muhiti, uzatiladigan ma’lumotlar tarmog‘ining tuzilmasi,
tarmoqning vazifasi va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.
YTMUTning zaifliklarini va uning axborot sohasiga bo‘lishi
mumkin
buzuvchining ta’sirini aktiv tadqiqot qilish natijasida bo‘lishi mumkin. Buzuvchi
ta’siri oqibatlari
Do'stlaringiz bilan baham: