sezmabdimi? Yoki bilsa ham, bilmaslikka olibdimi? — deb edi,
Arasan yuragi
chiqqanidan, uzangisini tepib egarda tik turganini o‘zi ham sezmay qoldi.
Ayg‘oqchi Arasan voqeaning qanday sodir bo‘lganini xonga tushuntirib
bermoqchi bo‘lib endi og‘iz juftlagan edi, xon uning poyma-poy so‘zlarini qahr
bilan kesib dedi:
— O’chir! Oradan biroz vaqt o‘tgach xoqon jahd bilan so‘radi:
— O’sha manjalaqining eri-ku yo‘q ekan, aravada tug‘ib olgan xotin kim ekan
o‘zi — oshpazmi, go‘laxmi, molboqarmi?
Xoqon tug‘ib qo‘ygan ayolning bayroqlarga gul tikadigan kashtado‘z ekanini bilib
juda hayron qoldi, kimningdir bu ish bilan shug‘ullanishini, kimningdir shohona
bayroqlarni bichib, zar bilan
gullar solib bezab tikishini, shuningdek kimningdir
xon etigini tikkanini yoki umr bo‘yi rohatini ko‘rib kelgan o‘tovlarning kimningdir
oyoqqa turg‘izganini hech qachon o‘ylab ham ko‘rmagan ekan. Oldinlari bunday
ikir-chikir, mayda narsalar haqida o‘ylashni o‘ziga ep ko‘rmagan edi. Nima bo‘pti
— bayroq degani xoqonning qo‘shinlarida har doim bo‘lgan: askar qo‘nim olgan
joylarda deysizmi, yurib ketayotgan otliq askarlarning qo‘llarida yoki ziyofat
berilayotgan joylarda deysizmi, bayroqlar yoqib qo‘yilgan
gulxanday xon
kelishidan oldinoq yal-yal yonib hilpirab turgan. Hozir ham shunday — xoqonga
oq yo‘l tilab bayroqdorlar otlarini gijinglatib hammadan oldin borishmoqda.
Jahongir G’arbga tomon yurish qilib borayotgan ekan, o‘zgalarning bayroqlarini
oyoq osti qilib, o‘z tug‘larini tikish ilinjida ketayotir. Shunday bo‘ladi ham.
Dunyoni zabt etish uchun xoqon bilan birga borayotgan har qanday kishi bir oz
bo‘lsa ham itoatsizlik qilsa, o‘lim jazosiga mubtalo bo‘ladi, vassalom. Itoat
qildirish uchun jazolash bir kishining ko‘pchilik ustidan hukmron bo‘lishining
hamishalik qurolidir.
Lekin kashtado‘zning qilmishi aniq. U jazosini tortadi, biroq bu ishda yana kimdir
arava yoki qo‘shinda yurgan biron yigit aybdor albatta... O’sha kim ekan?
Endi Chingizxonning fe’li aynidi, qovog‘i osilib, rangi o‘chdi, silovsin ko‘zlariday
qo‘rqinchlik ko‘zlarini o‘qraytirib, uzangini chiranib bosdi-da, egarda dong
qotganday o‘tirib qoldi. Har qancha shoshilinch ishi bo‘lganlar
ham xoqonning
yoniga yo‘lay olmay qoldi, uning bu qadar jahli chiqishiga sabab o‘sha kashtachi
bilan qandaydir o‘ynashining qatag‘on shartlarini buzib gunohi azimga qo‘l
urganigina emas edi, bu voqea xoqonning dilida achchiq, o‘chmas va uyatli iz
qoldirgan butunlay boshqa bir tarixni esiga soldi.
Yoshligida bo‘lib o‘tgan voqeani eslab yurak-bag‘ri qon bo‘ldi. Otasiz o‘sgan
Temuchin davri kelib Rub’i maskunning hukmroni bo‘lishini hech kim, hatto o‘zi
ham xayoliga keltirmagan. O’shanda bo‘z bolalik paytida og‘ir bir isnodga
qolgan. Bolaligidayoq ota-onalari unashtirib qo‘yishgan qaylig‘i Bo‘rteni
uylanganiga bir oy bo‘lmasdanoq qo‘shni merkit qabilasi bostirib kelib o‘g‘irlab
ketgan. Temuchin merkitlarga hujum qilib xotinini qutqarib kelguncha oradan
talay kun o‘tadi, xon dunyoga hukmron bo‘lmoq, taxtda o‘tirib o‘z nomi-ni abadiy
yuksaklikka ko‘tarmoq uchun, hamma o‘tgan narsalarni unutmoq uchun ko‘p
ming qo‘shin bilan G’arbga yurish qilayot-gan hozirgi paytda ham o‘sha
mudhish kunlarni eslashga yuragi betlamadi. O’shanda
kechasi merkitlar uch
kunlik qon-li jangdan so‘ng ayovsiz hujumga bardosh berolmay faqatgina o‘z
jonlarini saqlab qolish uchun uyur-uyur yilqilari-yu, qarorgohlarini tashlab
qasosdan qo‘rqib tum-taraqay qochib keta boshladilar. Qasos haqidagi
qasamda bunday deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: