Reja kirish soliqlar va ularning mohiyati


Soliqlarning funksiyalari va vazifalari



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana10.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#771668
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Soliq imtiyozlari va ularning amal qilishi

Soliqlarning funksiyalari va vazifalari
. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati
davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi obyektiv
majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi.
Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, milliy
daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar
qilishga xizmat qiladi.
6
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi.
Har bir iqtisodiy kategoriyaning o’z funksiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil
kategoriya sifatida o’zi bajaradigan funksiyalarga ega bo’lib, bu funksiyalar
soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, 
odatda, kategoriyaning hayotda ko’p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy 
harakatlarini tushunish lozim.
Soliqlarning funksiyalari to’g’risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq
sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o’rtasida soliqlar ikki funksiyani
bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va
nazorat funksiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko’ra, eng asosiy funksiya – 
bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki usiz nazorat funksiyasi mavjud
bo’lishi mumkin emas.
6
A. V. Vahobov, A. S. Jo’rayev Soliqlar va soliqqa tortish.-T.:”Fan” nashriyoti, 2012. 


19 
G’arb iqtisodchilari ko’pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi
J. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi. Bu konsepsiyaga ko’ra, soliqlar fiskal
funksiyadan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag’batlantirish va
daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari
uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o’sishni ta’minlash
vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo’nalishi vakillari bo’lgan L. Xarrot, N. Kador, A. 
Xansen va P. Samuelsonlarning fikriga ko’ra, soliqlar iqtisodiyotni tartibga
solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o’zgartirish va turli imtiyozlar
berish yo’li bilan bu funksiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar.
7
Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasining yuzaga kelishiga
fransuz iqtisodchisi B. De Jirardenning nazariyasi asos bo’lgan. Bu nazariyaga
ko’ra, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo’llash
yo’li bilan jamiyat a’zolari o’rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish
mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo’lib amerikalik
iqtisodchilar A. Ilesik, G. Koul, fransuz iqtisodchilari M. Kludo, A. Furaste
hisoblanishadi. Ularning fikriga ko’ra, davlat soliqlardan va transfert
to’lovlaridan foydalanish yo’li bilan jamiyat milliy daromadini kambag’allar
foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga
solish funksiyasi mavjud degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
8
I.Magliyaning fikriga ko’ra, soliqlar uch funksiyani bajaradi, ya’ni fiskal, 
taqsimlash va rag’batlantirish. Uning ta’kidlashicha, birinchi funksiya davlat
daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog’liq, ikkinchisi huquqiy va
jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. 
Rag’batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo’li bilan
amalga oshiriladi.
7
Alimardonov M., Kuzieva N. Soliqlar va soliqqa tortish.O’quv-uslubiy qo’llanma.-T.:IQTISOD-MOLIYA’’,2007. 
8
Isroilov B. Soliqlar hisobi va tahlili, moammolari va yechimlari,-T.:”Buxgalter kutubxonasi”,2006. 


20 
O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, g’arb iqtisodiy adabiyotlaridagi
daromadlarni boshqarish funksiyasi I.Malmigiyanda taqsimlash funksiyasi
sifatida namoyon bo’lmoqda.
Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat
qilayotganligini ko’rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq
mohiyatini ko’rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo’lib, ertaga yo’q bo’lib
ketadigan holatlar soliq funksiyasi bo’la olmaydi. Demak, funksiya
kategoriyasi doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi.Shunday
uslubiy yondashishdan kelib chiqib, soliqlarni funksiyasini aniqlash kerak.
Soliqlarning funksiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin
yagona bir fikrga kelingan emas. Ko’pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal,
boshqaruvchi, rag’batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi.
Bizning fikrimizcha , soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib
ko’rsatish maqsadga muvofiqdir:
9
1. Fiskal funksiyasi.
2. Tartibga solish funksiyasi.
3. Rag’batlantirish funksiyasi.
4. Soliqning nazorat funksiyasi.
5. Qayta taqsimlash funksiyasi.
1. Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hsoblanib (lotincha 
<> so’zidan olingan bo’lib, xazina ma’nosini anglatadi), bu
funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya
resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy
sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir
bo’lagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish
sohasining umuman o’z daromadlari manbayiga ega bo’lmagan qismini
(ko’pgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqa)
yoki lozim darajada rivojlanishini ta’minlash uchun o’zining mablag’i
yetishmaydigan tarmoqlarni (fundamental organ, teatrlar, muzeylar, ko’plab
9
Abdurahmonov O. Soliq islohatlari: izchillik va tadrijiylik. T.: ”Akademiya" , 2005 


21 
o’quv yurtlari va h.k) saqlab turish maqsadida undirib olish yo’li bilan davlat
byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiskal fuksiyasining eng
muhim elementi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati
oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-
texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan, asosan, soliqlar hisobiga
shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko’paytirishning real zarurati
yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko’proq e’tibor bergan
sari ko’p moliyaviy resurslarni sarflamoqda, lekin soliq tizimi o’zining fiksal
funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish o’sishiga,
jamg’arish jarayoniga xalal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda
xalq xo’jaligining umumiy tuzilmasida buzilishlar va chetga chiqishlar sodir
bo’lishiga yo’l qo’ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak.
Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali hosil bo’ladigan pul resurslari davlat
fondi (davlat byudjeti) orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga
yo’naltiriladi.
Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan shaxslar uchun
soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv 
stavkalar belgilash ham qo’llaniladi, ya’ni aholining kam daromad oladigan
qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarning bir qismi qayta
taqsimlanadi. Bunday yondashuvlar soliqqa tortiladigan daromad
aniqlanayotganida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdordagi daromad
qo’shilmaydi, ayni paytda ortiqcha daromadlar soliqqa yuqori progressiv
stavkalar bo’yicha tortiladi.
Soliqlarning ko’pchiligi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida
yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda joylarda korxonalar
faoliyatining iqtisodiy shart-sharoitlarini o’zgartirishga majbur etib, moliyaviy
resurslarni makrodarajada qayta taqsimlashga olib keladi.
2. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida


22 
soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga
soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni
ishlab chiqarish, sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu
bilan xalq xo’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun
muayyan <>ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali soliq tizimiga
ta’sir ko’rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini
rag’batlantiriladi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan boshqa
tarmoqqa qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining
to’lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor
sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish
usullari yo’q bo’lib ketadi yoki juda kam holda qoladi, korxonalar faoliyatini
farmoyishlar, ko’rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega
bo’lgan <> tushunchasining o’zi asta-sekin yo’qolib boradi.
Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish , uning rivojlanishini jamiyat uchun
maqbul bo’lgan yo’nalishda rag’batlantirish zarurati saqlanib qoladi.
3. Rag’batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim
funksiyalaridan biri bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy
xomashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari,
jamg’arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir
ko’rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni
rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini
jonlantirishga rag’batlantiradi. Soliqlarning rag’batlantirish funksiyasi orqali
davlat xalq xo’jaligi taraqqiyotini rag’batlantiradi, bu bilan fiskal funksiyani
bajarish uchun bazani kengaytiradi, ishlab chiqarishni soliqlarning
rag’batlantirish funksiyasi orqali rag’batlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini
olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xo’jalik yurituvchi
subyektlarning erkin faoliyat ko’rsatishi ta’minlanadi.
4. Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim
etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari


23 
va h.k. tegishli sobiq ko’rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek
murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq
hisobi shakllari orqali soliq to’lovchilar o’zlarining soliq majburiyatlarini
qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ushbu
jarayonlarni ta’minlash maqsadiga bo’ysunuvchi vazifalarni bajaradi.
Soliqlarning funksiyalari esa ana shu vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. 
Soliqlar bajaradigan vazifalar ko’pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida
umumiy o’xshashliklarga ega. Ana shunday an’anviy soliq vazifalariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-
umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy 
resurslar ta’minlab berish. Soliqlarning fiskallik funksiyasi ushbu vazifani hal
qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning
iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko’p jihatdan bog’liq. Bu ko’rsatkich
qanchalik yuqori bo’lsa, soliqlarning fiskallik funksiyasi shunchalik faol
bo’ladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni
qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishi
ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi;
-
mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga
ko’maklashish. O’zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifasini
bajarishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki,
hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga
yo’naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda
normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot
ishlab chiqarish sohasiga yo’naltirishning qudratli vositasi bo’lishi kerak;
-
aholining mehnat faolligini rag’batlantirish. Soliqlar deyarli barcha
mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi daromadlarini
tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan
soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish
ishchi kuchining taklifi bilan bog’liq salbiy oqibatlarning oldini olishi


24 
mumkin. O’tgan asrning 70-80-yillarida Shvetsiyada soliq stavkalarini aholi
daromadlariga proressiv ravishda qo’llash malakali ishchilarning boshqa
mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan;
-
Iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida daromadlarni
ta’minlashning samaradorlik va adolat tamoyillari o’rtasidagi muvofiqlikka
erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining
xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin
yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo’yilmalarini amalga oshirar
ekan, ular o’zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari
va stavkalari barqaror va tez-tez o’zgarmaydigan bo’lishi darkor. Soliq
tizimiga mustahkam ishonch bo’lmagan taqdirda uzoq muddatli
investitsiyalarning harakati susayadi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, soliqlarning budjetga ijobiy ta’siridan
tashqari, muhim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan
faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning
erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va hokazolar yangi paydo
bo’lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash
zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarining tabaqalantirish
yo’li orqali hal etish mumkin. 
Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga 
qarab qisqa muddatli, o’rta va uzoq muddatli vazifalarga bo’linadi. Bu
vazifalar mazmuniga ko’ra, bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat
budjetining tushumlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki avlat
daromadlarini budjetning o’rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash
maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi
mumkin. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish