Tavsiyalar
O‘smirlarga o‘quv faoliyati bilan bog‘liq hissiy zo‘riqishlarni
oldini olish maqsadida quyidagicha tavsiya berish mumkin:
1. Hissiy zo‘riqishlarni kuchaytirmaslik uchun o‘quv topshiriqlarini o‘z
muddatida bajarish kerak.
2. Har bir muammoli vaziyatning yechimi mavjudligini, uni albatta
bartaraf etish mumkinligini unutmang.
3. Kun tartibiga qat’iy rioya qiling.
4. Turli hayotiy vaziyatlarda o‘zingizni qo‘lga ola biling.
5. Unutmang, inson nafaqat o‘z tanasini, hatto ruhiyatini boshqarish
imkoniyatiga ega. Agar qattiq ishonch, kuchli iroda, buyuk maqsad,
aqliy safarbarlik mavjud bo‘lsa, har qanday muammoni yechish
mumkin.
6. Hissiy zo‘riqishlarsiz yashash mumkin bo‘lmasada, ularni
kamaytirish, ta’siridan holi bo‘lish har bir kishining qo‘lidan keladi.
7. Stress xolati barchada mavjud bo‘lgan jarayon lekin uni depressiyaga
aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
8. Psixologlarning o’smirlar bilan ishiga psixologik hamrohlik qilish
konsepsiyasi
mutaxassislar
va
jamoatchilik
xatti-harakatlarini
o’smirlardagi shaxslilik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning
hayot faoliyatlari optimal sharoitlarini mazmuniy va tashkiliy metodik
jihatdan ta’minlashga kompleks ilmiy asoslangan yondashuvni amalga
oshirish uchun koordinasiyalashgan holda birlashtirishdan iborat.
9. O’smirlar bilan ishlovchi pedagoglar uchun kasbiy kompetentlikning
psixologik jabhalaridagi quyidagi shaxsiy mezonlar alohida ahamiyatli
ekanligi namoyon bo’ldi:
75
- pedagogning kasbiy motivasiyasi;
- pedagogning individual-psixologik xususiyatlari (o’smirlardagi
deviasiyalarga tolerantlik, empatiya, emosional ziyraklik, ta’limda
individual-psixologik yondashuvga tayyorlik);
- o’smirning individual psixologik xususiyatlarini bilish va ta’lim
jarayonini tashkil etishda uni hisobga olish;
- o’rta maxsus ta’lim muassasasi o’quvchilari o’smirlarning
shaxslilik o’sishiga nisbatan pozitiv ustanovka va uni ta’lim jarayonini
tashkil etishda hisobga olish.
10. Pedagogning dezadaptasiyalashggan o’smirni idrok etish adekvatligi
va uning kasbiy kompetentligi psixlogik jabhalari yuqori darajasi
o’rtasida korrelyasion o’zaro aloqadorlik mavjudligi aniqlandi.
11. Psixologning o’smirlardagi «Men timsoli»ni korreksiya qilish
borasidagi kasbiy faoliyatiga psixologik hamrohlik qilish mualliflik
model o’qituvchining kasbiy faoliyati samaradorligini oshiradi, bu esa
o’z navbatida o’smirlar readaptasiyasi va ijtimoiylashuviga zamin
yaratadi.
12. O’qituvchilar va mutaxassislarning bevosita bolalar va o’smirlar
bilan bog’liq ko’p rejali o’zaro ta’sirini tashkil etish texnologiyasi
o’smirlar muammolarini birgalikda hal qilishga asoslanadi. U o’zaro
ta’sirning har bir a’zosini shaxsiy tashabbuskorligi va ijtimoiy
mas’uliyatini dolzarblashtiradi va o’smirlardagi shaxslilik o’sishiga
nisbatan yagona pozitiv ustanovka orqali amalga oshiriladi.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |