– 2 –
R E J A:
KIRISH.
ASOSIY QISM:
I-bob. Qadimgi Sharq xalqlari mifologiyasi va sig‘inish
tushunchalari (Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Xitoy davlatlari misolida)
II-bob. Qadimgi antik dunyo mifologiyasi va sig’inish tushunchasi
(Qadimgi Gretsiya misolida)
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
– 3 –
KIRISH
Yer va Quyosh qayerdan paydo bo‘lgan? Insonni kim yaratdi? G’alladan
non olishni, ipak qurtidan matolar olishni kim o‘rgatdi? Daryolarni egarlab,
insonga xizmat qilishga kim majbur etdi?
Bunday savollar hamma vaqt insonlarni qiziqtirib kelgan. Biroq qadimgi
odamlar bu savollarga to‘g‘ri javobni topa olmaganlar. Ular xudolar va
g‘ayritabiiy kuchga ega bo‘lgan insonlar dunyoni yaratganliklari to‘g‘risidagi
fantastik hikoyalarni so‘zlashgan. Shu tarzda xudolar va qahramonlar to‘g‘risida
afsona hamda asotirlar paydo bo‘ldi, ularga sig‘inish, topinish jarayonlari
shakllandi.
Ibtidoiy jamiyat kishilarining tabiat haqidagi tushunchalari, jumladan,
koinotning chaqmoq, momaqaldiroq, zilzila, bo‘ron, to‘fon, yong‘in, oy va
quyosh tutilishi kabi qo‘rqinchli hodisalari bilan bog‘liq edi. Ushbu qo‘rqinchlar
qurshovida yashagan ibtidoiy inson, shu hodisalar sababini anglamasdan,
tabiatdagi har qanday «sirli» o‘zgarishlarga ilohiy ma’no berib, butun borliqni
ins-jinslar, dev-parilar va boshqa turli-tuman g‘ayri tabiiy maxluqlar makoni
tarzida tasavvur etgan, ular haqida benihoyat ko‘p diniy afsonalar yaratgan.
Hayoliy tushunchalardan hosil bo‘lgan afsonalarni – miflar, ularning
yig‘indisi mifologiya deb ataladi. Ajoyib poetik mahorat bilan yaratilgan
mifologik rivoyatlar yunon og‘zaki adabiyotida benihoyat ko‘p. Bu miflar
ibtidoiy insonning tabiat sirlari qarshisida zaifliklari tufayli tug‘ilgan.
Qadimgi Sharq xalqlari, jumladan, Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Xitoy
xalqlari mifologiyasi eramizdan avvalgi IV-III asrlarda vujudga keldikim,
yozuvning ixtiro qilinishi bilan ular turli jismlarga yozila boshlandi. Bu vaqtga
qadar afsona va asotirlar insonlar xotirasida saqlanib, ajdodlardan avlodlarga
o‘tib kelgan. Ularni turli qabilalar vujudga keltirgan, ko‘plab insonlar ularga
qo‘shimchalar kirgizgan, ayrimlari esa hikoyalarga aniqliklar olib kelganlar.
Shu tarzda afsonalar yaratilgan.
– 4 –
Insonlar shuni bilishganki, olov topish, g‘alla ekish, kanallar qazish,
dambalar qurishni otalaridan, otalari esa bobolaridan, ularni esa ota-onalari va
hokazolarga o‘rgatishgan. Demak, insonlar biladigan barcha narsalarni ajdodlar,
ota-bobolardan o‘rganishgan, ulardan yetib kelgan. Ota-bobolarga g‘ayritabiiy
kuchlar bilan bog‘liq holda ko‘rsatilgan; ularni xudolar darajasiga ko‘tarishgan;
madhiyalar to‘qishgan. Ularning donoliklari va buyuk qahramonliklarini e’tirof
etib, afsonalar to‘qishgan.
Ko‘rib
chiqilayotgan
malakaviy
bitiruv
ishida
qadimgi
xalqlarning
mifologiyasi va sig‘inish tushunchalarining chambarchasligi va keyinchalik
paydo bo‘lgan dinlar va ulardagi diniy urf-odatlar, marosimlar ko‘rib o‘tilgan.