Oltin baliqlar. U muvaffaqiyat belgisi, kuch bag‘ishlovchi ramz
hisoblangan. Xitoyliklarda oltin baliqlar belgisi eng yuqori o‘rindagi tumor edi.
Qurbaqa. U xitoyliklarda buyuklik ramzi hisoblanadi. O’lmaslik ramzi. U
ham muvaffaqiyat belgisidir.
Ajdarlar. Ular Xitoyda doim omadli ishlash va buyuklik ramzi hisoblangan.
Donishmandlar. Ular ham tumor sifatida ishlatiladigan erkak xo‘jayinlar
hisoblangan. Ular eshik og‘asi sifatida ishatilgan.
«Mashhurlik» iyeroglifi. U odamlar orasida mashhurlik qozonishga va
avtoritetning yuqori bo‘lishiga yordam bergan.
«Omad» iyeroglifi. U uzoq kutilgan omadning kelishiga va uning
himoyasiga yordam bergan. U yaqin kishilarga sovg‘a qilingan. Undan do‘stlik
yoki sevgi javobi bilinib turgan.
«Olov» iyeroglifi. U ham kutilgan voqeaning tezroq sodir bo‘lishiga ta’sir
etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |