Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   207
Bog'liq
falsafa

Moniy  ta’limoti  yurtimizda  buddaviylikdan  keyin  keng  tarqalgan  edi.  u 
zardo‘shtiylik  va  xristianlikning  sintezlashuvi  natijasida  vujudga  kelgan.  Moniy  fors  va 
arab tillarida bir necha risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha etib kelmagan. Moniy hatto 
«Moniylik  yozuvi»  nomli  alifbo  ham  tuzgan.  uning  ta’limoticha,  hayotda  dastavval  nur 
dunyosi  -  yaxshilik  va  zulmat  dunyosi-  yovuzlik  bo‘lgan.  Ular  o‘rtasida  abadiy  kurash 
boradi,  inson  ikki  unsurdan  (ruh  —  nur  farzandi,  jism  —  zulmat  mahsuli)  iborat. 
Moniylik  xalq  ommasi  manfaatlarini himoya qiluvchi ta’limot bo‘lgani sababli hukmron 
mafkura qarshiligiga duch kelgan. 
Moniylik  ta’limoti  asosida  Mazdak  ta’limoti  yuzaga  kelgan.  U  eramizning  V-VI 
asrlarida  keng  tarqalgan  edi.  Uning  asoschisi  Mazdak  (470-529  yillar)  bo‘lgan.  Mazdak 
va  uning  maslakdoshlari  o‘z  qarashlarida  halq  ommasiga  suyangan.  Xalqning  ozodlik, 
erkinlik,  hurlik  yo‘lida  olib  borgan  harakatlariga  rahnamolik  qilgani  uchun  tez  fursatda 
ularning  maslakdoshlari,  izdoshlari  ko‘payib  ketgan.  Mazdakiylik  ijtimoiy  tengsizlikni 
bartaraf etish yo‘lida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda asosiy 
yovuzlik-boylikka  hirs  qo‘yish  va  o‘ta  kambag‘allik  qoralanadi.  Bu  insonparvar 
harakatdan  cho‘chigan  shoh  Mazdakni  turli  hiylalar  bilan  o‘limga  mahkum  etadi. 
Mazdakiylar  harakati,  eramizning  VI  asrida  bostirilganiga  qaramay,  turli  mamlakatlarda 


 
44 
muayyan  darajada  davom  etgan.  O‘rta  Osiyoda  Muqanna,  Ozarbayjonda  Bobak  boshliq 
dehqonlar va shahar kambag‘allarining zulmga qarshi kurashlari bunga misol bo‘ladi. 
Markaziy  Osiyoda  vujudga  kelgan  qadimgi  falsafiy  ta’limotlar,  ular  ilgari  surgan 
g‘oyalar  bugungi  kunda  ham  muhim  ahamiyatiga  ega.  Sanab  o‘tilgan  qadimgi  diniy-
falsafiy ta’limotlar, ya’ni zardo‘shtiylik, uning bosh kitobi — «Avesto», Moniy ta’limoti, 
«Moniy  yozuvi»,  mazdakiylik  harakati  jamiyatda  adolat,  erkinlik,  teng  huquqlilik 
tamoyillarini  qaror  toptirishiga  da’vat  etgan.  Vatan  ozodligi  yo‘lida  jon  fido  etgan 
Muqanna  boshchiligidagi  harakat  nafaqat  O‘rta  Osiyoda,  balki  jahonning  boshqa 
o‘lkalarida ham aks-sado bergan. Vatanimizning o‘sha davrda shakllangan va rivojlangan 
boy  madaniyati,  milliy  ma’naviyatimiz,  falsafamiz  jahon  sivilizatsiyasiga  katta  ta’sir 
ko‘rsatgan. 
Sirasini  aytganda,  mamlakatimiz  tarixi  islom  dini  yurtimizga  kirib  kelgan  davrdan 
boshlanmaydi.  U  islomga  qadar  ham  ming  yillar  mobaynida  rivojlanib  kelgan  shonli 
tarixiga ega. Lekin, afsuski, Vatanimizning ana shu davr tarixi nihoyatda kam o‘rganilgan. 
Bu  davrga  oid  manbalarning  aksariyati  esa  yo‘q  qilib  yuborilgan.  Bu  vayronkorlikning 
boshida  miloddan  avval  makedoniyalik  Aleksandr  turgan  bo‘lsa,  mamlakatimizni  zabt 
etgan keyingi bosqinchilar ham ana shu yo‘ldan borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va 
erkin  hayot  to‘g‘risidagi  maqsad-muddaolarni  butunlay  yo‘qotib  yuborishga  urinishgan. 
Buning natijasida ma’naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar tarbiyalanishi lozim edi. 
Bosqinchilar  Movarounnahrda  nihoyatda  boy  madaniyat  shakllanganini  e’tirof  etgan. 
Ammo uning bosqinchilik g‘oyalariga mos kelmaydigan juda ko‘p namunalarini ayovsiz 
yo‘q qilishgan. Ayniqsa, ma’naviy qadriyat va madaniy boyliklarni shafqatsizlarcha g‘orat 
qilish asosiy o‘rinda turgan. YUrtimizda arablar istilosiga qadar ustuvor bo‘lgan ma’naviy 
va  madaniy  durdonalar  qadrini  yaxshi  anglaydigan  va  ularning  ahamiyatini  to‘g‘ri 
tushunadigan  kishilar  birinchi  navbatda  yo‘q  qilib  yuborilgan.  Bu  to‘g‘rida Abu  Rayhon 
Beruniy  «Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»  asarida  quyidagilarni  yozgan: 
«Qutayba  Xorazm  xatini  yaxshi  biladigan,  ularning  xabar  va  rivoyatlarini  o‘rgangan  va 
bilimini boshqalarga o‘rgatadigan kishilarni halok etib va butkul yo‘q qilib yuborgan edi. 
SHuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bo‘lmaydigan 
darajada  yashirin  qoldi»
1
.  Ushbu  asarning  boshqa  sahifasida  ulug‘  vatanparvar  olim 
yuqoridagiga  o‘xshash  yana  bir  fikrni  quyidagicha  ifoda  etgan:  «Qutayba 
xorazmliklarning  kotiblarini  halok  etib,  bilimdonlarini  o‘ldirib,  kitob  va  daftarlarini 
kuydirgani  sababli  ular  savodsiz bo‘lib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan 
bo‘ldilar»
2

Beruniy  zamonida  islom  yagona  hukmron  diniy  mafkura  bo‘lib  turganini  e’tiborga 
olsak,  zikr  etilgan  asar  va  undagi  teran  fikrlarni  bunday  o‘ktamlik  bilan  aytish  g‘oyat 
ulkan jasoratni talab etgani ayon bo‘ladi. Istilochilarning bunday vayronkor siyosati keyin 
ham davom etgan. Xususan, mustabid sho‘rolar mafkurasi hukmronlik qilgan davrda ham 
ana  shunday  hol  ro‘y  bergan.  Nihoyatda  boy  qadriyatlarimiz,  falsafiy  ta’limotlarimiz, 
umuman o‘z merosimizdan bebahra bo‘lib qoldik. 
Istiqlol  tufayli  ajdodlarimiz  yaratgan  boy  va  o‘lmas  madaniy  merosni  o‘rganish 
imkoni  tug‘ildi.  Tarixiy  xotirani  tiklash,  xalqimiz  qalbida  milliy  qadriyatlarga  sodiqlik, 
vatanparvarlik  tuyg‘ularini  shakllantirish  hozirgi  kunda  ma’naviy  hayotning  ustuvor 
yo‘nalishiga aylandi. 
Mazkur mavzuga asos bo‘lgan davr falsafasi arab istilosi va mamlakatimizda islom 
dinining  taraqqiy  etishi  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Bu  falsafa,  ba’zi  chet  ellik  mutaxassislar 
                                              
1
 Абу Райҳон Беруний. «Танланган асарлар». 1-жилд. Т. «Фан», 1968, 72-бет. 
2
 Абу Райҳон Беруний. «Танланган асарлар». 1-жилд. Т. «Фан», 1968, 82-бет. 


 
45 
aytgani  kabi,  faqat  arablar  madaniyatining  bir  qismi  emas.  Balki  bizning  Vatanimiz 
farzandlari  ulug‘  bobokalonlarimizning  islom  diniga,  islom  falsafasiga,  butun  arab 
dunyosi va jahon sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatgan ta’limotlari dunyoga kelgan davr 
falsafasi hamdir. 
SHu  bilan  birga,  bu  ajdodlarimizning  bosqinchilarga  qarshi  kurashini  aks  ettirgan, 
xalqimiz madaniyati va ma’naviyati nihoyat darajada rivojlanganini butun jahonga yaqqol 
namoyon qilgan davr falsafasidir. 
Bu  Muqanna  kabi  milliy  qahramonlarimiz  keng  xalq  ommasiga  bosh  bo‘lib  ozodlik 
kurashi olib borgan paytlarda elning ruhini ko‘tarib, ilhomlantiruvchi ezgu g‘oyalar shakllangan 
davr falsafasidir. 
Bu  Amu  va  Sirdaryo  bo‘ylarida  yashagan  xalqning  dahosi  eng  yuksak  darajaga 
ko‘tarilgan,  uning  atoqli  namoyandalari  jahon  madaniyati  sahifalariga  o‘zlarining  o‘chmas 
nomlarini muhrlab ketgan davr falsafasidir. Bu falsafaning xususiyatlari o‘sha davrda kechgan 
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. 
Mazkur  mavzuni  o‘rganishdan  maqsad,  Prezidentimiz  Islom  Karimov  ta’biri  bilan 
aytganda,  yosh  avlod  qalbida  mafkuraviy  immunitetni  shakllantrish,  «YOshlarimizning 
iymon-e’tiqodini  mustahkamlash,  irodasini  baquvvat  qilish,  ularni  o‘z  mustaqil  fikriga 
ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, 
ota-bobolarning  muqaddas  qadriyatlarini  asrab-avaylash  va  hurmat qilish fazilatini qaror 
toptirish»dan iborat
1


Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish