Born M. (1882-1970)
- nemis fizigi, kvant mexanikasi asoschilaridan biri, V.Geyzenberg va
P.Iordan bilan hamkorlikda matritsali kvant mexanikasini ishlab chiqqan va
uni statik asoslagan; falsafa va fizika metodologiyasiga oid ko‘plab asarlar
muallifi; tinchlik va demokratiya uchun kurash harakatining faol
ishtirokchisi; Nobel mukofoti laureati (1992).
Brage T. (1546-1601)
- daniyalik astronom, 20 yildan ortiq yulduz, sayyora va kometalar ustida
tadqiqot olib borgan; ushbu kuzatuvlarning natijalari asosida I.Kepler
sayyoralarning harakatlanish qonunlarini yaratgan.
Bruno J. (1548-1600)
- italyan faylasufi va shoiri; falsafaning maqsadi tabiatdan ustun Xudoni
emas, balki tabiatning o‘zini bilish deb hisoblagan, Kopernikning
geliotsentrik nazariyasini faol himoya qilgan, tabiatning cheksizligi va
Do'stlaringiz bilan baham: |