I l o v a
O‘quv qo‘llanmasida aks ettirilgan faylasuflar va olimlar
Ibn Rushd (Averroes) (1126-1198)
- arab faylasufi va tabibi, etti jildli qomusiy tibbiy asar «Kitob al-kulliyot»
(tibbiyot bo‘yicha umumiy qo‘llanma) muallifi. Aristotel asarlariga sharhlar
yozgan.
Ibn Sino (Avitsenna) (980-1037)
- jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk qomusiy olim, faylasuf,
tabib. Uning ilmiy-falsafiy «Kitob ash-shifo» va «Tib qonunlari» asarlari jahon
madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |