Yurak-qon tomirlar kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari. Semiotika.
So’rab surishtirish. Asosiy shikoyatlari. Patogenezi. Ko’zdan kechirish (umumiy
holati, teri qoplamalarining rangi, shishlar, bo’yinni ko’zdan kechirish).
Diagnostic ahamiyati. Yurak sohasi va periferik tomirlar sohasini ko’zdan
kechirish. Yurak sohasi palpatsiyasi.diagnostik ahamiyati.
Yurak kasalliklari
(
yurak xastaliklari
) — yurakning normal faoliyti buzilishi
bilan namoyon bo‘ladigan yurak-tomir tizimiga oid patologiyalar guruhi. Bunday
kasalliklar epikard, perikard, miokard, endokard, yurakning klapan apparati va qon
tomirlari shikastlanishlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Yurak kasalliklari uzoq vaqt davomida yashirin shaklda, klinik tasvirsiz kechishi
mumkin. Turli xil o‘smalar bilan bir qatorda, bugungi kunda rivojlangan
mamlakatlarda erta o‘limning asosiy sababchilaridan biri hisoblanadi.
Framingem yurak, o‘pka va qon Milliy instituti (AQSh) tadqiqotlariga ko‘ra,
odamlarda yurak-tomir kasalliklari rivojlanishida eng muhim omillar semizlik,
kamharakat turmush tarzi va chekish sanaladi.
Yurak kasalliklarini shartli ravishda shikastlanish o’chog’iga ko’ra uch katta
guruhga ajratish mumkin:
1.
1. Yurakning klapan apparatiga ta‘sir qiluvchi kasalliklar. Turli xil orttirilgan va
tug‘ma yurak nuqsonlarini o‘z ichiga oladi.
2.
2. Yurakning qon tomirlariga ta‘sir qiladigan kasalliklri va ularning oqibatlari.
Bunga yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti, stenokardiya va boshqalar kiradi.
3.
3. Bevosita yurak qobig‘i to‘qimalariga ta‘sir qiladigan kasalliklar, ularga
perikardit, endokardit, miokardit kiradi.
Bunday kasalliklarning sabablari turmush tarzidan tortib, irsiy nuqsonlargacha
bo‘lgan keng doiradagi omillarni o‘z ichiga oladi.
Yurak va qon tomirlar kasalliklarining tashxisida asosiy tekshirish usullari —
surishtirish,
ko‗zdan
kechirish,
perkussiya,
palpatsiya,
auskultatsiya,
rentgenologik, elektrokardiogafik, ballistokardio- grafik, fonokardiografik, qon va
siydik tahlillari hamda boshqa qo‗shimcha tekshirish usullari yordamida
aniqlanadi.
Bemorlarning shikoyatlari. Yurak-qon tomirlar kasalliklaridagi asosiy shikoyatlar
jumlasiga yurak sohasida va to‗sh orqasida og‗riq sezish, hansirash, yurak
o‗ynashi, yurak ishining to‗xtab-to‗xtab qolishi, yo‗talish, qon tuflash, badanga
shish kelishi kiradi.
Og‗riq. Og‗riq sezgisi bosh miya po‗stlog‗ida shakllanib, keyin periferiyada aks
etadi. Og‗riq lo‗qillovchi, sanchuvchi, kesuvchi, lovullatuvchi, simillovchi,
timdalovchi, gohida esa kuchli xurujsimon bo‗ladi. Yurak sohasidagi og‗riqlar bir
necha sekunddan bir necha soatgacha, hatto kunlab davom etadi. Og‗riqlar to‗xtab-
to‗xtab, gohida esa doimiy bo‗ladi. Yurak sohasidagi og‗riq ko‗krak qafasining
chap tomonida yoki to‗sh orqasida bo‗ladi. Og‗riq birdan yoki asta-sekin
boshlanadi. Og‗riq bir lahzada o‗tib ketishi ham mumkin. Og‗riq ko‗pincha yurak
sohasidan tashqari chap qo‗lga, chap yelkaga, bo‗yin sohasiga, chap kurak ostiga,
ba‘zan o‗ng qo‗lga ham beradi. Miokard infarkti kasalligining qorin turida esa
(abdominal turida) me‘daosti sohasi, qorin atroflarida og‗riq paydo bo‗ladi. Yurak
sohasida og‗riq ko‗pincha yurak hamda boshqa organlar kasallanganda ham
uchraydi.
To‗sh orqasida siqib boshlanadigan og‗riq jismoniy zo‗riqqanda yoki tinch holatda
ham kuzatiladi. Yurak sohasidagi og‗riq ko‗pincha nevrozlarda yurak nerv
apparatining funksional buzilishlari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining
o‗zgarishi, turli intoksikatsiyalarda kuzatiladi.
Hansirash qon aylanishi yetishmovchiligida ko‗p uchraydigan va asosiy
hisoblanadigan shikoyatdir. Hansirash kichik qon aylanishi doirasidagi dimlanish
hodisalari natijasida qonda karbonat angidrid gazining ortiqcha to‗planib qolishi va
kislorod miqdorining kamayib ketishidan kelib chiqadi.
Qon aylanishining yetishmovchiligi endigina boshlanib kela- yotgan davrda bemor
faqat jismoniy zo‗riqish vaqtida hansirashni sezadi. Yurak yetishmovchiligi
zo‗rayib borsa, hansirash doimiy bo‗lib qoladi. Chap qorincha muskullarining
o‗tkir zaifligi boshlan- ganda esa nafas qisish xurujlari paydo bo‗ladi.
Yurak o‗ynashi yoki yurak urishi — yurakning kuchli va tez- tez, goho noravon
urishidan kelib chiqadigan sezgi bo‗lib, hamisha ham shu organning kasalligidan
darak beradigan bevosita belgi deb hisoblanavermaydi. Yurak qisqarishlari
chastotasini, ya‘ni tez- ligini, asosan, reflektor ta‘sirlar idora yetib boradigan
bo‗lgani uchun taxikardiya (yurak qisqarishlarining tezlashib ketishi) boshqa
sabablar tufayli kelib chiqishi mumkin. Masalan, qalqonsimon bez funksiyasi
kuchayib ketganida choy, qahvaga ortiqcha ruju qo‗ygan odamlarda,
kashandalarda shunday bo‗lishi mumkin yoki me‘da-ichak yo‗li hamda o‗t yo‗llari
kasalliklarida reflektor yo‗l bilan kelib chiqishi mumkin. Yurak o‗ynashi yurak
kasalliklarida yurak funksiyasining yetishmay qolayotganini, uning charchab
qolganini ko‗rsatadigan belgi bo‗lib xizmat qiladi. Bunday noxush sezgi ko‗pincha
bemorlarda yurak ritmi buzilganida — paroksizmal taxikardiya, ekstrasistoliya va
boshqalarda paydo bo‗ladi.
Nafas qisishi. Kasal yurak har bir qisqarganida tomirlar siste- masiga normal
yurakka qaraganda kamroq qon chiqaradi, shuning uchun yurak organ va
to‗qimalarni yetarli miqdorda qon bilan ta‘minlash uchun tezroq qisqara boshlaydi.
Yurak yetishmovchiligida nafas tezlashadi va bemor nafas qisishini sezadi.
Avvaliga nafas faqat jismoniy ishdan so‗ng qisadi, yurak yetishmovchiligi
kuchayib borishi bilan u tinch holatda ham paydo bo‗ladi. Qoni o‗pkasida turib
qolgan yurak yetishmovchiligi bilan og‗riyotgan bemorlarning nafasi kuchli qisadi.
Nafas qisishi vaqtida bemorlarga havo yetishmaydi va nafas olishi qiyinlashadi.
Yurak yetishmovchiligi sababli yuz bergan ro‗y-rost nafas qisishida bemorning
qaddini baland qilib yotqizish uning ahvolini yengillashtiradi, holbuki, odam
gorizontal vaziyatda yotganida aylanib yurgan qon miqdori ko‗payib, nafas
muskulaturasi va yurakning ishi qiyinlashadi.
Shishlar yurak yetishmovchiligining asosiy alomatlaridan hisoblanadi. Vena va
kapillarlarda bosimning ko‗tarilishi, ularda qon oqimining sekinlashishi va
kapillarlar o‗tkazuvchanligining oshishi, suyuqlikning zo‗r berib qondan
to‗qimalarga o‗tishiga sabab bo‗ladi. Buyraklarda natriy va suv tutilib qolishi,
shuningdek, buyraklar va jigar funksiyasining buzilishi oqibatida qonda oqsil
miqdorining kamayishi shishlar paydo bo‗lishiga imkon beradi.
Yurak yetishmovchiligining boshlanishida shishlar yashirin holda yig‗ilishi
mumkin. Chunonchi, organizmda yig‗ilib qolgan suyuq- likni ko‗zdan kechirish
vaqtida payqamay qolinadi. Bu davrda og‗riqning ortishi, diurezning (siydik hosil
bo‗lishi va ajralishi) kamayishi, tungi diurezning kunduzgidan ustunlik qilishi
(nikturiya), teri orasiga yuborilgan 0,1 ml miqdordagi fiziologik eritmaning
so‗rilish tezligining oshishi (Mak-Klyur-Oldrich sinamasi) bo‗yicha shishlarning
yig‗ilishi to‗g‗risida xulosa chiqariladi.
Keyinchalik oyoqlarda shishlar kechga tomon paydo bo‗ladi. Ertalabga yaqin esa
yo‗qoladi. Borib-borib tungi dam olish kifoya qilmay qoladi. Shishlar boldir, son,
dumba, qorin, ko‗krakning teriosti yog‗ kletchatkasida yig‗ila borib, tananing
pastida joylashgan qismlariga osonlikcha suriladi va bemor o‗tirsa, oyoqlari
shishib qoladi, chalqancha yotsa, shishlar dumg‗aza, dumba va sonlarning pastki
yuzasiga to‗planadi, asosan, bir yonboshni bosib yotilganda, shishlar ham shunga
yarasha o‗sha tomonda yig‗iladi.
Yurak yetishmovchiligida shishlar, odatda, yumshoq bo‗ladi — barmoq bilan
bosilganda chuqurcha qoladi. Uzoq vaqtdan buyon mavjud shishlar qattiqroq
bo‗ladi. Shishgan teri qon bilan yetarlicha ta‘minlanmaydi, uning harorati past
bo‗ladi, teri silliq, yaltiroq infeksiyaga qarshilik qobiliyati pasaygan bo‗ladi.
Teriosti yog‗ kletchatkasidan tashqari, shish ichki organlarda — jigar, o‗pka,
me‘da va boshqa organlarda rivojlanib, ularning funksiyasi buziladi. Shish
suyuqligi qorin bo‗shlig‗ida — assit, ko‗krak bo‗shlig‗ida — gidrotoraks, yurak
xaltasi bo‗shlig‗ida — gidroperikard nomini olgan holda vujudga keladi.
Yo‗tal va qon tuflash o‗pka infarkti yoki pnevmoniya ko‗rinishida asorat
boshlanganligini ko‗rsatadi. Dimlanishga aloqador bronxitda yo‗tal avval quruq
bo‗ladi, keyinchalik yo‗tal vaqtida seroz balg‗am tushadi, borib-borib ko‗pikli
bo‗lib qoladi, unda ipir-ipir qon paydo bo‗ladi. Balg‗amda qon har xil miqdorda
uchraydi — mikroskopda tekshirilganda topiladigan alohida «Yurak poroklari
hujayralari»dan tortib, o‗pkadan bir talay qon ketishi mumkin.
Bemorni ko‗zdan kechirish. Bemorning es-hushi, vaziyatiga ahamiyat berish
kerak. Yurak kasalligi munosabati bilan hansirash boshlanganida bemor o‗tirib
yoki o‗rinda suyanib oladi. Bemorlarni tekshirish, asosan, ularning ahvoli, teri
shilliq qavatlarining rangi, shishlar bor-yo‗qligi va pereferik qon tomirlarini
ko‗zdan kechi- rishdan iboratdir. Bemorlarda ko‗pincha lab, lunj, burun, quloq
supralarining ko‗karib qolgani — sianozi, qo‗l-oyoq barmoq- larining ko‗kargani
— akrosianoz qayd qilinadiki, bu gemoglobinning yetarlicha oksidlanmayotganini
yoki qon oqimi susayib, to‗qimalarning kislorodni ortiqcha yutayotganini
ko‗rsatadi.
Yurak sohasini ko‗zdan kechirish yurak uchi zarbini aniqlashdan boshlanadi.
Yurak uchining zarbi me‘yorda ko‗zga ko‗rinmasligi mumkin, lekin ko‗krak qafasi
astenik shaklda bo‗lgan ozg‗in odamlarda bu zarb, odatda, beshinchi qovurg‗a
orasidagi ritmik pulsatsiya ko‗rinishida sezilib turadi. Chap qorincha muskullari
gipertrofiyalanganda bu qisqarishlar ancha sezilarli bo‗ladi va kattaroq maydonni
egallaydi.
Puls (lotin. pulsus—turtki) — tomir urishi. Yurak qisqarishi natijasida qon
tomirlarining ritmik tebranishi kengayib-torayishi. Arterial venoz va kapillar puls
tafavut etiladi. Odatda, bilak arteriyasi sohasida paypaslab bilinadigan arterial puls
eng katta amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun tekshiruvchining bilagini, bilak-
kaft usti bo‗g‗ini sohasini qo‗l bilan shunday ushlash kerakki, bosh barmoq
bilakning ichki tomonida, boshqa barmoqlar esa uning yuzasidagi pulslanuvchi
bilak arteriyasining paypaslantiruvchi terisini bosadigan bo‗lsin (1-rasm).
Pulsni tekshirish nuqtalari: 1—tanada; 2—qo‗l (bilak)da.
Sog‗lom kishilarda pulsning tezligi yurak qisqarishi tezligiga mos bo‗lib, bir
minutda 60—80 marta tomir urishiga teng. Yurakning bir minutda 90 martadan
ortiq qisqarishi — taxikardiya, 60 martadan kam qisqarishi — bradikardiya deb
ataladi. Yurakning ba‘zi kasalliklarida puls yurak qisqarishi tezligidan kam
bo‗lishi mumkin, bu puls defitsitidir. Bolalarda kattalarga nisbatan puls ortiqroq,
qizlarda o‗g‗il bolalarga nisbatan birmuncha ortiqroq bo‗ladi. Tunda puls
kunduzgiga nisbatan kamroq bo‗ladi. Jismoniy mehnat qilganda, nerv-emotsional
reaksiyalarda puls ortadi.
Taxikardiya qon aylanish apparatining organizmni kislorodga ehtiyoji ortishiga
nisbatan bo‗lgan moslanuv reaksiyasi bo‗lib, organ va to‗qimalarning qon bilan
yuqori darajada ta‘minlanishiga imkon beradi. Ammo chiniqtirilgan yurakning
(masalan, sportchi- larda) kompensator reaksiyasi taxikardiyaning ko‗tarilishi bilan
emas, balki yurak qisqarishining kuchayishi bilan ifodalanadi. Bu organizm uchun
ancha qulayroqdir. Yurakning ko‗pgina kasalliklari tana harorati ortishi, ba‘zan
zaharlanishlar taxikardiyani kuchay- tiradi.
Bradikardiya yurakning ba‘zi kasalliklarida, zaharlanishlarda, shuningdek, bir
qator dorilar ta‘sirida kuzatiladi. Sog‗lom odamda puls ritmik (bir tekis), ya‘ni puls
to‗lqinlari ma‘lum vaqt oralig‗ida sodir bo‗ladi. Yurak ritmining buzilishi aritmiya
deb ataladi, bunda puls to‗lqinlari bir xil vaqt oralig‗ida notekis bo‗ladi. Pulsning
tarangligi arterial qon bosimiga bog‗liq gipertoniyada g‗oyatda kuchayadi,
gipotoniya va yurak kasalliklarida bo‗shashadi. Pulsning to‗liq yoki to‗liq emasligi
yurak qisqarishi kuchiga bog‗liq. Pulsning boshqa o‗ziga xos ko‗pgina
xususiyatlarini bilish bemorning ahvoli haqida to‗liq ma‘lumot beradi.
Palpatsiya. Yurak sohasini palpatsiya qilish yurak uchi zarbi seziladigan joyni
hamda shu zarbning xarakterini bilib olishga, ko‗krak qafasida deformatsiya
(«yurak bukrisi») bor-yo‗qligini aniqlashga imkon beradi. Yurak uchining zarbi
ko‗tarilib qolgan (aortal poroklar, gipertoniyada), manfiy (bunda qorinchalar
sistolasi vaqtida ko‗krak qafasi do‗mbayib chiqishi o‗rniga ichga tortilib turadi —
adgeziv perikarditda), yoyilgan (yurak bo‗limlari kengayib ketganida) bo‗lishi
mumkin. Past chastotali shovqin- larning akslanishida «fremissment cataire»ni,
fransuzchadan tarjima qilganda «mushuk xirillashi» ma‘nosini bildiruvchi hodisani
aniqlash uchun palpatsiya qilib ko‗rish katta ahamiyatga ega.
Perkussiya. Yurak sohasiga urib ko‗rish yo‗li bilan hosil qilinadigan tovushning
xarakteriga qarab, nisbiy va mutlaq yurak o‗tmasligini aniqlab, uning haqiqiy
chegarasini topish mumkin.
Nisbiy yurak o‗tmasligi yurakning haqiqiy chegarasiga to‗g‗ri keladi. Yurak nisbiy
o‗tmasligining normal chegaralari quyida- gilardir; o‗ng chegarasi, to‗shning o‗ng
qirrasidan 0,5—1 sm narida III qovurg‗aning yuqori qirrasi oldida yurak chegarasi
biroz ichkariga qiyshayib, to‗shning o‗ng qirrasi bo‗ylab birinchi qovurg‗a
oralig‗igacha boradi. Yurakning chap chegarasi uchinchi qovurg‗a oralig‗ida
parasternal chiziqni kesib o‗tkazadi va tashqariga bo‗rtgan ravoq hosil qilib,
beshinchi qovurg‗a oralig‗igacha tushadi.
Mutlaq yurak o‗tmasligi chegaralari sekin perkussiya qilish usuli bilan aniqlanadi.
Sog‗lom odamda mutlaq o‗tmaslikning o‗ng chegarasi to‗sh chap qirrasidan
boshlab avvaliga IV qovurg‗a tog‗ayining pastki qirrasi, so‗ng ravoq hosil qilib
chap chegaraga o‗tadi. Chap chegara tashqariga tomon pastga tushib, chap
parasterial chiziq bo‗ylab yoki uning orasi va o‗rta o‗mrov bo‗ylab beshinchi
qovurg‗a orasiga yetib boradi hamda jigar o‗tmasligi chegarasiga o‗tadi. Mutlaq
yurak o‗tmasligi yurak qanchalik o‗pka bilan yopilganini ko‗rsatadi. Bu
o‗tmaslikning hajmi yurakning kattaligiga ham, o‗pka qirralarining holatiga ham
bog‗liq bo‗ladi. Yurak surilganda hamda u kattalashganda mutlaq va nisbiy
chegaralar o‗tmasligi o‗zgaradi. Ba‘zan yurak ko‗krak qafasining o‗ng tomonida
joylashadi — dekstrakardiya (dekstra — o‗ng, kar — yurak).
Auskultatsiya — yurakni eshitib ko‗rish. Bu yurak-qon tomir sistemasini
tekshirishda muhim usullardan biri hisoblanadi, ayniqsa, yurak nuqsonlarini
aniqlashda eshitish va unga to‗g‗ri tashxis qo‗yish boshqa tekshirish usullariga
qaraganda afzallikka ega.
Yurakni eshitishda bemor har xil vaziyatlarda — tik turgan, chalqancha va chap
yonboshi bilan yotgan holda eshitib ko‗riladi. Yurakni eshitganda, odatda, ikki
tovush farqlanadi, sog‗lom yurakda ular bir-biridan pauza bilan ajralib turadi.
Birinchi tovush sistola vaqtida vujudga keladi, shuning uchun u sistolik tovush
deyiladi. Ikkinchi tovush diastola vaqtida hosil bo‗ladi, u diastolik tovush deyiladi.
Birinchi tovush — ikki va uch tavaqali klapanlarning yopili- shidan, o‗ng va chap
qorincha muskullarining taranglashishidan; aorta va o‗pka arteriyasi devorining
tebranishidan hamda bo‗lmacha muskullarining taranglashishidan eshitiladi.
Asosan, yurak uchida ancha kuchli va kalta birinchi tovush eshitiladi. Ikkinchi
tovush yarimoysimon aorta va o‗pka arteriyasi klapanlarining yopilishidan va shu
tomirlar boshlanish qismining tebranishidan hosil bo‗ladi. U baland va qisqa
bo‗ladi. Ikkinchi tovush yurak asosida, o‗pka arteriyasi va aorta yarimoysimon
klapanlari proyeksiyalanadigan yerda ancha ravon eshitiladi. Yurak tovushlari
kuchayishi-pasayishi mumkin.
Ko‗krak qafasi old devori qalinlashganda, u shishganda, kishi semirganda yurak
tovushlarining kuchi va aniqligi pasayadi, qo‗shni organlar shikastlanganda —
o‗pka emfizemasi, yiringli plevrit, perikarditda, yurak mushaklarining o‗zi
shikastlanganda — o‗tkir miokardit, kardiosklerozda ham bu hol kuzatiladi.
Ko‗krak qafasining old devori yupqalashganda, masalan, kishi ozganda, o‗pka
qirralari qisqarganda, jismoniy ish bajarilganda, asab qo‗zg‗al- ganda, Bazedov
kasalligida yurakning barcha tovushlari kuchaygan bo‗lib, aniq eshitiladi.
Yurak shovqinlari. Shovqinlarning hosil bo‗lishida ikki omil — qon oqimining
toraygan teshik orqali o‗tishi va qon oqimi tezligining ortishi hal qiluvchi rol
o‗ynaydi. Agar qon bir bo‗shliqdan ikkin- chisiga yurak qisqarishi yetarli bo‗lgan
taqdirda toraygan teshik orqali o‗tsa, u holda qon harakatida girdoblar hosil bo‗lib,
ular ushbu bo‗shliq devorini toraytiradi va shovqin hosil qiladi.
Teshik qancha tor bo‗lsa, shovqin shuncha kuchli bo‗ladi. Teshik torayganda
qonning undan o‗tishi juda sekinlashib qoladi, shuning uchun shovqin pasayishi
yoki butunlay yo‗qolishi mumkin. Shovqin yurakning qisqarish kuchiga ham
bog‗liq, qisqarishlar kuchi oshganda shovqin kuchayadi, qisqarish kuchi
pasayganda shovqin sekinlashadi. Qorinchalar sistolasi paytida eshitiladigan
shovqinlar sistolik shovqin, qorincha diastolasi paytidagisi diastolik shovqin deb
ataladi.
Sistolik shovqin ikki tavaqali va uch tavaqali klapanlar yetish- movchiligida, aorta
va o‗pka arteriyasi teshiklari torayganda eshitiladi. Diastolik shovqinlar yurakning
o‗ng va chap bo‗lmacha — qorincha teshiklari torayganda, aorta va o‗pka
arteriyasi klapanlari yetishmov- chiligida eshitiladi.
Chap bo‗lmacha — qorincha teshigi torayganda shovqin, odatda, diastolaning eng
oxirida, ya‘ni sistola boshlanishidan oldin eshitiladi, shuning uchun bunday
shovqin presistolik shovqin deb ataladi. Shovqinlar yurak tovushlari eshitiladigan
nuqtalarda ham eshitiladi. Shovqinlar faqat ko‗rsatilgan nuqtalardagina eshitilib
qolmaydi, ular qon oqimi bo‗ylab ham yaxshi tarqaladi.
Funksional shovqinlar kamqonlik, yuqumli kasalliklar, asab qo‗zg‗alishida paydo
bo‗ladi. Ular bo‗lmacha-qorincha teshigini o‗rab turuvchi kapillar mushaklar yoki
mushak tolalarining oziq- lanishi yoki innervatsiyasi buzilganda yoki qon oqimi
tezlashganda, masalan, kamqonlik, tireotoksikozda paydo bo‗ladi. Funksional
shovqin, deyarli hamma vaqt sistolik bo‗ladi. Jismoniy ish vaqtida funksional
shovqin susayadi, organik shovqin esa kuchayadi. Organik shovqinlar qon oqimi
bilan yaxshi o‗tkaziladi, funksional uzatil- maydi yoki yomon o‗tkaziladi.
Organik shovqinlar barqaror, funksional shovqin o‗zgaruvchan. Organik
shovqinlar yurak nuqsonining turiga qarab ancha aniq joylashadi, funksional
shovqin esa hamma nuqtalarda eshitiladi, yurak asosida kuchliroq bo‗ladi.
Perikard ishqalanish shovqini yurakoldi xaltasi pardalari (perikard) yallig‗langanda
kuzatiladi va ularda ba‘zan fibrin o‗tirib qoladi. Perikard bo‗shlig‗ida ko‗p
miqdorda suyuqlik to‗planganda perikardial shovqin ko‗pincha yo‗qolmaydi,
chunki bunda suyuqlik perikard bo‗shlig‗ining orqa tomonida va yurakning yon
tomonlarida joylashgan bo‗ladi. Perikard bo‗shlig‗ida ko‗p miqdorda suyuqlik
to‗planganda va bu bo‗shliqning hamma yerini to‗ldirganda perikard ishqalanishi
shovqini eshitilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |