Termiz davlat universiteti "umumiy pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika fanidan



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/215
Sana09.07.2022
Hajmi2,83 Mb.
#767263
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   215
Bog'liq
umumiy pedagogika

 
 
Nazrat savollari:
1.
Tarbiya metodlarini sanang va ularga ta'rif bering. 
2.
Tarbiya metodlaridan hikoya, suhbat, namuna hamda ma'ruza qanday 
hollarda qo‗llaniladi? 
3.
Xalq pedagogikasi qanday tarbiya metodlariga ega? 
4.
Rag‗batlantirish va jazolash metodlari haqida gapirib bering. 
Test topshiriqlari: 
1.
Tarbiya metodining mohiyati qaysi javob variantida to‗g‗ri 
ko‗rsatilgan? 
a) ota-onalar va o‗qituvchilar hamkorligida, bolada axloqiy sifatlarni 
tarbiyalash usuli;
v) o‗qituvchining namunasi asosida o‗quvchini tarbiyalash usuli; 
s) tarbiyalanuvchilarda ijobiy sifatlarni hosil qilish usuli; 
d) tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‗ulari, xulqiga ta'sir etish 
usullari; 
ye) tarbiyalanuvchi shaxsiga ijobiy ta'sir etish usuli. 
2-savol bo„yicha dars maqsadi: 


1.O„z-o„zini tarbiyalash metodi xaqida tushunchalar berish. 
Identiv maqsad: 
1.1. O„z-o„zini tarbiyalash metodini biladi va ma'lumot bera oladi. 
1.2. O„z-o„zini nazorat qilish, ta'lil qilish va baxolash xaqida 
ma'lumotga ega. 
2-savol bayoni 
 
2.O„z-o„zini 
tarbiyalash 
metodlari

O‗quvchida 
o‗z-o‗zini 
tarbiyalashga, ya'ni, o‗z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo 
bo‗lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya 
jarayonida o‗z-o‗zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. 
O‗z-o‗zini tarbiyalash metodlari o‗quvchilarning o‗zini o‗zi idora qilishlari, turli 
o‗quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta'minlash, ularning 
ijtimoiy mavqyelarini oshirish maqsadida qo‗llaniluvchi usullardir. 
O‗z-o‗zini tarbiyalash o‗quvchilarning o‗zini o‗zi idora qilish va 
o‗quvchilarning turli organlari faoliyatida faol ishtirok etishni ta'minlash, 
ularning ijtimoiy mavqyeini oshirishning ta'sirchan vositasidir. O‗quvchilar 
o‗qish, tarbiya va dam olishda o‗z-o‗zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, 
bu usullar o‗quvchilarni o‗z-o‗zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka 
undaydi. 
O‗z-o‗zini tahlil (nazorat) qilish o‗z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-
harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy 
odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli. 
O‗z-o‗zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‗quvchi o‗zining yurish-turishi, 
intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining 
kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi. 
O‗z-o‗zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil 
qilish asosida o‗z shaxsiga baho berishga yo‗naltirilgan faoliyat usuli. 
O‗quvchining qobiliyatini o‗z kuchi bilan yuzaga chiqishiga 
yordamlashish zarur. O‗z-o‗zini baholash qiyin, lekin o‗quvchini bunga yetarli 
tayyorlash mumkin. Shu bois o‗quvchi irodali bo‗lishi, o‗z burchini tushunishi, 
tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo‗lishi, ya'ni, tarbiyalanishni xohlashi, 
o‗zini o‗rtoqlari, atrofdagilarning ko‗zi bilan ko‗rish va o‗z-o‗zini 
takomillashtirishga intilishi lozim. 
O‗z-o‗zini baholash o‗quvchi uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob 
qilish, o‗ziga chetdan turib xolisona baho berish, o‗zidan qoniqish hosil qilishda 
yordam beradi. 
Izohlash – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‗zaki ta'sir etish usuli. 
Izohlashning hikoya va tushuntirishdan farqlanadigan muhim belgisi muayyan 
guruh yoki alohida shaxsga yo‗naltirilganligidir. Ushbu metodni qo‗llash 
sinfning o‗quvchilarining umumiy yoki jamoa a'zolarining shaxsiy 
xususiyatlarini bilishga asoslanadi. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari bilan ish olib 
borishda izohlashning elementar usul va vositalari qo‗llaniladi: «Shunday 


harakat qilish kerak», «Hamma shunday qiladi». O‗smirlar bilan ishlaganda 
ma'naviy-axloqiy tushunchalarning ijtimoiy ahamiyati va ma'nosini izohlash 
zarur. Izohlash quyidagi holatlarni yuzaga keltirish uchun qo‗llaniladi: 
1)
yangi ma'naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq ko‗nikmalarini tarkib 
toptirish va mustahkamlash; 
2)
tarbiyalanuvchilarning sodir etilgan muayyan hodisa (masalan, sinf 
o‗quvchilari ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga to‗g‗ri, ongli 
munosabatni hosil qilish. 
Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish 
vositasida o‗quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta'sir etiladi. Boshlang‗ich sinf 
o‗quvchilari hamda o‗smirlar ishonuvchan bo‗lishadi. Pedagog ishontirishdan 
tarbiyalanuvchi ma'lum ko‗rsatmani qabul qilishi zarur bo‗lgan vaziyatlarda 
foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta'sirini kuchaytirish uchun 
ham foydalaniladi. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish