O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

165-modda. Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun
Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo‘ladi.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot quyidagi hisobot shakllarini o‘z ichiga oladi:
Davlat budjeti ijrosining balansini;
Davlat budjeti daromadlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
Davlat budjeti xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani;
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va
kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni.
Tumanlar va shaharlar bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmalari tegishli tumanlar va shaharlar
hokimliklarining moliya bo‘limlariga tumanlar va shaharlar budjetlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi
hisobotni taqdim etadi.


Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari hisobot davri uchun tumanlar va
shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha:
yuqori turuvchi moliya organlariga — ular belgilagan muddatlarda;
tegishli hokimliklarga — tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot yuqori
turuvchi moliya organlariga taqdim etilganidan so‘ng uch ish kuni ichida taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha g‘aznachilik
boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tegishincha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining
moliya boshqarmalariga taqdim etadi.
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tegishli budjetlarning kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni
moliya organlariga taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining
moliya boshqarmalari hisobot davri uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — u belgilagan muddatlarda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga —
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining
ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilganidan so‘ng uch
ish kuni ichida taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
ko‘rsatilgan
shakllar bo‘yicha Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tuzadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda;
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-
apreligacha taqdim etadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish