O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

162-modda. Budjet hisoboti turlari
Budjet hisoboti quyidagi hisobot turlarini o‘z ichiga oladi:
budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga daromadlarning tushumlari
to‘g‘risidagi hisobot;
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot.
163-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy
hisobotlari
Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning choraklik moliyaviy hisobotlari
hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga, yillik moliyaviy hisobotlar esa, kelgusi hisobot
yilining 1-yanvar holatiga ko‘ra tuziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari mazkur
tashkilotlarning rahbari yoki u vakolat bergan shaxs hamda bosh buxgalteri tomonidan
imzolanadi.
(163-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlar:
budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan
va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet
mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga;
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet
mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga taqdim
etiladi.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan
moliyalashtiriladigan o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va
yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga
taqdim etadi.
Tasarrufdagi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari budjet
mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan o‘zi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamlanma
moliyaviy hisobotlarni taqdim etadigan muddatlar hisobga olingan holda belgilanadi.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning jamlanma moliyaviy hisobotlari budjet mablag‘larini
taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan budjet mablag‘lari oluvchilar davlat maqsadli
jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan belgilangan tartibda choraklik va yillik moliyaviy
hisobotlarni tuzadi hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan
va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet
mablag‘lari oluvchilar ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan tegishli moliya organlariga
moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi.
Tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet
mablag‘lari oluvchilar ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan tegishli moliya organlariga


moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin yuqori turuvchi moliya organi tomonidan
belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi.
Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar budjet tashkilotlari va budjet
mablag‘lari oluvchilar rahbarlarining yoki ular vakolat bergan shaxslarning va bosh
buxgalterlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning choraklik hamda yillik moliyaviy
hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(163-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-
sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
03/20/660/1682-son)

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish