Bog'liq 26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi
150-modda. Xarajatlar smetasiga va shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish tartibi Budjet tashkilotining yoki budjet mablag‘lari oluvchining so‘roviga ko‘ra moliya yilida uning
uchun nazarda tutilgan xarajatlarning ayrim moddalar bo‘yicha budjetdan ajratiladigan
mablag‘larning hajmlari xarajatlarning boshqa moddalari bo‘yicha budjetdan ajratiladigan
mablag‘lar teng miqdorda kamaytirilgan hamda budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchi
uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning tasdiqlangan umumiy hajmi
saqlab qolingan holda ko‘paytirilishi mumkin. Mazkur o‘zgartirishlar budjet tashkilotlari va budjet
mablag‘lari oluvchilar tomonidan xarajatlar smetasiga yiliga ko‘pi bilan to‘rt marta kiritiladi va:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari
va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan;
budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan
va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet
mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet
mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari
tomonidan;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari
oluvchilar bo‘yicha — davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ro‘yxatdan
o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang. Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar soni hisobga
olinayotganda budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash
uchun budjet tashkilotining tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjetdan ajratiladigan
mablag‘larni bir moddadan boshqa moddaga ko‘paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi
o‘zgartirishlar hisobga olinmaydi.
(150-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) Budjet tashkilotining va budjet mablag‘lari oluvchining so‘roviga ko‘ra kamaytirish tomonga
o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydigan xarajatlar moddalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikka muvofiq ish haqi miqdorlari oshirilishi munosabati bilan budjet tashkilotining
shtat jadvaliga kiritiladigan o‘zgartirishlar moliya organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
(150-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Budjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha tegishli moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim,
ushbu moddaning
uchinchi qismida
ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.