O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet so‘rovlarini taqdim etish muddatlari



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

92-modda. Budjet so‘rovlarini taqdim etish muddatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kelgusi yil uchun budjet so‘rovlari joriy yilning 1-avgustiga qadar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan
va 
Toshkent 
shahrining 
shahar 
budjetidan, 
tumanlar 
va 
shaharlar 
budjetlaridan
moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan tegishli moliya
organlariga;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, O‘zbekiston Respublikasining respublika
budjetidan moliyalashtiriladigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) hamda
jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi
organlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi o‘rta
muddatli davr uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlarini O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 15-avgustiga qadar kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar Davlat budjeti va davlat maqsadli
jamg‘armalari daromadlarining prognozi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 20-
avgustigacha taqdim etadi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusidagi o‘rta muddatli davr uchun
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlaridan kelib chiqqan holda Davlat
budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining yangilangan prognozi bo‘yicha
tayyorlangan takliflar asosida quyidagilarga:
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan
budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
budjetlarining, shuningdek birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning kelgusi moliya
yili uchun obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital
qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarining cheklangan miqdorlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga
kelgusi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan
budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga;
Davlat maqsadli jamg‘armalariga kelgusi moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasining
respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga
o‘zgartirishlar kiritadi.
Budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet
so‘rovlari olinganidan keyin bir oy muddatda quyidagilarga bildirishnomalar yuboradi:


birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg‘armalarini
taqsimlovchi organlarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining
cheklangan miqdorlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, amalga oshirish uchun asoslar mavjud
bo‘lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past bo‘lgan, budjet daromadlarining tegishli o‘sishi
bilan ta’minlanmagan xarajatlarni kamaytirish to‘g‘risida, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet
mablag‘larini oluvchilar faoliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni
maqbullashtirish haqida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga
va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — tegishli budjetlarning va davlat
maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari hamda xarajatlarining prognozlari asossiz
ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda mazkur prognozlarga tuzatish kiritish haqida,
shuningdek budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga —
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining,
shuningdek birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning obyektlarni loyihalashtirish,
qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlariga
kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida.
Bunda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg‘armalarini
taqsimlovchi organlar, shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish)
hamda jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma
bildirishnomalarini olganidan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishnomalarda
ko‘rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan budjet so‘rovlarini taqdim etishi
shart.
(92-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish