O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

72-modda. Tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari
Tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
Oldingi
 tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo‘limlari va maktabgacha ta’lim bo‘limlarini, shuningdek ular
tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim
muassasalarini saqlab turish hamda qonunchilikda tumanlar va shaharlar budjetlaridan
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
(72-modda birinchi qismi 1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispanserlar,
tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy
poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
(72-modda 1-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-
660-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini
amalga oshirish xarajatlari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar) madaniyat bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, tumanlar
(shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport muassasalarini
saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san’at
maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
(72-moddaning birinchi bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi
O‘RQ-486-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-
son)
uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan
shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, shuningdek tabiiy ofatlardan
jabrlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash xarajatlari;
(72-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli 
Qonuniga
asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
03/20/660/1682-son)
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
Oldingi
 tahrirga qarang.
2


tumanlar va shaharlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari, laboratoriyalarni,
irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya
bo‘limlarini saqlab turish;
(72-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-
583-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko‘chalarni, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq
avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini, shuningdek tumanlar va
shaharlar budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi
organlarining boshqa hududiy bo‘linmalarini saqlab turish xarajatlari;
(72-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonunchilikda tumanlar va shaharlar budjetlaridan
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
(72-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish