O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

Oldingi
 tahrirga qarang.
kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda tabiiy
ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam.
(71-modda birinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli
Qonuniga 
asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-
y., 03/18/454/0493-son)
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
Oldingi
 tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi tashkilotlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi
kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to‘lash, yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish,
shuningdek suv xo‘jaligi tashkilotlarini saqlab turish;
(71-modda birinchi qismi 2-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-
dekabrdagi O‘RQ-508-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y.,
03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)


uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;
aholi punktlarini obodonlashtirish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarning aholiga ko‘rsatilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari
uchun pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida yuzaga keladigan zararlarining o‘rnini qoplash
xarajatlari;
(71-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-
sonli 
Qonuniga 
asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(71-modda birinchi qismi 2-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
dekabrdagi O‘RQ-454-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan o‘rmon xo‘jaligini, o‘simliklar karantinini saqlab turish
xarajatlari;
(71-modda birinchi qismi 2-bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari,
davlat qo‘mitalari va idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va
bo‘limlarini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat
budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda
tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy bo‘linmalarini saqlab turish xarajatlari;
(71-modda birinchi qismi 4-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-
dekabrdagi O‘RQ-508-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y.,
03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va
Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan,
shuningdek davlat organlarining yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof
harakatlari (harakatsizligi) natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini
qoplash xarajatlari;
(71-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
6 ) harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish
xarajatlari.
(71-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli
Qonuniga 
asosan 6 -band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y.,
03/18/454/0493-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
6 ) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari
hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
xarajatlari;
1
1
2


(71-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuniga 
asosan 6 -band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
03/20/660/1682-son)
7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va
Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va
tadbirlarning xarajatlari.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan
va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga budjet ssudalari,
dotatsiyalar, subvensiyalar o‘tkazib beriladigan daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar
ajratilishi mumkin.
(71-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish