O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

27-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining budjet sohasidagi
vakolatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent
shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini,
tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq
ko‘rib chiqadi va qabul qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari,
tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va
shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari,
Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining
prognozlarini ma’lumot uchun qabul qiladi;


Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy
budjetlariga, tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul
qiladi;
tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning
budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini
eshitadi;
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuniga 
asosan to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan
miqdorlar doirasida belgilaydi.
(27-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent
shahar Kengashlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan,
viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va
shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan
miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent
shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish