O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet tasnifining tarkibi



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

19-modda. Budjet tasnifining tarkibi
Budjet tasnifi:
budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifini;
budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifini;
Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifini o‘z ichiga oladi.
20-modda. Budjet tasnifining asosiy prinsiplari
Budjet tasnifining asosiy prinsiplari to‘liqlik, yagonalik va o‘zaro muvofiqlikdan iboratdir.
Budjet tasnifining to‘liqlik prinsipi budjet jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini
nazarda tutadi.
Budjet tasnifining yagonalik prinsipi budjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan
yagona budjet tasnifi qo‘llanilishini anglatadi.
Budjet tasnifining o‘zaro muvofiqligi prinsipi budjet tasnifining kodlari bir vaqtning o‘zida
budjet jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun qo‘llanilmasligini anglatadi.
21-modda. Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari
bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan iborat:
budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi;
daromadlarning turlari;
tashkiliy tasnif;
hududiy tasnif.
Budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi kelib tushayotgan
daromadlarning tegishli mablag‘lar manbalariga va ushbu budjetlar darajalariga mansubligini
aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Daromadlarning turi bo‘lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir.
Daromadlar bo‘limi daromadlarni ularni olish manbalari bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek soliq bo‘lmagan
to‘lovlarni ularni undirish bazasi bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Daromad tipi budjet tizimi budjetlari daromadining aniq turidan iborat bo‘ladi.
Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma’muriy jihatdan
idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi.


Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan
yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash
maqsadida qo‘llaniladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish