A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/86
Sana09.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#766333
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
Bog'liq
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


134 
XV-bob. TURISTIK KORXONALARNI SOLIQQA TORTISH 
 
15.1. O‘zbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi 
15.2. Xorijiy mamlakatlarning soliq tizimidagi imtiyozlar va qulayliklar 
15.3. Turizmda qo‘shimcha qiymat solig‘i 
 
15.1. O‘zbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi 
 
Mamlakatimizda turizm ishiga mustaqillikning dastlabki vaqtlaridanoq asosiy 
davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy - 
huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va 
bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni 
yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga 
aylantirish uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu bois, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining mazkur yo‘nalishga taa’lluqli qonun va kodekslari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari, 
Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligining va boshqa 
mutasaddi davlat idoralarining yo‘riqnoma, ko‘rsatma va tartiblari ishlab chiqilib
hayotga tatbiq etildi. Shulardan kelib chiqqan holda, mazkur hujjatlarni o‘rganish 
va tahlil qilishni quyidagi tematikalar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir, - deb o‘ylaymiz:
27
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining turizmga oid qonun va 
kodekslari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24-aprelda qabul 
qilgan "O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi" va unda turizm sohasiga oid 
imtiyozlar. Ushbu Kodeks 11 bo‘lim, 41 bob va 134 moddadan iborat bo‘lib, uning 
asosiy vazifasi - O‘zbekistonda soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq 
27
O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining "O‘zbеkiston Rеspublikasi soliq kodеksi" va unda turizm sohasiga oid 
imtiyozlar. Xalq so‘zi / 1997 yil 24-aprеl 


135 
to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini 
yuritish tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun 
javobgarlikni tartibga solib turadi. Kodeksda yuridik va jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad (foyda) solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiya solig‘i, yer 
osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig‘i, suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, reklama solig‘i, 
avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq, shuningdek, turli yig‘imlar 
haqida ham fikr yuritiladi. Kodeksda soliq to‘lash bilan bir qatorda ayrim faoliyat 
turlariga soliq to‘lashda imtiyozlar ham berilgan. Jumladan, 8-bob "Daromad 
(foyda) solig‘I bo‘yicha imtiyozlar", -deb nomlanib, uning 31-moddasi 12-qismida: 
"Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm 
faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar tuzilgan paytdan boshlab birinchi 
daromad orttirgunga qadar, lekin uzog‘i bilan ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran 
uch yilgacha. Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat 
bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar foyda olgan birinchi yili 50%, ikkinchi yili 
75%, uchinchi yildan boshlab 100% miqdorida soliq to‘laydi",- deyiladi. 
Kodeksning 21-bobi "qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar",-deb 
nomlanib, uning 71-moddasi 21-qismida: "turistik-ekskursiya xizmatlari" 
qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinganligi bayon qilingan. Shuningdek, 28-
bobi "Mol-mulk solig‘i stavkalari va imtiyozlar", -deb nomlanib, uning 92-
moddasida: "Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil 
etilgan, turizm faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning mol-
mulkiga, tashkil etilgan vaqtidan e’tiboran dastlabki foyda olgunga qadar, lekin 
ular ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga. 
Ana shu yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrdan keyin bir yil o‘tgunga 
qadar tugatilgan taqdirda soliq summasi ularning butun faoliyati davri uchun to‘liq 
miqdorda undirib olinadi", -deyiladi. 
Kodeksning 31-moddasi "Yer solig‘i stavkalari va imtiyozlar",-deb nomlanib, 
uning 101-moddasida soliq solinmaydigan yer uchastkalariga: "tarixiy-madaniy 


136 
ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, 
sag‘analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan 
yerlar) kiritilgan. Shuningdek, davlat g‘o‘riqxonalari, milliy va dendrologiya 
bog‘lari, botanika bog‘lari, ixota daraxtzorlari egallagan yerlar; sport inshootlari, 
stadionlar, suzish havzalari, onalar va bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirish 
joylari, sanatoriy-kurort muassasalari, dam olish uylari egallagan yerlar ham soliq 
to‘lashdan ozod etiladi. 
Kodeksning 102-moddasi "Yer solig‘i to‘lashdan ozod qilingan soliq 
to‘lovchilar",-deb nomlanib, uning 7-qismida: "Samarqand, Buxoro, Xiva va 
Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 
yuridik shaxslar - tashkil etilgan paytdan e’tiboran birinchi foyda olgunga qadar, 
biroq bu muddat ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yildan 
oshmasligi lozim", -deyiladi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish