A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov


 Turizmda agentlik shartnomalarini tuzish usullari



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/86
Sana09.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#766333
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
Bog'liq
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

14.2. Turizmda agentlik shartnomalarini tuzish usullari 
 
Jahon tajribasida tashkilot usullarining agentliklar bilan o‘zaro aloqasi va 
agentlik tarmoqlarining qurilishi tashkil topgan va yaxshi ishlangan. Bu murakkab 


126 
zanjirning hamma xalqalari agentlik shartnoma asosida, ba’zilari odatdagi turlarni 
sotish shartnomasidan farq qilgan holda bir-biriga ta’sir qiladi. Qoida bo‘yicha, 
agentlik shartnomasida ikkita qatnashuvchi bo‘ladi. Mohiyati va ichki tabiatiga 
ko‘ra agentlik shartnomasi ahdnoma topshirig‘iga yaqin, har qanday holatda ham 
agentlik shartnomasi - ishlab chiqaruvchi va agent sotuvchi orasidagi ahdnoma 
bo‘lib, agentlik rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha turlarni sotish va jo‘natish 
ishlarini amalga oshiradi. Agenlik bitimini tuzish shartlari har bir davlatning 
fuqarolik kodeksida bo‘ladi va agentlik shartnomalariga topshiriq va komissiya 
ahdnomalari haqidagi qoidalar qo‘llanishi belgilangan. Bunga mos ravishda 
agentlik shartnomasi quyidagi sharoitlarga ega bo‘lishi mumkin. 
- bir tomon (turagent) o‘z nomidan va boshqa tomon hisobiga (turoperator) 
belgilangan yuridik kuchni bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi; 
- bir tomon (turagent) mukofotlash uchun boshqa tomon (turoperator) topshirig‘i 
bo‘yicha yuridik va boshqa faoliyatlarni o‘z nomidan va turoperator (prinsipial) 
hisobiga bajarish majburiyatlarini oladi. Bunda agar turagent turist bilan turni o‘z 
nomidan sotish bo‘yicha ahdnoma tuzsa u turist oldidagi huquq va 
majburiyatlariga turist bilan tuzilgan bitimda turoperator aytilgan yoki 
aytilmaganligidan qat’iy nazar, turistga turoperator bevosita xizmat qilishidan 
qat’iy nazar ega bo‘ladi. Agar turist bilan ahdnoma agentlikdagi turoperator 
nomidan tuzilsa, turist oldidagi huquq va majburiyatlar bevosita turoperator 
tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holatda turagent turoperator belgisi ostida 
harakat qiladi va hamma turist bilan o‘zaro munosabatlar turoperator bilan o‘zaro 
munosabatlarga o‘xshab rasmiylashtiriladi. 
Har qanday holatda ham bunday bitim turagentga ishini turoperator 
mahsulotini sotish bo‘yicha bajarganligi uchun mukofotlash haqini nazarda tutadi. 
Odatda bu komission mukofotlashdir, lekin har bir sotilgan turistik mahsulot uchun 
belgilangan mablag‘ ham bo‘lishi mumkin. Bu shartnoma shartlarida qayd etilgan. 
Agentlik shartnomasi o‘z qatnashuvchilarining huquqlarini cheklashi mumkin. 
Undagi qonunlarga ko‘ra turoperatorning belgilangan ahdnoma doirasida harakat 


127 
qiluvchi boshqa agentlar bilan agentlik ahdnomalarini tuzmaslik yoki agentlik 
ahdnomasi mavzusini tashkil etuvchi analogik, mustaqil faoliyat hududida 
bajarishdan bosh tortish majburiyatlari bor bo‘lishi mumkin. Lekin bunday shart 
kamdan-kam uchraydi. Bitimda turagentning boshqa turoperatorlar bilan analogik 
agentlik 
ahdnomalarini 
tuzmaslikka 
majbur 
qiluvchi, 
turlar 
savdosini 
mo‘ljallovchi, ahdnomada ko‘rsatilgan hudud bilan butunlay yoki qisman to‘g‘ri 
keluvchi hududda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan turistik xizmatini cheklash ham 
nazarda tutilishi mumkin. Bitimda albatta turagentning o‘tkazilgan savdolar 
bo‘yicha turoperator oldidagi hisobot muddati va shartlari belgilanadi. 
Fuqarolik kodeksi orqali turagentga turoperator oldidagi subagent harakati 
uchun javobgar bo‘lgan holda subagentlik ahdnomasini tuzish huquqi ruxsat 
etiladi. Turistik agentliklardan mahsulot sotadigan tarmoqni asosiy o‘ringa 
qo‘yuvchi turoperator yuridik shaxs bo‘lib, ba’zi xizmatlarni bajarishni yuklaydi. 
Agent sifatida esa yuridik firmaga (turagentlik) o‘xshab jismoniy shaxs ham 
(chakana agent) bo‘lishi mumkin. Agentlar bilan ishlash usullari turoperatorning 
barqaror ijobiy imidjini tuzishga va agentlik tarmog‘ining qatnashuvchilari bilan 
foydali ta’sirini yaratishga yo‘naltirilgan. Agentlik bitimi yozma rasmiylashtirilgan 
bo‘lishi kerak, garchi ba’zi mamlakatlarda, masalan, Amerikada og‘zaki 
shartnomaga ruxsat etilsa ham, O‘zbekiston qonunlariga binoan ahdnoma va bitim 
yozma ko‘rinishda, undan ham yaxshisi yozuv mashinasi yoki kompyuter 
printerida ko‘chirgich qog‘oz orqali bosib chiqarilgan bo‘lishi kerak. Bitim 
matnining hajmi tomonlarning aloqalariga, mavzu murakkabligiga va bu bitim 
ob’yektiga bog‘liq. Shartnoma shartlari qanchalik batafsil bayon qilinsa, 
sheriklarda ishlash va paydo bo‘lgan muammolarni janjal va to‘qnashuvlarsiz hal 
etish oson bo‘ladi. Teks hajmidan qat’iy nazar agentlik bitimi zarur atributlarga 
ega bo‘lishi kerak, ularsiz u ma’nodan mahrum bo‘ladi yoki bo‘lmasa haqiqiy 
emas deb olinadi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish