Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/254
Sana09.07.2022
Hajmi6,02 Mb.
#765905
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   254
Bog'liq
pul va banklar majmua Музаффарова

ikkinchidan,
takror ishlab chiqarishki keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi. 
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo’lishi zarur. Shu masala bo’yicha bazi 
iktisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iktisodchilar tomonidan kreditning yuzaga kelishining quyidagi 
shartlariga ko’prok etibor berilganini ko’rsatib o’tish mumkin. Kredit munosabat bo’lishi uchun: 
birinchidan,
kredit munosabat ishtirokchilari - qarz beruvchi va qarz oluvchi - xuquqiy jixatdan mustakil subekt bo’lishi 
kerak Mustaqil subekt sifatida xar ikkala tomon bir-biri bilan o’za’ro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni 
bajarishini moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak Majburiyatlarni bajara olish qobiliyatini xisobga olgan xolda mustakil 
xuquqiy sub’ekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak 
ikkinchidan,
qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. 
Bu manfaatlar avvalambor, ob’ektiv jarayonlar, o’za’ro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog’liq. 
Kreditor (qarz beruvchi) tomonidan pul mablag’larini qarzga berish bo’yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu 
mablag’larni olish bo’yicha qizikish tug’ilgan taqdirdagina kredit yuunosabatlari vujudga keladi. 
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining yo’nalishiga bog’lik tomonlar 
manfaatlarning mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin, kredit munosabatlari ishtirokchilari 
manfaati nafaqat vaqt va fazo jixatdan, shuningdek sifat jixatdan xam mos tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka 
aylanadi. Shu bilan birga kreditning bu muxim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo’lishining asosiy sababi 
bo’laolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek aniq bir iqtisodiy asos -fondlarning doiraviy aylanishi 
va shunga o’xshash boshqa aniq sharoitlar bo’lishi
zarur. Faqatgina ana shu ta’sir etuvchi omillar bo’lgan taqdirdagina 
kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi. 
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kredit jarayoni asosiy o’rinni egallaydi. U quyidagi bosqichlarni o’z ichiga 
oladi: 
• kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini ko’rib chiqish; 
• qarz oluvchining to’lovga va kreditga layoqatliligini bank tomonidan o’rganib chiqilishi; 
• kredit qo’mitasining qarori; 


• kredit bitimini rasmiylashtirish; 
• kredit berilishi; 
• ssuda va u bo’yicha foiz tulashni bank tomonidan nazorat qilinishi. 
Kredit asosan ishlab chiqarish, hizmat ko’rsatish, savdo va boshqa iqtisodiy munosaatlarni rag’batlantiradi. Chunki kreditning 
iqtisodiy asosi faqat tomonlarni manfatiga xizmat qiladi. Shuning uchun kredit operatsiyalari nafaqat tomonlarni balki xam 
mikro ham makro darajadagi ahamiyati tomonlari ham beqiyos. Bu mamlakatning yalpi ichki maxsulotini o’sishiga va 
nihoyat mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy o’sishiga olib boradi. Mazkur o’sishga kreditning ta’siri ahamiyatli xisoblanib, bunda 
uning xarakterli tomonlarini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Bu quyidagilardan iborat: 
-kredit chetda turib qolgan bo’sh pul mablag’larini xarakatga keltiradi: 
-kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini doimiy pul mablag’lari bilan ta’minlaydi: 
-kredit asosiy ishlab chiqarishni doimiy rag’batlantirib boradi. 
Kredit va uni to’lash jarayoni kredit shartnomasida ko’rsatilgan bo’lib, kredit va qarz oluvchi o’rtasidagi majburiyat va 
xuquqlarni belgilab beradi. Unda kreditning maqsadi va ob’ekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to’lash muddati, kredit 
ta’minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar ko’rsatiladi. Ssuda to’lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini 
muntazam tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi. Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha 
kreditlar uning kredit portfelida o’z ifodasini topadi. Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o’rni va 
manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy valyutada 
olib boradilar va ba’zi xollarda qayta moliyalashtirish va o’z mablag’lari xisobidan beriladigan kreditlar bugungi kunda tijorat 
banklari kredit portfelining ma’lum bir qismini muammoli kreditlar tashkil etadi. Ajratilgan kreditlar bo’yicha extimoliy 
yo’qotishlarning oldini olish maqsadida, tijorat bankining kredit portfeli doimiy ravishda tasniflanib boradi. Kreditlarni 
o’z navbatida 5 ta turga , ya’ni yaxshi, standart, substandart, shubxali va umidsiz kredit turlariga tasniflash mumkin. 
Shubxali va umidsiz kredit deb tasniflangan kreditlar muammoli kreditlar deb qaraladi. Muammoli kreditlar tijorat 
banklari faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Banklarning asosiy vazifasi, kredit berish o’rniga kreditlarning o’z muddatida 
qaytaruvchanligini ta’minlashdangina iborat bo’lib qolmoqda. Chunki, muammoli kreditlar tijorat bankining foyda olib 
keladigan aktivlarini kamaytiradi, bu esa o’z navbatida, bankning istiqbol rejasi ko’rsatkichlariga erisha olmasligidan 
dalolat beradi. 
Xozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar xukumatimizning chiqargan qarorlariga asosan, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish 
uchun milliy valyutada beriladi. Qayta moliyalashtirish va bankning o’z mablag’lari xisobidan beriladigan kreditlar mijoz kreditga 
layoqatli bo’lganda miliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasidi berilishi mumkin. 


Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi. Lekin ularning faoliyatida ko’proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz 
stavkasi ta’sir qiladi. Tijorat banklar faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga yunaltirilgan
bo’lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog’i xam yuqori bo’ladi. 
Ssuda kapitali kapital bozorida muhim o’rin tutib milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini qondiradi.Ssuda kapitalining o’ziga xos 
xususiyatlari, uning kreditordan qarz oluvchiga bo’lgan harakatida va aksincha bo’lgan jarayonida ko’proq ko’rinadi. Bu 
xususiyatlar quyidagilardan iborat: 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish