soliqlar to‘lovi uchun vazni 2,8 gramm bo‘lgan kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo – sotiq esa
mis tangalar – fuluslar yordamida (yunoncha «follis» hamyon ma‘nosini anglatadi) amalga oshirila
boshladi. Bu pul birliklari Movarounnahrda ham o‘sha davrda muomalada bo‘lgan. IX asrga kelib,
Movarounnahrda somoniylar davlati vujudga keladi. Somoniylar xalifa hukmronligini rasman tan olishgan
bo‘lsada, ular amalda mustaqil edilar. Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan. Somoniylar
davlati o‘z tasarrufiga hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, Turkmaniston va Tojikiston hamda Eronning
Xuroson viloyatini qamrab olgan, markazlashgan davlat edi. Bu davlat taxminan 120 yildan ko‘proq
muddat davomida mavjud bo‘ldi.
XII asrning o‘rtalarida, xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm davlati kuchayib ketadii. XII asr 80 – 90 yillariga
kelib Xorazm o‘ziga Movarrounnahr, Eron, Forsiy Iroqni bo‘ysundiradi. Xorazm davlati xorazmshoh Tekash (1172
– 1200 yillar) va uning o‘g‘li Muhammad (1200 – 1220 yillar) hukmronligi davrlarida ayniqsa gullab – yashnagan.
Xorazmshohlar davlatida ham an‘anaviy musulmon pul birliklari – oltin dinorlar, kumush dirhamlar va mis fuluslari
muomalada bo‘lgan. Bu tangalarda ham an‘ana tarzida xalifa nomi qayd qilinib, undan so‘ng xorazmshoh nomi
bitilgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida (1220 yil yozidan) Xorazmda va uning tobeligidagi xududlarda vazni 1,8 – 1,9
gramm bo‘lgan kumush dirhamlar muomalada bo‘lgan. Mayda savdo – sotiq uchun mis pullar chiqarilgan.
Mo‘g‘ullar zulmiga qarshi xalq bosh ko‘taradi. Bu harakat tarixda ―Sarbadorlar qo‘zg‘oloni deb nom
olgan.Bu qo‘zg‘olon natijasida Samarqanddan mo‘g‘ullar haydab chiqariladi. 1370 yilda Samarqand taxtiga Amir
Temur o‘tiradi va―Buyuk Temur saltanatini barpo etadii. Ushbu imperiya tarkibiga hozirgi O‘zbekiston,
Turkmaniston, Tojikiston. Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Armaniston, Eronning barcha hududi, Iroq, Hindiston,
Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‘istonning bir qismi kirgan. Katta miqdorda vazni 2 grammni tashkil etgan oltin
dinorlar, shuningdek, vazni 1,8 gramm bo‘lgan kumush tangalar – miralar ham zarb etila boshlagan. Amir
Temurning 40 dan ortiq tanga zarbxonalari bo‘lganligi va bu erlarda zarb etilgan oltin va kumush tangalar Evropada
ham mashhur bo‘lganligi haqida ko‘p ma‘lumotlar mavjud. Birgina G‘arbiy Eron va Ozarboyjonda Amir
Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Rossiyada XIX asrda va
XX asrning boshlarida naqd pul shaklida oltin tangalar keng qo‘llanilgan, xususan 1895 – 1897 yillardagi pul
islohotlaridan keyin ham birinchi jahon urushiga qadar muomalada o‘n va besh so‘mlik oltin tangalar mavjud
bo‘lgan. O‘zbekiston territoriyasida ham oktyabr inqilobiga qadar Chor Rossiyasining tangalari bilan bir
qatorda Buxoro va Xiva xonligining oltin tangalaridan foydalanilgan. Jahon sivilizatsiyasining taboro rivojlanib
borishi va iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi muomalada qog‘oz pullarning vujudga kelishiga zamin
yaratdi. Natijada, qimmatbaho metallar o‘rnini qog‘oz pullar egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: