Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
69
U maydonni qiyasiga kesib o‘tar ekan, gandiraklab, yiqilib-surinib borardi. Ko‘p o‘tmay u GUMning 
savdo rastalari yaqinida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Uning g‘amgin ashulasi bir oz vaqtgacha quloqqa chalinib 
turdi, nihoyat jimib qoldi.
Boyqush esa Kreml devorlari ustida shuv etib ko‘tarildi-da o‘zini dov-daraxtlar ichiga urdi, u yo‘q-bu 
yo‘q haligi ayolga o‘xshab ho‘ngrab yig‘lab yubordi va zor-zor yig‘lar ekan, og‘ir uh tortib qo‘yar edi.
Oy yulduzlar orasida yuksalib turar ekan, Kreml tepaligidagi gumbazlarga, minora nayzalariga
tomlariga o‘zining abadiy kumush nurini sochar edi, boyqush esa uzoq-uzoqlardan okeanda suzib 
yurgan kitlarning nafas olganini sezganday bo‘ldi. Ular qayoqqa va nima uchun oshiqishyapti ekan? 
Nega ular tinim bilishmaydi. To‘lqinlar ham tinim bilmaydi.
 
S a k k i z i n ch i b o b
“Tribyun” gazetasiga mo‘ljallangan maqolaning katta qismi tayyor bo‘ldi. Endi xotima qismini yozish 
qolgan edi. Ish yakuni yaqinlashgan sari Bork ko‘proq xavotirlana boshladi: Kassandra tamg‘asi 
fenomenini ilmiy izohlab berishga keragidan ortiqcha berilib ketmadimikin, holbuki ko‘pchilik, ehtimol 
mutlaq ko‘pchilik uchun eng muhimi Filofeyning kosmosdagi “g‘alamislik” harakatlaridan nima qilib 
bo‘lsa ham xalos bo‘lish edi. Ko‘rmasin ham, kuymasin ham, kassandra-embrionlarning signallarini 
unutsa bas. Uchiga chiqqan siyosatdon Oliver Ordok xuddi ana shuni sezib qoldi va shunga qarab mo‘ljal 
oldi hamda muvaffaqiyat qozondi. So‘z yo‘q, u siyosiy g‘alaba qildi. Asli uning g‘alabasi g‘irromlik bilan 
qo‘lga kiritilgan edi. Xaloyiqning o‘zini o‘zi aldab qo‘yganini qanday qilib tushuntirsa bo‘larkin?
Bork shuni tushundiki, Ordokka nisbatan unda siyosiy mahorat, siyosiy tajriba yetishmas ekan. Ha, 
endi ular kutilmaganda umrbod bir-birlariga dushman bo‘lib qolishdi. U, Bork, xohlaydimi, yo‘qmi, ularni 
kurash, kurash bo‘lganda ham ayovsiz kurash kutar edi. Xuddi ana shu narsa — prezidentlikka olib 
boradigan yo‘ldagi musobaqa Ordok uchun ayni muddao edi. Shu ma’noda taqdir unga fazoda Filofeyni, 
yerda Borkni bebaho sovg‘a sifatida taqdim qilgan edi.
Robert Bork shu haqda fikr yuritar ekan, hash-pash deguncha siyqasi chiqqan siyosiy kurashga 
o‘ralashib qolish, qarshilik ko‘rsatish hissiyotiga berilib ketish hech gap emas ekan, deb o‘ylab qoldi. 
Unda Ordok bilan yuzma-yuz uchrashish istagi paydo bo‘ldi. Unga yaqin borib ko‘ziga tik qarab yuragiga 
nashtarday sanchiladigan qilib sekingina “Sen borib turgan ablah ekansan!” degisi keldi. Va shundan 
so‘ng hammaga Ordok ablah deb aytadi va bunday nusxani hokimiyatga yaqinlashtirib bo‘lmaydi, bu 
hokimiyatga iblis keldi degan so‘z, xavflisi shundaki, uning iblis ekanligini hech kim bilmaydi, deydi. 
“Yo‘q, yo‘q, bunday deb bo‘lmaydi, bunday deyish mumkin emas, — o‘yladi Bork miyasiga kelgan fikrdan 
o‘zi qoniqish hosil qilmay. — Prezident bo‘ladimi, boshqa amaldor bo‘ladimi, bo‘lavermaydimi, faqat 
mensiz bo‘lsa bas! Yo‘q, yo‘q, mening ishim — siyosiy kurash emas; odamlar Kassandra tamg‘alari 
to‘g‘risidagi haqiqatdan o‘zlarini chetga olar ekanlar, ular irodasizlik qilgan bo‘ladilar, muammoni yanada 
chuqurlashtirgan, o‘z boshlariga tushgan falokatni battar avj oldirgan — mening vazifam odamlarga 
ana shu haqiqatning yetkazishdir. Lekin haqiqatning dahshatli ekanligiga, biroq ko‘rib o‘zini ko‘rmaslikka 
olish mumkin emasligiga, yo‘l topish zarurligiga odamlarni qanday qilib ishontirish mumkin?!
Bork toza havodan nafas olish uchun ayvonga chiqqan edi, tun sovuq, kuz, hammayoq xazonrezgilik 
— qorong‘ida barglar shamoldan shitirlaydi, uni titroq bosdi. Oy ufqdan salgina ko‘tarilib, katta yo‘l 
chetidagi o‘rmonzor tepalikka tegay-tegay deb turganday. O’rmon ortida dengiz bo‘yidagi qum 
tepaliklariga o‘xshab ketadigan do‘ngliklardagi golf o‘ynaladigan maydonlarni ko‘z oldiga keltirdi, 
yoshligida bu yerga u to‘p tepish uchun kelib yurardi.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish