Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
16
Qon va hokimiyat — yovuzlik urug‘lari asrlar osha ana shu chirindi ustida ko‘karib kelgan... Yovuzlik 
o‘rnini yovuzlik olgan, o‘z urug‘larini bo‘lajak yovuzlik uchun qoldirgan...
Qo‘lga chiroq olib o‘tmish changalzorlari ichra allaqachonlar chirib ketganlarning murdalarini qidirish 
shart emas, shu ma’noda bizlarga ko‘p narsalarni aytib bera oladigan davr — Stalingitler davri yoki, 
aksincha, Gitlerstalin davri hali ko‘plarning xotirasidan ko‘tarilmagan. Ana shu ikki yarim bir butun shaxs 
insoniyat uchun shu qadar qimmatga tushdiki, jahon statistikasi oradan ko‘p yillar o‘tganiga 
qaramasdan o‘zaro urushda, qonli jahon urushida qurbon bo‘lganlarning umumiy sonini hamon hisob-
kitob qilolmayotir, o‘shanda fiziologik jihatdan bir butun maxluqning ikkita kallasi hayotmamot uchun 
jangga kirgan edi. Bolshevizmsiz fashizmning bo‘lishi mumkinmidi? Stalinsiz Gitlerning bo‘lishi 
mumkinmidi va aksincha? Ayrim-ayrim tug‘ilgan, lekin jahannam tog‘orasida birga cho‘qintirilgan 
Stalingitler va Gitlerstalin nomini eshitganda XX asrda yashayotganlarning naq yuragi chiqib ketay 
deydi.
Kim biladi deysiz, Gitler bo‘lib yoki Stalin bo‘lib dunyoga kelish xavfi bo‘lgan kassandra-embrion, 
kelajakda murda bilan jinsiy aloqa qilishga ham tayyor (nekrofil) sho‘rpeshona pusht Kassandra tamg‘asi 
orqali o‘zining kelgusi taqdiri haqida butun dunyoni, eng avvalo homilador onasini o‘z vaqtida ogoh 
qilmaganmikin, o‘sha embrion o‘zining mudhish rol o‘ynayajagini ichki bir shuur bilan sezib 
seskanmaganmikin, unda tug‘ilmaslik istagi paydo bo‘lmaganmikin?
Ular dunyoga kelmaganlarida nima bo‘lardi? Biron narsa deyish qiyin. Bunday hollarda odatda tarixni 
qayta qurib bo‘lmaydi, deyishadi. Shunday bo‘lsa ham, savol berish mumkin: tarix biron bir o‘tmish 
zamonda misli ko‘rilmagan shafqatsizlik va odamkushlikning qonli cho‘qqisiga ko‘tarilishi uchun Gitler 
bilan Stalin chizib bergan qonli egri chiziq bo‘ylab rivojlanishga mahkum edimi? Ana shu ikki birodar 
yovuzlikda million-million kishilarni bir-birlari bilan, umuman insoniyatning o‘zini o‘zi bilan to‘qnashtirib 
qo‘yishdiki, o‘sha davrda sayyora aholisi o‘z-o‘zidan tugab, abadiy yo‘q bo‘lishni o‘ziga maqsad qilib olib, 
pirovardida jamiiki g‘ayriinsoniy kirdikorlarni bor bo‘yi bilan namoyish qildi go‘yo. Tarixni ana shunday 
jahannam yoqasiga olib kelib qo‘ygan barcha sabablar tafsilotlariga to‘xtab o‘tirilmasa-da, shu haqda 
o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladiki, yuqorida tilga olingan shaxslarning irsiyatida saqlanib qolgan mudhish 
zolimlik kasalining muvaffaqiyat bilan ildiz otishi uchun o‘z boshiga balo qilib stalinizmni va gitlerizmni 
voyaga yetkazgan hamda ardoqlagan kishilarga o‘sha paytdagi dunyoviy ong naqadar qo‘l kelgan.
U zamonlar o‘tdi-ketdi. Kishilar ilmiy bashorat usulini, jumladan, Kassandra tamg‘asi orqali signallar 
berib turgan kassandra-embrionlarni bilganlarida edi, tarix taraqqiyot va rohat-farog‘at borasida 
qanchalar imkoniyatlarni qo‘lga kiritgan, qancha-qancha kishilar qayg‘u-hasratdan, baxtsizlikdan 
qutqarib qolingan bo‘lur edi. Afsuslar bo‘lsinki, insoniyat o‘zining genetik tuzilishida yashirinib yotgan 
kalitni juda kech payqab qoldi...
Mana, embrionlarning transtsendental qobiliyatlarini bilib olish yo‘lida yangi so‘z aytildi. Ana shu 
kashfiyotlar ketidan bizlarni mo‘‘jizalar kutayaptimi? Yo‘q. Azal-azaldan insoniyatga nozil qilingan Ezgulik 
energiyasini va shu bilan birga ezgulikka qarshi Yovuzlik energiyasini hech Kim o‘zgartira olmaydi. Bular 
bir-biriga teng miqdorlardir. Lekin insonga abadiylikning bitmas-tuganmas harakatini o‘zida 
mujassamlashtirgan aqliy afzalliklar ato qilingan va inson omon qolishni istasa, taraqqiyotning 
cho‘qqilari sari ko‘tarilishni xohlasa, u o‘zidagi Yovuzlik ustidan g‘alaba qilmog‘i zarur. Axir kishilarning 
butun umri bu yo‘lda shunday tinimsiz intilishlarda o‘tadiki, bizning asosiy burchimiz ham ana shundadir.
Mana, bizning o‘zimizda yashirinib kelgan botiniy sir yuz ko‘rsatdi. Bu jonli ruhning ilgarilari noma’lum 
bo‘lgan hadlariga chuqur kirib boriladi degan so‘z emasmikin? Ichki dunyoning yangi kvantlari topildi 
degan so‘z emasmikin? Buni kim ayta oladi?
Shundaymi, yo‘qmi – aytish qiyin, lekin men jamiyatning diqqatini yana shu narsaga 
qaratmoqchimanki, kassandra-embrionlarning kashf etilishi hayotimizda yangi muammolarni keltirib 
chiqardi – ilgarilari bunaqasi bo‘lgan emas.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish