Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
15
Ruxsat etasiz, hazratim, sizning qimmatli vaqtingizni olganim uchun kechirim so‘rab, uzundan-uzoq 
tuyuladigan so‘zimni davom ettirmoqchiman.
Kassandra tamg‘asi nima ekanligini bila turib, bundan buyon qanday yo‘l tutishimiz lozim? Buni 
tushunib yetish uchun, nihoyat shuni ochiq tan olish kerak: biron kishi tomonidan qilingan yovuzlik shu 
kishining jismonan yo‘qolishi bilan, hayoti so‘nishi bilan tugamaydi, balki genetik o‘rmonda azaliy urug‘ 
shaklida saqlanib qolib, ehtimol bo‘lmish iks soatni kutadi va belgilangan vaqtda portlaydigan minaga 
o‘xshab o‘zini namoyon qiladi.
Aytgancha, ko‘chma ma’noda emas, balki chinakamiga belgilangan vaqtda portlaydigan mina haqida 
gapiraylik. Bu voqea Afg‘onistonda, cheklangan sovet qo‘shinlari kontingenti shu mamlakatga 
yuborilgan davrda bo‘lib o‘tgan. Bu voqealarning siyosiy zamiri yetarli darajada yaxshi ma’lum, men esa 
urushayotgan kelgindilar tomonidan yasalgan konkret «murda» qopqonlar qanday qo‘yilganligi haqida 
gapirmoqchiman. Dushmanning murdasini qishlog‘i yaqiniga, yo‘l yoqasiga, ko‘rinadigan joyga tashlab 
tagiga maxsus mina qo‘yishgan. «Kontingentchilar»ning o‘zlari esa bo‘ladigan voqeani suratga tushirish 
uchun yashirinib turishgan. Kishilar murdani ko‘mish uchun olib ketishga kelishlari bilan mina portlab 
odamlarni joyida o‘ldirgan. O’ta sezgir plyonkada butun voqea o‘z aksini topgan... Mana vafot etgan 
afg‘onga xotini yaqinlashib keladi. Qo‘shnilari uni ushlab qolishga harakat qilishadi, lekin ayol zor yig‘lab, 
erining murdasiga tashlanadi. Shu zahoti kuchli mina portlab, ayolni va u bilan kelgan kishilarning 
yostig‘ini quritadi. Hammasi o‘ladi. Bularning bari kinoga olingan. Boshqa bir kadrda esa hurkib, cho‘chib 
turgan bolalarni ko‘rasan. Ular dod-faryod solib, yastanib yotgan otasining yoniga chopib kelishadi va 
yana mina portlab bolalarning tit-pitini chiqaradi... Yo‘l yoqasida o‘lib yotgan odam yonidan befarq o‘tib 
ketmasligi uchun otdan tushgan yo‘lovchi «bu kim ekan?» deb jasadning yelkasidan tortishi bilan yana 
portlash ro‘y beradi. Va yana qurbon. Bosh suyagidan yaralangan ot bor vujudi bilan qocha boshlaydi, 
so‘ngra yiqilib oyoqlarini qoqib, pishqirib jon taslim qiladi. Bularning hammasi plyonkaga tushirilgan... 
Shunday qilib, «murda» qopqonlarning operatsiyalaridan eng xarakterlilari kinoga olingan. Ana shu yo‘l 
bilan plyonkaga tushirilgan bu manzaralar jangovar topshiriq sifatida baholangan va shtablarda 
tegishlicha taqdirlangan. Bunday plyonkalarni ko‘zdan kechirgan ayrim kishilar bu manzaralarda o‘z 
ko‘rsatmalari va maqsadlarining ijrosini ko‘rishgan. Bu dahshatlarni ekranda ko‘rib o‘z kasbidan qanoat 
hosil qilganlar kimlar ekan o‘zi? Ana shunday ajal qopqonlari qo‘yib, jinoyatga qo‘l urgan va o‘z 
qilmishlarini butun dahshatlari bilan kinoplyonkaga tushirgan mardlar kimlar edi, qayoqdan kelgan edi? 
Ularning zoti-zurriyoti noma’lum, ota-bobolarining kimlar ekanligini ham bilmaysan. Faqat qilmishlarini 
ko‘rib ularning kim ekanliklarini bilib olsa bo‘ladi.
O’z-o‘zidan savol tug‘iladi — umrbod ta’magirlik bilan va har doim Xudoning jig‘iga tegib 
yashaydiganlar kimlar ekan, biz hammamiz Yaratganning mehr-shafqatini suiiste’mol qilib hamisha uni 
oliy suyanchiq deb bilamiz va najot yo‘lida toat-ibodat bilan murojaat qilamiz-ku unga, xo‘sh, bizning 
jismimizga — genlarimizga yo‘qotib bo‘lmaydigan yovuzliklar urug‘ini ekadigan o‘sha battollar kimlar 
o‘zi? Qaerdan kelgan? Ularning o‘zlari kimlardan chiqqan? Javobsiz savol... Lekin shunday degan bilan 
mushkul oson bo‘lmaydi. Bularning hammasining manbai qaerda? Bular g‘orda tiriklayin ko‘milganlarga 
o‘t qo‘ygan ibtidoiy odamlardanmikin yoki bo‘g‘ib o‘ldirayotganda qurbonining qiynoqlaridan shahvoniy 
lazzatlanadigan vasvaslardanmikan, ming yillar davomida jaholat va shafqatsizliklarning iblisona 
jahannamidan o‘tgan qancha-qancha zolimu berahmlardan kelib chiqdimikin; va azaldan davom etib 
kelayotgan ana shu uzundan uzoq ro‘yxatda jallod xonning yonida jallodlik qilganlarni yoki o‘z tajribasi 
bilan bizga tanish bo‘lgan, partiya galalari orasida mutaassib g‘azabnok jarchilarni, balkonlar va 
minbarlardan turib bor vujudi bilan tomog‘ini yirtibqichqirib, inqilob va urush olovini yoqqan, jon-jahdi 
bilan hokimiyatga yopishib kattaroq amalga mingan sari quturib qahr-g‘azabga to‘lgan rahbarlarni 
eslamay bo‘larmidi?


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish