Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
127

Qanday vafot etibdi? Qaysi mijoz ekan?

Biz kutayotgan ayol. Hozirgina qo‘ng‘iroq qilishdi.

Halokatga uchrabdimi?

Yo‘q. U qochgan ekan.

Qochgan ekan? Keyin nima bo‘pti?

Uni o‘ldirishibdi.

hozir borib, hammasini aytib beramiz deyishyapti.

Ha, tunov kuni men bergan yo‘llanmaga ko‘ra mahkuma R. F. Lopatinani tayin qilingan vaqtda 
klinikaga yetkazib kelish uchun A-6-87 nomerli mashinada olib ketishgan.
Shahardan chiqqandan keyin Moskva daryosi qirg‘og‘i yaqinidagi o‘rmon orasidan o‘tayotganda 
mahkuma ko‘nglim ayniyapti, boshqa yurishga majolim qolmadi deb zorlanadi, mashinani to‘xtatib 
tushishga imkon berishlarini so‘raydi, talab qiladi va qayt qila boshlaydi...
To‘xtashga to‘g‘ri keladi. Mahkuma mashinadan tushadi, yo‘ldan bir necha qadam nariga boradida, 
yugurib o‘rmon ichiga kirib ketadi. Soqchi ayol uning orqasidan quva boshlaydi. Mahkumaga “to‘xta” 
deb buyruq beradi. Lekin u to‘xtamaydi. Soqchi “otib tashlayman” deb ogohlantirib, osmonga qaratib 
ikki marta o‘q uzadi. Har qanday qilib bo‘lsa ham tirik tutib olish uchun quvaveradi. Birdan Moskva 
daryosining muyulishida tik qirg‘oq chiqib qoladi, mahkuma chopgan bo‘yicha jarlikdan o‘zini suvga 
tashlaydi. Soqchining otishdan boshqa iloji qolmaydi. Mahkuma halok bo‘ladi. Jasadini suvdan tortib 
olishadi...
Keyinchalik o‘z-o‘zimga: “U nima uchun shunday qildi?” – deb savol berdim. Nega shunday qildi? 
Nima uchun? Bu nima o‘zi? Noilojlik oqibatimi? Qo‘rqoqlikdanmi? Nafratlanishdanmi? 
Dushmanlikdanmi? Yoki bu norozilikning bir ko‘rinishi edimi?
Bu savollarga hech kim javob bera olmaydi... Keldi-yu ketdi... U biz olib borgan eksperementlarning 
birinchi qurboni bo‘ldi.
To kech kirgunga qadar xonamdan tashqariga chiqmadim. Ichkaridan qulflab olib o‘tirdim. Mening 
vujudimda nimalar bo‘layotganini hech bir jon tasavvur ham qilolmasdi. U shunday dahshat bilan 
mening rejalarimga xalaqit bermaganda edi! hayfki, u halok bo‘ldi, afsuski, u abadiylikka ketdi, 
ketganda ham mening gaplarimni eshitmay ketdi, u chindan haq edi, fan har qanday yuksaklikka 
ko‘tarilmasin, uning yutuqlari o‘tkinchi, fan cheksiz taraqqiy qilishi mumkin, lekin fan taraqqiyoti vijdon 
oldida hech nima emas. Mangulikning mazmuni va rivojini o‘zida mujassamlashtirgan Ruh oldidan 
hamma narsa o‘taversin.
Xonamda o‘tirib ho‘ngrab yig‘ladim. Atigi bir marta uchratgan ayolni eslab zor-zor yig‘ladim... Usiz 
qolgan umrim baxtsiz o‘tishini ko‘z oldimga keltirib yig‘ladim...
Kechqurun yo‘lga chiqdim, bu dahshatli hodisa bo‘lib o‘tgan joyga, Moskva daryosining o‘rmon 
ortidagi muyulishiga yaqinlashganimda to‘xtadim-da, orqaga qaytdim. Bu yer u halok bo‘lgan joy edi, u 
xuddi ana shu o‘rmondan qochib o‘tib o‘zini daryoga otgan... Boshqa yo‘ldan ketdim.
Dunyoda biron o‘lchov bormidiki, mening uyga kelgandan keyin butkul ojizligim, ilojsizligimni o‘lchab 
berolsa! Bu menga yuborilgan jazo emasmikin? Uyimda kechasi bilan ovozim boricha dod solib, 
ho‘ngrab yig‘lab chiqdim. U endi yo‘q. Mening unga nima demoqchi bo‘lganimni u endi hech qachon 
bilmaydi. U umrining to oxirgi onlarigacha meni o‘z ilmiy kashfiyotlaridan ikszurriyotlar yaratish yo‘lida 
foydalangan razil odam deb bilardi... Viski ham yordam bermadi, shishani ko‘tarib ichsam ham bo‘lmadi. 
Musiqa yordam berarmikin, degan xayolga bordim, lekin bunday musiqa yo‘q edi...
Ana shunday musiqani oradan yillar o‘tgandan so‘ng eshitdim, bu navo mening dilimda umr bo‘yi 
mudrab yotgan bo‘lsa ajab emas. Yapon dengizida paroxodda ketyapman. Kechki payt edi. Yulduzli 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish